К содержанию
РецензированоUZ2026

MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNI KASBIY-IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASH MODELI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sattorova Mahliyo Burxanovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, mazmuni va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda muhandislik ta’limida ijodiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda mustaqil o‘qishning roli tahlil qilingan. Bo‘lajak muhandislar uchun mo‘ljallangan kasbiy-ijodiy tayyorgarlik modeli taklif etilib, uning asosiy tarkibiy qismlari, metodik yondashuvlar va samaradorlik ko‘rsatkichlari ochib berilgan. Modelni amaliyotga tatbiq etish orqali talabalar bilim va ko‘nikmalarining oshgani kuzatildi. Maqolada mustaqil ta’lim orqali muhandislik yo‘nalishidagi talabalarda ijodkorlik va kasbiy faollikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: muhandislik ta’limi, mustaqil o‘qish, kasbiy-ijodiy faoliyat, pedagogik model, kompetensiya, metodik yondashuv, ijodiy tafakkur. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan islohotlar talabalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va kasbiy faoliyatga tayyorgarligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, muhandislik sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun bu jihatlar zamonaviy jamiyat talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, mustaqil ta’limning mazmunini yangilash va uni kasbiy-ijodiy faoliyat bilan integratsiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ta’lim zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida talabalarning bilim olishdagi faolligini oshirish, mas’uliyat hissini kuchaytirish, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi. Talabaning o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishi, muammoli vaziyatlarni yechishdagi mustaqilligi, ijodiy loyihalarda ishtirok etishi uning kasbiy shakllanishida asosiy omil hisoblanadi. Muhandislik ta’limida kasbiy-ijodiy faoliyat – bu talabaning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirgan holda, muammoli vaziyatlarga innovatsion yechim topishga qaratilgan faoliyat shaklidir. Bu jarayon texnologik fikrlash, loyiha asosida ishlash, jamoada hamkorlik qilish va mustaqil qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishni taqozo etadi. Ushbu maqolaning maqsadi – mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarni kasbiy- ijodiy faoliyatga tayyorlash modelini ishlab chiqish, uning tarkibiy qismlarini aniqlash va amaliyotda qo‘llash samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqot davomida quyidagi metodlardan foydalanildi: nazariy tahlil va sintez, tajriba- sinov ishlari, pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma va natijalarni statistik tahlil qilish usullari. Zamonaviy pedagogik nazariyada mustaqil ta’lim – bu talabalar bilimni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchining bevosita nazoratisiz, o‘z faolligi, qiziqishi va mas’uliyati asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. U o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi 190 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bo‘lib, shaxsiylashtirilgan o‘qitish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va doimiy ta’lim tamoyillarini amalga oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Davlat ta’lim standartlarida mustaqil ta’limni tashkil etish orqali talabalar bilimini mustahkamlash, ijodiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ilg‘or xorijiy tajribalarda ham mustaqil o‘qish, ayniqsa, oliy texnik ta’limda, talabalarni kasbiy vaziyatlarga tayyorlashning samarali vositasi sifatida e’tirof etiladi. Kasbiy-ijodiy faoliyat tushunchasi esa o‘zida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yangilik yaratish, muammoni noan’anaviy yechish, yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali amaliyotga tatbiq etish faoliyatini ifodalaydi. Bu faoliyat muhandislik ta’limida nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, loyihalash va konstruktorlik faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida alohida o‘rin egallaydi. Bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi pedagogik model yaratish dolzarb masalalardan biridir. Ushbu model talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini tizimli va kompleks yondashuv asosida tashkil etishga xizmat qiladi. Taklif etilayotgan modelning tuzilmasi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat: 1. Maqsadli blok Ushbu blok modelning yo‘nalishini belgilab beradi. Asosiy maqsad — bo‘lajak muhandislarda mustaqil fikrlash, kasbiy mas’uliyat, innovatsion yondashuv va ijodiy tafakkurni rivojlantirish. Modelning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Talabalarda kasbiy-ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish; Mustaqil ta’limni samarali tashkil etish yo‘llarini belgilash; Ta’lim mazmuni va shakllarini zamonaviy talablar asosida yangilash. 2. Mazmuniy blok Bu blokda kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan o‘quv materiallari, mavzular, topshiriqlar va amaliy mashg‘ulotlar tizimi ishlab chiqiladi. Mazmun: muhandislik yo‘nalishiga mos innovatsion g‘oyalarni ilgari surish,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, mazmuni va amaliy jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, mazmuni va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogik model, muhandislik ta’limi, metodik yondashuv, kasbiy-ijodiy faoliyat, mustaqil o‘qish, ijodiy tafakkur., kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники