К содержанию
РецензированоUZ2026

INFORMATIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI

Qodirov Farrux Ergash o’g’li · Abdurahmonova Sevinch Olimjonovna (Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi)

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada informatika fanining rivojlanish tarixi, uning dastlabki shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Informatika fanining paydo bo‘lishi matematika, mantiq va hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, XX asrning ikkinchi yarmida axborot texnologiyalarining taraqqiy etishi natijasida mustaqil fan sifatida shakllangan. Maqolada informatikaning ilk rivojlanish bosqichlari, dasturiy va apparat vositalarining evolyutsiyasi, algoritmik fikrlash va sun’iy intellektning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, informatikaning bugungi kundagi holati, ta’lim tizimiga ta’siri va kelajakdagi istiqbollari haqida ham fikr yuritiladi. Ushbu maqola informatika fanining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish orqali kelajakdagi innovatsion yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi, informatika fanining nafaqat texnologik, balki ilmiy va ijtimoiy jihatdan ham muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: Informatika, hisoblash texnikasi, dasturlash, algoritmlar, sun’iy intellekt, kompyuter ilmlari, axborot texnologiyalari, informatikaning tarixi, dasturiy ta’minot, texnologik rivojlanish. Kirish. Informatika fani axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlarini o‘rganadigan fan sohasi bo‘lib, uning shakllanishi va rivojlanishi insoniyatning texnologik taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Informatika nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettiradi, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. Bu fan axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish, inson faoliyatining turli sohalarida axborot modellarini yaratish, axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Informatika jamiyat hayotining turli jabhalarida muhim rol o‘ynaydi va uning ta’siri ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot, madaniyat kabi sohalarda yaqqol seziladi. Informatika fanining rivojlanishi hisoblash texnikasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda u inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo‘llanilmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi. Hozirda informatika nafaqat ilmiy va muhandislik sohasida, balki kundalik hayotda ham muhim o‘rin egallaydi. Ushbu fan orqali axborotni samarali boshqarish va ishlatish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, u global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylangan. Informatika fani uzoq tarixga ega bo‘lib, uning dastlabki shakllari insoniyatning axborotni saqlash va qayta ishlashga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan. Qadim zamonlarda odamlar ma’lumotlarni saqlash va hisob-kitob qilish uchun turli usullardan foydalanganlar. Misol uchun, qadimgi misrliklar va bobililiklar hisob-kitoblar uchun maxsus belgilar tizimidan foydalanganlar, Rim imperiyasida esa abak kabi mexanik hisoblash vositalari ishlatilgan. XVI- XVII asrlarda Yevropada mexanik hisoblash qurilmalari paydo bo‘la boshladi. 84 1642-yilda fransuz olimi Blez Paskal oddiy arifmetik amallarni bajara oladigan mexanik kalkulyator yaratdi. Keyinchalik, 1673-yilda nemis matematigi Gotfrid Leybnits bu qurilmani takomillashtirdi va ko‘paytirish hamda bo‘lish amallarini bajaradigan mashinani ishlab chiqdi. 1830-yillarda ingliz matematigi Charlz Bebbij hisoblash mashinasini loyihaladi, bu qurilma zamonaviy kompyuterlarning dastlabki modeli sifatida qaraladi. Bebbijning hamkori Ada Lavleys ushbu mashina uchun dastur yaratgan ilk shaxs sifatida tarixga kirdi. XX asrning o‘rtalariga kelib, kompyuter texnologiyalarida tub burilish yuz berdi. 1940- yillarda dastlabki elektron hisoblash mashinalari – ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer) va UNIVAC (Universal Automatic Computer) yaratildi. Ushbu kompyuterlar vakuum lampalar asosida ishlagan va katta hajmga ega bo‘lgan. 1950-1970-yillarda tranzistorlar va integral sxemalar paydo bo‘ldi, bu esa kompyuterlarning hajmini kichraytirish va ularning unumdorligini oshirish imkonini berdi. Shu davrda dasturlash tillari ham rivojlana boshladi, FORTRAN va COBOL kabi dasturlash tillari ilmiy hisob-kitoblar va tijorat maqsadlari uchun keng qo‘llanildi. 1970-1980-yillarda mikroprotsessorlarning yaratilishi shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. IBM, Apple kabi kompaniyalar shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqara boshladilar. 1990-yillarga kelib, internet va global tarmoqlarning rivojlanishi informatikaning yangi bosqichiga olib keldi. Bugungi kunda informatika fani sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), kiberxavfsizlik, blokcheyn texnologiyalari, bulutli hisoblash va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bilan kengayib bormoqda. Informatikaning rivojlanishi ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatmoqda va kelajakda ham uning ahamiyati ortib borishi kutilmoqda. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili. Informatikaning tarixi va taraqqiyoti bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar olib borilgan.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada informatika fanining rivojlanish tarixi, uning dastlabki shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada informatika fanining rivojlanish tarixi, uning dastlabki shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dasturiy ta’minot, texnologik rivojlanish., dasturlash, kompyuter ilmlari, Informatika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, informatikaning tarixi, algoritmlar, hisoblash texnikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти