К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLAJAK BOSHLANG'ICH SINF O’QTUVCHILARINI LISONIY TAHLILGA O’RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O’RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (in-academy.uz/index.php/si) · Yo’ldashova Dilso’z Umar qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This thesis presents ideas on the importance of mastering language phenomena, their similarities and differences, and improving the methodology for teaching future primary school teachers to analyze language in order to successfully implement speech development, which is one of the most important and complex tasks of primary school native language teaching. Kalit soʻzlar: boshlangʻich taʼlim, lisoniy tahlil,lisoniy tahlil turlari, fonetik,sintaktik, morfologik,aralash tahlil, nutq oʻstirish, muloqot, soʻz boyligi. Ключевые слова: начальное образование, лингвистический анализ, виды лингвистического анализа, фонетический, синтаксический, морфологический, смешанный анализ, развитие речи, коммуникация, словарный запас. Keywords: primary education, linguistic analysis, types of linguistic analysis, phonetic, syntactic, morphological, mixed analysis, speech development, communication, vocabulary. Boshlang’ich sinf ona tili darslarining bosh vazifasi o’quvchilar nutqini o’stirishdir. Nutq o’stirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda til hodisalarini puxta o’zlashtirish, ularning o’xshash va farqli tomonlarini bilishning ahamiyati katta. Boshlang’ich sinfda amalga oshiriladigan ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar fonetika, leksikologiya, morfemika, so’z yasalishi, so’z turkumlari, sintaksis kabi tilshunoslik fani bo’limlaridan tegishli tarzda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishlari DTS, dastur va darsliklar talabi asosida amalga oshiriladi. O’quvchilarning yuqorida sanab o’tilgan bo’lim va mavzulardan egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini holatini tekshirish, nazorat qilishning juda ko’plab tajriba-sinovidan o’tgan usullari mavjud. Bu usullardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’z tajribalarida keng ko’lamda samarali foydalanib kelishmoqdalar. Lekin bir ish turi mavjudki, u boshlang’ich sinf o’quvshilarining ona tili fanidan egallagan BKMlari 26 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si darajasini to’g’ri va haqqoniy belgilab berish bilan bir qatorda ularni mustaqil va ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur yuritish, mavjud til hodisalarini farqlash, ularni umumlashtirish, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy faoliyat bilan shug’ullanishga majbur qiladi va buning natijasida bolada mavjud til hodisalariga tanqidiy ko’z bilan qarash asosida dunyoqarashlarining kengayishi, ilmiy mushohada va mulohaza yurita olish ko’nikmalarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois ham ona tili darslarida o’quvchilarni lingvistik tahlilga o’rgatish muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega. Ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni lisoniy tahlilga o’rgatish muammosi til o’qitish nazariyasi va metodikasida yangilik emas. O’quvchilarni lisoniy tahlilga o’rgatish rus olimi A.V.Tekuchev, o’zbek olimlari Y.Abdullaev, X. G‘ulomova, M.Mirmahmudovalar tomonidan chuqur va atroflicha o’rganilgan. Ammo ularning ishlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini lisoniy tahlilga o’rgatish tadqiqot ob’ekti qilib olinmagan.Metodist Karima Qosimova rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan yaratilgan “Ona tili o’qitish metodikasi“ nomli darslikda grammatik tahlil turlari sifatida fonetik, morfologik va sintaktik tahlillar kiritilgan, ularni o’tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan. Darslikda bu masala juda qisqa yoritilgan bo’lib, unda tahlil uchun material tanlash, lisoniy tahlilni o’tkazishdagi izchillik, ish turlari haqida fikr bildirilmaydi. T.Ashrapova, M.Odilovalar o’z darsliklarida “Grammatik tahlil va uning turlari” mavzusini o’rganishga alohida to’xtaladilar. Ular grammatik tahlilning ahamiyati haqida: “O’quvchilar grammatika va imlodan olgan bilimlarini qay darajada o’zlashtirganini hisobga olish maqsadida o’tkaziladi”, - deb grammatik tahlilning ahamiyatiga e’tibor qaratadilar va grammatik tahlilni 1) mazmuniga ko’ra: fonetik, morfologik, sintaktik, aralash tahlil; 2) hajmiga ko’ra: to’liq tahlil, to’liq bo’lmagan tahlil; 3) shakliga ko’ra: og’zaki va yozma kabi turlarga ajratadilar. Bu darslikda ham boshlang’ich sinflarda grammatik tahlilni o’tkazish izchilligi, tahlil o’tkazishda didaktik vositalardan foydalanish haqida fikr bildirilmagan. Boshlang’ich sinf "Ona tili" darsliklarida ham lisoniy tahlilga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. 1-2 -sinf “Ona tili” darsligida lisoniy tahlilning biron turi haqida nazariy ma’lumot, amaliy malakalar hosil qilish yuzasidan topshiriqlar berilmagan. 3-sinf darsligida “So’z tarkibi”ni o’rganishda so’zning tarkibi, qanday qismlardan iboratligini shartli chiziqlar yordamida ko’rsatish o’rgatiladi. Maktab amaliyotida “grammatik tahlil” atamasi qo’llanadi. Bizning fikrimizcha, “grammatik tahlil” atamasi faqat morfologiya va sintaktik hodisalarga xosdir. “Lisoniy tahlil” esa til fanining boshqa qismlarini ham o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan “lisoniy tahlil” atamasini qo’llashni lozim deb topdik. Lisoniy tahlil – aniq bir til yoki nutq biriligini parchalab o’rganishdir. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Karimov I.A. “Yuk

Доказательный фрагмент

«This thesis presents ideas on the importance of mastering language phenomena, their similarities and differences, and improving the methodology for teaching future primary school teachers to analyze language in order…»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis presents ideas on the importance of mastering language phenomena, their similarities and differences, and improving the methodology for teaching future primary school teachers to analyze language in order… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary education, linguistic analysis, types of linguistic analysis, phonetic, lisoniy tahlil, fonetik, sintaktik, morfologik, boshlangʻich taʼlim, aralash tahlil, soʻz boyligi., muloqot, lisoniy tahlil turlari, nutq oʻstirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники