Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIM TALABALARIDA KREATIV FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xudaybergenova Nawrızbiyke Qanat qızı (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article talks about the formation of creative thinking skills in higher education students, the development of their creative abilities, the ability to quickly enter into active relationships and the ability to use them appropriately in the process of practical education. In this process, it has been shown how the level of creativity of the teacher working directly with them should be. Key words: higher education, creativity, skill, ability, competence, creativity, thinking, sensitivity. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 8-oktyabr 2019- yil “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risi”da PF-5847 sonli farmoni qabul qilindi [1]. 2020-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim, to’g’risida” gi O’RQ 637-sonli qonunida ham ta’lim sifatini yaxshilash, talabalarning turli shakllarda ta’lim olishi (ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (masofaviy, sirtqi, kechki); dual ta’lim; oilada ta’lim olish va mustaqil ishi; katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish; inklyuziv ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasidagi kadrlarni tayyorlash) belgilab qo’yilgan [2]. 145 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Ta’lim jarayoniga kreativ yondashuv asosida talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantirishning zarurligi o‘zaro faol munosabatlar ta’sirida rivojlanadigan ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim muhiti, o‘qitish shart -sharoitlari va metodlarining interfaol xarakter kasb etishini ta’minlashni talab qiladi. Ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlari bo‘yicha buyuk sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Al- Forobiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa’diy Sheroziy, Mirzo Ulug‘bek, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar birinchilardan bo‘lib ta’lim metodlari orqali ilmiy asoslab berishgan. Bundan tashqari, Amerika psixologi Abraham Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida ko‘radi, ya’ni barcha insonlardagi tug‘ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma’’lum ijtimoiy to‘siqlar natijasida yo‘qolib ketadi deb hisoblaydi [3;58]. N.F.Tаlizinаning “Formаtion of сognitive асtivitу of junior sсhoolсhildren” asarida hаr bir o‘qituvсhi, reаl рedаgogik jаrауonni qurishdаn oldin, o‘quv jаrауoni hаqidа teхnologik dаrаjаdа tаqdim qilingаn bilimlаr tizimigа egа bo‘lishi lozim [4;103]. Bugungi kunda pedagogik atamalar lug`atida kreativ, pedagogik kreativlik, kreativ qobiliyatlar, kreativ kompetentlik terminlarini juda ko`p uchratamiz. Kreativlik – (lot. «creare»; ingl. creativity- «yaratish», «bunyod qilish») – bu ijodiy qobiliyatlik darajasi, shaxsning barqaror sifati hisoblanadigan ijod qilishga bo`lgan qobiliyati bo`lib, u kreativ tafakkur bilan bog`liq. Kreativ tafakkur – bu shaxsning o`z oldida turgan vazifalarini nostandart hal etish hamda o`z maqsadlariga erishishning yangi, yanada samaraliroq yo`llarini topish qobiliyatidir. Ya‘ni kreativlik, asosan, boshqalarga o`xshamagan g`oyalarni o`ylab topish, an‘ana tusiga kirib qolgan fikrlashdan qochish hamda muammoli vaziyatlarni tez hamda samarali hal etish yo`llarini bilish hisoblanadi. Kreativlik insondagi ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga asos yaratadigan individual sifatlarining hamda fikrlash qobiliyatlarining birligidan iborat bo`ladi. Kreativ kompetentlik (ing. «sreate» yaratuvchanlik, ijodkorlik). Kompetentlikning bu turi pedagogning yangilik yaratish, ijodkorlik va tashkil etish singari ko`nikmalarga ega bo`lishi bilan bog`liq. Kreativlik faqatgina yangi g`oyalarni yaratish uchungina emas, balki shaxsning turmush tarzi va ma‘naviyatini yuksaltirish uchun ham katta ahamiyatga ega. Bir qator pedagogik adabiyotlar tahlili va keyingi yillarda ilmiy izlanishlar olib borilgan tadqiqot ishlarida ham kreativ, pedagogik kreativlik, kreativ qobiliyatlar, kreativ kompetentlik tushunchalariga atroflicha izoh berib o`tilgan. Kreativ yondashuv tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko`plab ta‘riflarini keltirish mumkin. Adabiyotlar tahlili asosida aytishimiz mumkinki, kreativlik termini Angliya Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo`lgan bo`lib, bunda kreativlikning intellekt bilan bog`liqlik masalalari hamda kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning individual xususiyatlariga bog`liqligi o`rganilgan. M.N.Gnatko kreativlikning mexanizmlarini ikkita turga ajratib tahlil
Доказательный фрагмент
«This article talks about the formation of creative thinking skills in higher education students, the development of their creative abilities, the ability to quickly enter into active relationships and the ability to u…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the formation of creative thinking skills in higher education students, the development of their creative abilities, the ability to quickly enter into active relationships and the ability to u… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- higher education, creativity, skill, ability, competence, creativity, thinking, ijodkorlik, kreativlik, oliy ta’lim, kompetentlik, ko’nikma, sezgirlik., fikrlash, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025