Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQOL VA MATALLAR TARJIMASIGA DOIR (O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT MISOLIDA)
Hikmatilla Gadayev
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This "rare blessing" refers to the appearance of the mulberry tree in human life on the earliest instrument panels made of mulberry. In addition, the raw materials extracted from it, fruits useful for the human body, roots, leaves, juices used for feeding silkworms, as well as silk fabrics, as well as the benefits that this tree gives us, inform and illuminate its manifestation in folk oral art. Keywords: rarity, treasure, kobik, keli, kelisop, chekich, urchuk, shinni, miracle, shotut, Ibn Kutaiba, legend, saint, originality, machines, law, konun, ud-(muz instr) miracle. Yaratganning bandasiga tuhfa qilgan nodir neʼmatlaridan biri – tut daraxti bizning va boshqa xalqlar olimlari tomonidan oʻrganilgan va bu jarayon hamon davom etmoqda. Tut daraxti paydo boʻlgandan buyon jamiki tirik jonga, insonlarga misoli sehrli buloqday beminnat hizmat qilib kelayotir. Insoniyatning madaniy hayoti rivojlangani sayin, jahon tabobati, hunarmandchilik, ipakchilik, sozgarlik, qandolatchilik, dexqonchilik, binokorlik, sanoat va boshqa sohalarda ham uning bebaho qadrini yaqqol koʻramiz. Shu bois koʻp sohalarning tadqiqotchilari oʻz ilmiy izlanishlarida tutning yangidan yangi foydali tomonlarini, xususiyatlarini oʻrganib, xalqqa havola etmoqda. Odamzot yaralgandan buyon qancha zamonlarni bosib oʻtgan boʻlsa, ildizidan to bargigacha koni foyda boʻlgan ushbu “qut-baraka”, “moʻjiza” yoki “xazina” daraxti insondan kam yoʻlni bosib oʻtmadi. Sekin-asta odamlar hayotiga kirib, u bilan chambarchas bogʻlanib ketdi. Ilm-fan, iqtisod, madaniyat taraqqiyotida ham, xattoki, xalq ogʻzaki ijodida ham sermazmun mavqeni egalladi. Qadimdanoq insonlar yaxshi yashash uchun intilishi, izlanishi ortidan oʻz tafakkurini boyitib, tut daraxti tanasidan ov qurollari, ish qurollari, keli, kelisop, chekich, gʻalvir gardishi, beshik, egar, toʻquvchilik 40 dastgohlari, urchuq, taroq va boshqa narsalar yasagan. Qavigʻidan ham pishiq ip, eng sifatli qogʻoz, boʻyoq, bargi esa chorvaga ham, ipak qurtiga ham ozuqa, ildizi, bargi mevalari tabobatda dori, tanasi yoki novdalari binokorlikda ishlatilgan. Tut daraxtining yer yuzida tarqalgan navlari asosan Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalari, Hindiston, Afrika va Shimoliy Amerikaning moʻtadil va subtropik hududlarida koʻp uchrashi aytiladi. Uning 20 dan ortiq turi mavjud boʻlib, koʻp navlari Xitoyda oʻsadi. Oq tutning vatani -Xitoy, shotutning vatani- Eron va Afgʻoniston hisoblanadi. Oʻzbekistonda ham tutning beshdan ortiq turi yetishtiriladi. Tutning xususiyatlaridan oldin yurtimizdagi eng keksa tut daraxtlariga toʻxtalsak: Yarim asrlik tarixdan soʻzlaguvchi 37 tup yoshi ulugʻ tut daraxtlari Zomin tumanidagi Turkman qishlogʻida asrlar silsilasidan oʻtgan. Ularning 9 tasi 500 yosh, 28 tasi esa 200 va undan ortiq yoshga kirgani taxmin qilinmoqda. Ushbu daraxtlarni kim ekkanligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar yoʻq. Lekin ular nafaqat qishloq ahlining, balki, butun xalqimizning fahriga aylangani bor gap. Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhit muhofazasi boshqarmasi xodimlari hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Jizzax viloyati kengashi aʼzolari hamkorlikda qishloqning eng yoshi ulugʻ nuroniy otaxonlari va mahalla faollari viloyatda 112 tup shunday yoshi katta daraxtlar borligini aniqladi. Ularning 82 tupi tut, 23 tupi yongʻoq, 4 tupi chinor, 2 tupi tol va 1 tupi biota daraxti ekan. Navbatdagi Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi “Mironqul” mahallasining togʻli hududida yoshi asrlarga boʻylashgan tut daraxtining ham yoshi qariyb 450-yilga tengligi taxmin qilinmoqda. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi Ibn Qutayba ziyoratgohidagi tutni 1000 yoshliligi aytilmoqda. Mahalliy hokimiyat davlat organlarining qarori bilan ushbu daraxtlar “Davlat tabiat yodgorligi” deb eʼlon qilinib, bu borada yana izlanishlarning davomi cheksiz. Olimlarimiz tomonidan bildirilishicha tut (Morus) – tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumiga kirgan mevali daraxt hisoblanadi; Oq tut (M.alba) va qora tutning (M.migra) mevasi isteʼmol qilinadi. Sershox tut (M.multicaulis), kagayama tut (M.Kagayame) va ipak qurti tuti (M.bonabycis) turlaridan, asosan, ipak kurti boqishda foydalaniladi. Tut tez oʻsuvchan, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli, shox-shabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida boʻlishi mumkin. Boʻyi 15-18 metr, baʼzilariniki 20-25 metrgacha, yoʻgʻonligi 1,5 metrgacha boʻladi. Katta yoshdagi baland tanali tut daraxtlaridan 20-40 kilogrammgacha barg, 50-60 kilogramm meva hosili olinadi. Tutning egri-bugri (ilonoʻt) va pastga qarab oʻsadigan (majnun tut) xillari ham uchraydi. Hayratlanarlisi tut daraxti 300, ayrimlari 500-yilgacha yashaydi. Oq tut (Balxi tut) va shotut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy boʻlib, yangiligida isteʼmol qilinadi. Undan shinni, murabbo, mayiz, tayyorlanadi. Bargidan ipak qurti boqishda foydalaniladi. Tut ikki uyli oʻsimlik. Gullari bir jinsli. Tut urugʻidan, qalamchasidan, payvand va parxish (parxama) usulida koʻpaytiriladi. (“OʻzME” dan). Ushbu barakali tut daraxt
Доказательный фрагмент
«This "rare blessing" refers to the appearance of the mulberry tree in human life on the earliest instrument panels made of mulberry.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis "rare blessing" refers to the appearance of the mulberry tree in human life on the earliest instrument panels made of mulberry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rarity, treasure, kobik, keli, kelisop, chekich, urchuk, shinni, miracle, shotut, ibora., maqol, tarjima lug‘at, matal
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025