Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOTIR ERGASHEV IJODIDA MILLIY RUH VA VATANPARVARLIK MAVZUSI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi (in-academy.uz/index.php/si) · BOTIR ERGASHEV (in-academy.uz/index.php/si) · Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This article analyzes the poems of Botir Ergashev on the theme of national spirit and patriotism, and studies the poet's unique literary approach, system of symbols and poetic skill. Keywords: national spirit, patriotism, Uzbek national values, sense of homeland, Uzbek poetry, national pride, artistic means, symbol of homeland and motherland. O‘zbek she’riyatida milliy ruh va vatanparvarlik doimo yetakchi mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Shoirlar xalq ruhiyatini aks ettirish, millatning qadriyatlari va tarixiy merosini ulug‘lash orqali adabiyotga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ana shunday shoirlardan biri — Botir Ergashev. Uning she’riyatida milliylik, o‘zbeklik, Vatan muhabbati va xalq qadriyatlarini asrab-avaylash masalalari alohida o‘rin tutadi. Botir Ergashev she’riyatida Vatan tushunchasi juda keng qamrovli. U Vatanni nafaqat ona yurti sifatida tasvirlaydi, balki uni "Ona" timsoli bilan uyg‘unlashtirib, ona-Vatan konsepsiyasini ilgari suradi. Shoir ijodida milliy ruh nafaqat yurtga bo‘lgan muhabbat orqali, balki milliy kiyim, qadriyatlar va ramzlar orqali ham aks etadi. Uning milliylik haqidagi esdaliklari va "Ona – Vatan", "Vatan" kabi she’rlari bu mavzuni chuqurroq anglashga yordam beradi. Milliylik har bir xalqning o‘zligini ifodalovchi asosiy tushunchalardan biridir. Milliylik deganda nafaqat til va madaniyat, balki xalqning urf- odatlari, kiyinish madaniyati, qadriyatlari ham tushuniladi. Botir Ergashevning shaxsiy hayotidagi bir voqea uning milliylik haqidagi qarashlarini yaqqol ifodalab beradi. U quyidagicha eslaydi: "Shoir ukalarim Navoiylik Alisher, Ravshan Haqmurod hamda Burhon Rahmatov uchchalovlari kutilmaganda milliy kiyimlarda ishxonamga yo‘qlab kelishdi. Ularning egnidagi o‘zbekona matodan tikilgan zamonaviy usullar uyg‘unligidagi choponlarini ko‘rib, hayratda qoldim. Eng quvonarlisi ular menga ham yoshimga moslab ajoyib zamonaviy ko‘rinishga ega chopon olib kelishibdi. Ochig‘i, juda xursand bo‘ldim...” Bu voqea shoirning milliy qadriyatlarni qanday qadrlashini ko‘rsatadi. Uningcha, milliylik – bu shunchaki eski urf- odatlarga bog‘lanib qolish emas, balki milliy o‘zlikni zamonaviy hayotga uyg‘unlashtirib saqlab qolishdir. Shoir bu fikrni yanada mustahkamlab, milliyligimizning yashab qolishi xalqimizning o‘ziga bog‘liqligini ta’kidlaydi: "Milliyligimizni shu yurtda yashovchi 31 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si millatdoshlarimiz qadrlasagina bu qadriyat yashab qolad". Bu esa Botir Ergashev ijodida milliylik faqat shaxsiy qarash emas, balki jamiyatga taalluqli umumiy g‘oya ekanligini anglatadi. Botir Ergashevning "Vatan" she’ri uning vatanparvarlik mavzusidagi eng yorqin asarlaridan biridir. She’rda Vatan shunchaki tuproq yoki hudud sifatida emas, balki inson hayoti va taqdiri bilan chambarchas bog‘langan muqaddas tushuncha sifatida tasvirlangan. She’rning har bir bandida shoirning Vatanga bo‘lgan sadoqati va muhabbati aks etadi: Vatanim, quchog‘ing oq, momiq paxta, Ba’gringda hech qachon bosmas meni g‘am. Bu misralarda Vatan ona timsolida tasvirlanadi. "Quchog‘ing oq, momiq paxta" degan tasvir orqali O‘zbekistonning dehqonchilik yurti, paxtakor yurti ekanligi aks ettiriladi. Paxta oq rangi esa samimiyat va poklik ramzi sifatida talqin qilinadi. She’rda yana shunday fikr bor: "Vatan, deb hayqirib o‘laman o‘lsam". Bu misra shoirning fidoyiligini ifodalaydi. Vatanga muhabbat shunchalik kuchliki, u hatto o‘lim oldida ham Vatan nomini tilga olishni muqaddas deb biladi. O‘zbek adabiyotida ona va Vatan tushunchalari doimo yonma-yon kelgan. "Ona – Vatan" she’rida ham Botir Ergashev bu ikki tushunchani birlashtirib, o‘zining milliy ruh va vatanparvarlik haqidagi qarashlarini ifoda etadi. She’rning birinchi misralarida shoir ona va Vatan orasidagi bog‘liqlikni ochib beradi: Vatan desam, onam kelar xayolimga, Onamni men Vatan deya atagayman! Shoir Vatan va onani teng qo‘yadi. Ikkalasi ham inson hayoti uchun beqiyos ahamiyatga ega. Onaning mehri va Vatan muhabbati bir-biriga o‘xshash, shuning uchun ular ajralmas tushunchalar sifatida tasvirlanadi. She’r davomida shoir yana bir muhim fikrni ilgari suradi: Ona bo‘lib, Vatan bo‘lmay qolgan – bu dard, Vatan bo‘lib, onasizlik – bu ham azob. Bu misralar milliy ruhning eng chuqur ma’nolarini o‘z ichiga oladi. Ona va Vatan birgalikda insonni shakllantiradi, ularning biridan ayrilish katta fojiaga aylanishi mumkin. Botir Ergashevning milliy ruh va vatanparvarlik haqidagi she’rlari o‘zbek adabiyotida alohida o‘rin tutadi. U Vatanni ona timsolida tasvirlaydi, milliy qadriyatlarni hayotiy tajribalari bilan bog‘laydi va milliylikni faqat an’analar emas, balki kelajak avlodga yetkazilishi lozim bo‘lgan muhim meros sifatida ko‘rsatadi. Uning "Vatan" va "Ona – Vatan" she’rlari shoirning bu mavzudagi eng yorqin asarlaridan bo‘lib, ularda Vatanga sadoqat, xalqning sha’ni, milliy o‘zlik va qadriyatlarni asrab-avaylash g‘oyalari aks etgan. Shoir she’riyatidagi milliy ruh va vatanparvarlik kelajak avlod uchun ham katta ahamiyat
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the poems of Botir Ergashev on the theme of national spirit and patriotism, and studies the poet's unique literary approach, system of symbols and poetic skill.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the poems of Botir Ergashev on the theme of national spirit and patriotism, and studies the poet's unique literary approach, system of symbols and poetic skill. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- national spirit, patriotism, Uzbek national values, sense of homeland, Uzbek, vatan tuyg‘usi, badiiy vositalar, milliy g‘urur, o‘zbek milliy qadriyatlari, milliy ruh, vatan va ona timsoli., vatanparvarlik, o‘zbek poeziyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025