К содержанию
РецензированоUZ2026

BOTIR ERGASHEV SHE’RIYATIDA MUHABBAT VA SADOQAT TAHLILI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Botir Ergashev she’riyatida muhabbat va sadoqat mavzusi tahlil etilgan. Shoirning ijodiy uslubi, muhabbat va sadoqat tushunchalarini yoritish usullari, badiiy vositalari hamda tarixiy va falsafiy qarashlari keng o‘rganilgan. Maqolada Ergashevning muhabbat haqidagi she’rlari tahlil qilinib, ularning tuzilishi, poetik xususiyatlari va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Imom G‘azzoliyning "Mukoshafat ul- Qulub" asaridan ishq haqidagi parcha asosida sevgi va sadoqat tushunchalarining ilohiy va insoniy jihatlari solishtirilib, chuqur tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Botir Ergashev, muhabbat, sadoqat, she’riyat, poetik tahlil, ma’naviyat, badiiy vositalar, G‘azzoliy, ilohiy ishq, zamonaviy adabiyot. ANALYSIS OF LOVE AND LOYALTY IN THE POETRY OF BOTIR ERGASHEV Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi 4th year student of Navoi State University Annotation: This article analyzes the theme of love and loyalty in the poetry of Botir Ergashev. The poet's creative style, methods of illuminating the concepts of love and loyalty, artistic means, and historical and philosophical views are widely studied. The article analyzes Ergashev's poems about love, highlighting their structure, poetic features, and spiritual and educational significance. Also, based on an excerpt about love from Imam Ghazali's work "Mukashfat ul-Qulub", the divine and human aspects of the concepts of love and loyalty are compared and analyzed in depth. Keywords: Botir Ergashev, love, loyalty, poetry, poetic analysis, spirituality, artistic means, Ghazali, divine love, modern literature. O‘zbek adabiyotida muhabbat va sadoqat mavzusi ko‘plab ijodkorlarning asarlarida alohida o‘rin egallagan. Botir Ergashev ham o‘z she’riyatida bu mavzuga chuqur yondashgan. Uning she’rlarida muhabbat nafaqat shaxsiy tuyg‘u, balki insonni yuksaltiruvchi, hayotga mazmun bag‘ishlovchi kuch sifatida tasvirlanadi. Shoir muhabbatni faqatgina ikki inson o‘rtasidagi tuyg‘u emas, balki vatanga muhabbat, insoniy sadoqat va ilohiy muhabbat sifatida ham talqin qiladi. Uning ijodida chin muhabbat fidoyilik, sadoqat esa insoniylikning mezoni sifatida ifodalanadi. Aynan shuning uchun uning she’rlari faqatgina hissiyotlarga tayanmay, balki falsafiy ma’no kasb etadi. Muhabbat har bir inson hayotida chuqur iz qoldiradigan, uni o‘zgartiradigan va shakllantiradigan tuyg‘udir. Adabiyot va san’atda muhabbat doimo ilhom manbai bo‘lib kelgan. Botir Ergashev ijodida ham muhabbat eng asosiy mavzulardan biri sifatida o‘z aksini topgan. Uning she’rlari faqatgina romantik tuyg‘ularni emas, balki muhabbatning ichki falsafiy mohiyatini ochib beradi. Shoir muhabbatni inson ruhiyatidagi ulkan inqilob sifatida tasvirlaydi. Muhabbat shunchaki tuyg‘u emas, balki insonning ong va qalbida sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir. Shoirning “Muhabbat ta’rifi” she’rida bu fikr yaqqol namoyon bo‘ladi: Юрагимдан оромни-ю халоватни олган сен, 76 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Мудраб ётган кўзларимга бедорликни солган сен. Bu misralardan ko‘rinadiki, muhabbat insonni shunchaki baxtli yoki g‘amgin qiladigan oddiy holat emas. U odamni ichki uyg‘oqlikka, bedorlikka chorlaydi. Bedorlik tasavvufiy she’riyatda ham muhim tushunchalardan biri bo‘lib, u qalbning ilohiy haqiqatga ochilishi, insonning ruhiy kamolot sari intilishi bilan bog‘liq. Shoir davom etadi: Ҳали чиқиб улгурмаган қирларимсан, Муҳаббат, Юрагимда асраганим – сирларимсан, Муҳаббат. Bu yerda muhabbat kashf etilmagan qirlar bilan qiyoslanadi. Ya’ni, u inson uchun hech qachon tugamaydigan, yangi sirlarni ochadigan ulug‘ hodisadir. Bu fikr G‘arb falsafasida ham mavjud bo‘lib, masalan, Gyote muhabbatni insonni shakllantiruvchi eng yuksak qudrat sifatida talqin qiladi. Shuningdek, Sharq adabiyotida, xususan, Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy she’riyatida ham muhabbat inson qalbining ilohiy haqiqat sari ochilishi sifatida tasvirlanadi. Tasavvufda muhabbat ikki asosiy shaklda talqin qilinadi: 1. Insoniy muhabbat – bu ikki inson o‘rtasidagi sevgi, oilaviy muhabbat yoki do‘stlik asosidagi sadoqat. 2. Ilohiy muhabbat – bu Allohga bo‘lgan cheksiz muhabbat bo‘lib, u tasavvufiy yo‘lda insonni Haq yo‘liga olib boradi. Botir Ergashev she’riyatida bu ikki tushuncha bir-biri bilan uyg‘unlashgan. Masalan, uning “Sevgi nima” she’rida sevgi eng ezgu tuyg‘ular, mehribonlik va ilohiy nur bilan bog‘lanadi: Sevgi nima, har kimda turfa javob, Quyoshning zaminga boqqani – sevgi. Sevgi nima, qirlarni qilgach tavof, Jilg‘alarning soyga oqqani – sevgi. Bu misralardan ko‘rinadiki, muhabbat shunchaki ikki inson orasidagi tuyg‘u emas, balki tabiat, koinot va mavjudot o‘rtasidagi uyg‘unlik hamdir. Bu tasavvufiy qarashlarga juda yaqin. Jaloliddin Rumiy sevgi haqida shunday deydi: “Agar seni sevgi sari boshlayotgan narsa sevgi bo‘lsa, bilingki, u aslida seni Alloh sari yetaklayotgan nurdir.” Botir Ergashev ham muhabbatni insoniy darajadan ko‘ra yuqoriroq ma’noda talqin qiladi. U muhabbatni ilohiy haqiqatga yetaklovchi nur sifatida tasvirlaydi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Botir Ergashev she’riyatida muhabbat va sadoqat mavzusi tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Botir Ergashev she’riyatida muhabbat va sadoqat mavzusi tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Botir Ergashev, love, loyalty, poetry, poetic analysis, spirituality, artistic, badiiy vositalar, muhabbat, sadoqat, zamonaviy adabiyot., she’riyat, G‘azzoliy, ma’naviyat, ilohiy ishq, poetik tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники