Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HAQIQATNI O‘ZGARTIRISH MUMKINMI?
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · HAQIQATNI O‘ZGARTIRISH MUMKINMI? (in-academy.uz/index.php/si) · Toʻlqinova Sevinch Sirojiddin qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Haqiqatni o‘zgartirish mumkinmi? Aslida haqiqat tashqi olamda emas, balki insonning ichki dunyosida shakllanadi. Qanday fikrlasak, o‘zimizni qanday his qilsak, ong ostimiz o‘sha holatga moslashadi va uni haqiqat deb qabul qiladi. Agar biz doimo siqilish, hafagarchilik va umidsizlik holatida bo‘lsak, ongimiz bu holatni normal deb qabul qilib, uni davom ettirishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun, hatto ongli ravishda bu holatdan chiqishga urinib ko‘rsak ham, tanamiz bunga qarshilik qiladi. Ko‘pchilik hayotda "sinovlar kelsa, birdaniga keladi" degan iborani eshitgan. Buning sababi shundaki, qiyinchiliklar vaqtida bizning ongimiz o‘sha negativ vaziyatni qabul qilib, uni takror-takror ong ostiga yuboradi. Masalan, "Menda doim shunaqa bo‘ladi. Hech nima yaxshi emas", degan fikrlar haqiqatga aylanib boradi. Natijada, hayotimizda shunga o‘xshash vaziyatlar yana takrorlanaveradi. Kalit so‘zlar: Meditatsiya, Affirmatsiyalar, Shukronalik, Reality Transurfing , Neville Goddard, Joe Dispenza , Rhonda Byrne, Maqsadga erishish, Fikrlarning kuchi, Numerologiya Tashqi va ichki dunyo o‘zaro bog‘liq. Tashqi dunyo bizning ichki dunyoimizga qarab shakllanadi. Agar siz boshqalarga tabassum bilan qarasangiz, dunyo ham sizga tabassum bilan javob beradi. Hayotda har narsaning ijobiy tomonini izlash va har qanday holatda Allohga minnatdorchilik bildirish hayotingizni yaxshilashga olib keladi.To‘g‘ri, ichki dunyoingiz yaxshi bo‘lsa ham, hamma narsa doimo a’lo darajada bo‘lavermaydi. Ammo, ijobiy fikrlash salbiy holatlardan tezroq chiqishga va yaxshilikka erishishga yordam beradi. Tasavvur va haqiqat Neville Goddardning so‘zlari bilan aytganda: "Haqiqiy haqiqat sizning tasavvuringizdadir. Tasavvur qila olsangiz va unga ishonsangiz, uni yaratishingiz mumkin." Ammo, faqat tasavvurning o‘zi yetarli emas. Tasavvurga qo‘shilgan harakat maqsadga ikki karra tezroq yetaklaydi. Masalan, biror salbiy voqeani chuqur his qilib, tasavvur qilsangiz, ong ostingiz o‘sha voqeani reallikka aylantirishga intiladi. Shu kabi, yaxshi voqealarni ham aniqlik bilan tasavvur qilib, ularga chin dildan ishonsangiz, ularni hayotingizga jalb qilishingiz mumkin Haqiqatni o‘zgartirish nafaqat tasavvur qilish, balki turli ong va ong osti texnikalaridan foydalanish orqali ham amalga oshadi. Agar siz o‘z hayotingizni yaxshilashni istasangiz, quyidagi usullarni qo‘llab ko‘ring: 1. Vizualizatsiya mashqlari: Tasavvur qilish orqali yangi haqiqat yaratish mumkin. Har kuni bir necha daqiqa davomida xohlagan narsangizni allaqachon amalga oshgan holatda tasavvur qiling. Har bir tafsilotni aniq his etishga harakat qiling: tovushlar, ranglar, his-tuyg‘ular va hatto hidlar. Masalan, o‘zingizni muvaffaqiyatga erishgan, sog‘lom yoki baxtli holatda his qilganingizni 29 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ko‘zingizga keltiring. Tasavvur qilishni Neville Goddard "yaratuvchi kuch" deb ataydi va bu jarayonni o‘z hayotiga muvaffaqiyat bilan qo‘llaganlar ko‘p. 2. Affirmatsiyalar: O‘zingizga aytiladigan so‘zlar ham haqiqatni shakllantiradi. Muntazam ravishda ijobiy iboralarni takrorlash orqali ong ostingizga ularni jo‘natishingiz mumkin. 3. Shukronalik amaliyoti: Minnatdorchilik bildirgan odamning ong osti ijobiy tebranishlarga moslashadi. Har kuni shukronalik jurnalini yuritish orqali o‘zingizda mavjud yaxshiliklarni qadrlashni o‘rganasiz. Masalan, hayotingizda sodir bo‘layotgan yaxshi narsalarni yozib, ulardan chin dildan minnatdor bo‘lishni mashq qiling. 4. Meditatsiya va chuqur nafas olish mashqlari: Ongni tinchlantirish va e’tiborni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun meditatsiya qilish foydali. Dr. Joe Dispenza meditatsiya orqali miyaning to‘lqinlarini o‘zgartirish va yangi haqiqatni yaratish mumkinligini aytadi. Chuqur nafas olish esa stressni kamaytirishga yordam beradi va fikrlarni ravshanlashtiradi. 5. Salbiy e’tiqodlarni almashtirish: Ko‘pincha odamlar o‘zlarini cheklovchi e’tiqodlarga bog‘lanib qoladilar. Masalan, “Men doimo omadsizman” yoki “Men hech qachon muvaffaqiyatga erisholmayman”. Bunday e’tiqodlarni aniqlab, ularni ijobiy fikrlar bilan almashtirish lozim. Misol uchun, “Men har qanday qiyinchilikni yenga olaman” yoki “Men doimo o‘sish va muvaffaqiyatga intilaman”. Xulosa Haqiqatni o‘zgartirish mumkin. Bu tashqi dunyoni o‘zgartirishdan ko‘ra, o‘z fikrlarimizni, e’tiqodlarimizni va his-tuyg‘ularimizni boshqarish orqali amalga oshadi. Tasavvur, ijobiy fikrlash va harakatning uyg‘unligi orqali siz o‘zingiz uchun istagan haqiqatni yaratishingiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Neville Goddard — The Power of Awareness 2. Dr. Joe Dispenza — Breaking the Habit of Being Yourself 3. Dr. Joe Dispenza — Becoming Supernatural 4. Rhonda Byrne — The Secret 5. Vadim Zeland — Reality Transurfing 6. Napoleon Hill — Think and Grow Rich 7. David A. Phillips — The Complete Book of Numerology 8. Rhonda Byrne — The Magic 30
Доказательный фрагмент
«Haqiqatni o‘zgartirish mumkinmi? Aslida haqiqat tashqi olamda emas, balki insonning ichki dunyosida shakllanadi. Qanday fikrlasak, o‘zimizni qanday his qilsak, ong ostimiz o‘sha holatga moslashadi va uni haqiqat deb q…»
Образец извлечения
Демо-превьюHaqiqatni o‘zgartirish mumkinmi? Aslida haqiqat tashqi olamda emas, balki insonning ichki dunyosida shakllanadi. Qanday fikrlasak, o‘zimizni qanday his qilsak, ong ostimiz o‘sha holatga moslashadi va uni haqiqat deb q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Neville Goddard, Meditatsiya, Maqsadga erishish, Reality Transurfing, Numerologiya, Affirmatsiyalar, Joe Dispenza, Shukronalik, Rhonda Byrne, Fikrlarning kuchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025