К содержанию
РецензированоUZ2026

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM MUTAXASSISLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH USULLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Karimova Go‘zal Ibragimovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining nazariy asoslari, hamda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: kompetensiya, kompetentlik, boshlang‘ich ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv. Jamiyatda har qanday kasb boʻlmasin, avvalambor, uning darajsi mavqeyi bilim bilan oʻlchanadi. Mana shu bilim esa malaka bilan shakllanadi. Aynan, pedagog kasbining sub’ekti boshqa shaxslardir. Shu bois , unda bilim va malaka uning mahorati orqali yuzaga chiqadi. Xoʻsh, pedagog kasbiy kompetentligi va uni ta’lim jarayonini boshqarishdagi oʻrni qay darajada ahamiyat kasb etadi? Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tugʻiladi. Shu nuqtai nazardan “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Kasbiy ta’lim ustalarining oʻziga xos xususiyati shundaki, ularning asosiy faoliyat mazmuni shaxs bilan bogʻliq, ular bola faoliyatini, ularning yosh xususiyatlarini boshqarish jarayaonida “generator” vazifasini bajaradi. Shu bois, ular kasb doirasida bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻlishi talab qilinadi. Azaldan sharq xalqlari pedagoglik kasbiga juda katta hurmat bilan qarashgan. Chunki ular boshqa kasb egalaridan farqli oʻlaroq inson kamoloti bilan shugʻullanadi. Ularning ma’nan yetuk, barkamol shakllanishida eng asosiy ustun vazifasini bajaradi. Pedagog tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, tushuntirishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta’sir qilish va uni boshqarishni nazarda tutadi. Oʻqituvchilik kasbi dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uning ijtimoiy ahamiyati va qadri hech qachon kamaymaydi, soʻnmaydi. Jumladan, gʻazal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy ijodida muallimlarga munosib alohida e’tibor berilgan. Uning fikricha, har bir inson oʻziga ta’lim va tarbiya bergan ustozini umrbod eslashi va hurmat qilishi kerak. Tarbiyachi mehnatini har qanday xazina bilan oʻlchab boʻlmaydi, aslida. Ularning fikricha, yosh avlod tarbiyasini har kimga ham topshirib boʻlmasligini aytib oʻqituvchiga juda koʻp talablarni qoʻyadi. Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini oʻstirish uchun nihoyatda savodli oʻqituvchi va mahoratli tarbiyachi boʻlish kerak .Sababi ,ular jarayonda faqat dars beruvchi,ilm beruvchi emas, balki mahoratli tarbiyachi boʻlishi lozim, deydi. Mana shu fikrlarning oʻziyoq qadimdanoq ota-bobolarimiz pedagog kompetentligini oʻz tillari bilan izohlab ketganlar. Shu bois ,oʻqituvchilik bir qator muhim talablarga,mezonlarga javob berishi kerak. Pedagogik mahorati, bilimi darajasi asosan oʻqituvchining faoliyatida namoyon boʻladi. Oʻqituvchi oʻz faoliyatida pedagogik mahoratga erishish uchun oʻz faoliyatini boshqarish qobiliyati, yuqori bilim, yetarli malaka va 169 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si koʻnikmalarga ega boʻlishi talab qilinadi. Soʻngi yillarda yurtimis boʻylab o`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Pedagogik mahoratni egallash uchun oʻqituvchi doimo oʻz ishini tahlil qila bilishi, oʻziga oʻquvchilar nazari bilan qaray olishi va kamchiliklarni tuzatish uchun tinimsiz izlanishi zarur. Bugun davr yoshlari juda talabchan, zukko, sezuvchan. Ular atrofidagi nuqsonlarni juda tez anglaydilar. Ularga ta’lim-tabiya berayotgan pedagog esa har tomonlama yuksak bilim va malakaga ega boʻlmogʻi shart va muhim. Ularda pedagog kasbiga oid kompetentlik boʻlmas ekan, yaxshi pedagog ham kutulayotgan natijani ham qoʻlga kirita olmaydilar. Shu oʻrinda, kasbiy kompetentlik oʻzi nima va u nima uchun pedagog shaxsi uchun bu qadar ahamiyatli, deyilgan savolga javob bersak. Har qanday oʻqituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u “kompetensiya” dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. “Kompetentlik” tushunchasi pedagogning ma’lumoti, koʻnikmasi, qobiliyati va tajribasini oʻz ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama oʻxshashdir. Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim oʻquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʻlom raqobat hamda umummadaniy koʻnikmalarini shakllantiradi. Demak, bu tushuncha pedagog uchun aynan bugungi zamonaviy davr bolalarni tarbiya qilayotgan onda juda kerak boʻlgan atama. Shu oʻrinda shuni aytishim kerakki, pedagogik faoliyat - bu insoniyat tomonidan toʻplangan madaniyat va tajribani keksa ajdodlardan o

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining nazariy asoslari, hamda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining nazariy asoslari, hamda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompetensiyaviy yondashuv., boshlang‘ich ta’lim, kompetentlik, kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники