Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO PATENT HIMOYASINING PCT TIZIMI AHAMIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdujabborov Faryozbek Baxodirjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 1970
Аннотация
(PCT) Patent kooperatsiyasi shartnomasining ahamiyati. Ixtirochilar tomonidan yaratilgan obyektlar yillar o‘tishi bilan muhofaza etilishga extiyoj tug‘ula boshladi. Dast avval milliy miqyosda muhofaza hujjatlari qabul qilish boshlangan. Ixtirolarni xalqaro miqyosda himoyasini taminlash maqsadida 1970-yil 19-iyunda patent kooperatsiyalari kelishuvi (PCT) imzolanadi. Bu orqali intellektual mulk yaratuvchilari nafaqat o‘z yurtlarida balki boshqa bir qancha davlatlarda ham o‘z ijod mahsulini ommaga ayon qilishi mumkun hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib (PCT) ga dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlari a’zo xisoblanadi, bu degani agar talabnoma topshiruvchi shaxs hohlasa birgina talabnoma orqali barcha a’zo davlatlarda muhofaza talab qila olishi mumkun. (PCT) patent kooperatsiyasi shartnomasining ahamiyatiga keladigan bo‘lsak, o‘z o‘zidan bu shartnoma nima uchun kerak, a’zo davlatlar va ularni ixtirochilari uchun qanday foyasi bor degan savol tug‘ulishi tabiiy hol, bunga javoban esa, Davlatlar uchun. 1. Xalqaro hamkorlik: PCT shartnomasi davlatlar o‘rtasidagi patent huquqini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Bu ixtirolar va texnologiyalarni transmilliy ravishda himoya qilish va ulardan teng foydalanishni ta’minlaydi. Ma’lum bir ixtiro xalqaro darajada himoyalanib amaliyotga tadbiq etilishi esa davlatning xalqaro maydondagi imidjini yanada mustahkamlaydi. 2. Innovatsiyalarni rivojlantirish: PCT xalqaro patent olish jarayonini soddalashtirgan holda davlatlararo texnologiya va ilmiy yutuqlar almashinuvini rag‘batlantiradi. Bu esa innovatsiyalarni tezroq bozorga olib chiqishga yordam beradi. 3. Texnologik rivojlanish: Davlatlar PCT orqali yangi texnologiyalarni xalqaro miqyosda joriy qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa milliy iqtisodiyot va texnologik rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 4. Raqobatbardoshlik: PCT davlatlarga boshqa davlatlar bilan innovatsiyalar sohasida raqobat qilishga yordam beradi. Ixtirolarni himoya qilish imkoniyati milliy kompaniyalar uchun global bozorlar eshiklarini ochadi. Ixtirochilar uchun 1. Xalqaro himoya: PCT ixtirochilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta davlatlarda patent olish jarayonini boshlash imkonini beradi. Bu ularga o‘z ixtirolarini ko‘p davlatlarda himoya qilish imkonini beradi. 2. Soddalashtirilgan jarayon: PCT tizimi ixtirochilarga patent olish jarayonini bir hujjat orqali bir nechta davlatda boshlash imkonini beradi. Bu esa vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlaydi. 176 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 3. Vaqtni uzaytirish: PCT orqali ixtirochi patent huquqini boshqa davlatlarda olishini kechiktirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu ularga bozorni o‘rganish yoki moliyaviy resurslarni tayyorlash uchun qo‘shimcha vaqt beradi. 4. Xarajatlarni kamaytirish: PCT tizimi orqali patent olish jarayoni yagona hujjatlar orqali bir nechta davlatda boshlanishi mumkin bo‘lganligi sababli, bu ixtirochi uchun xarajatlarni kamaytiradi. Patent olishning turli davlatlardagi texnik va huquqiy talablari moslashtiriladi. 5. Strategik rejalash: Ixtirochilar PCT yordamida qaysi davlatlarda patent olish kerakligini sinchiklab o‘rganishi va bu davlatlarda patent olish uchun eng qulay vaqtni tanlashi mumkin1. Shu sabablar tufayli, PCT davlatlar va ixtirochilar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, intellektual mulkni himoya qilishni soddalashtiradi va innovatsiyalarni global miqyosda targ‘ib qiladi. PCT bitta xalqaro ariza orqali bir nechta mamlakatda patent olish jarayonini soddalashtirishga yordam beradi, lekin o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri patent bermaydi. Patent beruvchi tizimlar bular milliy tizim va mintaqaviy tizim hisoblanadi. Milliy patent va mintaqaviy patent o‘rtasidagi asosiy farqlar ularning amal qilish doirasi va berilish jarayonlarida namoyon bo‘ladi: 1. Amal qilish doirasi: Milliy patent faqat bitta mamlakat ichida amal qiladi. Ya’ni, bunday patentga ega bo‘lsangiz, faqat o‘sha mamlakatda o‘z huquqlaringizni himoya qilishingiz mumkin. Mintaqaviy patent esa bir nechta mamlakatlar uchun amal qiladi. Mintaqaviy patent tizimiga a’zo davlatlar guruhi mavjud bo‘lib, siz bitta ariza bilan bir nechta davlatda patent olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Masalan, Yevropa patent tizimi (EPO) yoki Afrika intellektual mulk tashkiloti (OAPI) shunday tizimlarga misol bo‘ladi. 2. Patent berish jarayoni: Milliy patent olish uchun har bir davlatning milliy patent idorasiga alohida ariza topshirish kerak. Har bir davlat o‘z qonun-qoidalariga muvofiq patent beradi. Mintaqaviy patent olishda siz bitta mintaqaviy patent idorasiga ariza topshirasiz, va bu patent bir vaqtning o‘zida bir nechta davlatda kuchga kirishi mumkin. Lekin, har bir davlatda patentni tasdiqlash jarayoni alohida bo‘lishi mumkin2. PCT nima uchun muhim? Ushbu shartnomaning imzolanishi nafaqat g‘oyalarni xalqaro miqyosda himoya qilish uchun muhim bo‘ldi, balki himoyalangan xalqaro savdoni yaratishga yordam berdi. Bundan tashqari, bu o‘z g‘oyalarini patentlashga urinayotgan barcha ixtirochilarga foyda keltiradi, ch
Доказательный фрагмент
«(PCT) Patent kooperatsiyasi shartnomasining ahamiyati.»
Образец извлечения
Демо-превью(PCT) Patent kooperatsiyasi shartnomasining ahamiyati. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- patent olish, mintaqaviy patent, yordam beradi, himoya qilish, olish jarayonini, nechta davlatda, milliy patent
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025