К содержанию
РецензированоUZ2026

UMUMSHARQ MUSIQA SAN’ATINING AN’ANALARI

Muxamedziyanov Kamil Taxirovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan Kalit so‘zlari: Madaniyat, Sharq, urf-odatlar, cholg‘ular, baxshi, doston. Uyg‘ur xalq musiqa san’ati ikki yo‘nalishga ega, bular: folklor va og‘zaki ana’anaviy kasbiy musiqasidir. Uyg‘ur xalqining tarixi, madaniyatini o‘rganuvchi G‘arb olimlari uyg‘urlarning madaniy saviyasini juda yuqori baholaydilar. Volfram Eberxordning yozishicha: “O‘rta asrlarda uyg‘urlar xitoy she’riyatiga, adabiyotiga, musiqasi va tasviriy san’atiga katta ta’sir ko‘rsatganlar. Uyg‘ur xalqining badiiy o‘ymakorlik san’atida musiqa cholg‘ularini tayyorlashga alohida o‘rin ajratiladi. Uyg‘ur xalq musiqa cholg‘ulari turli – tumanligi, tovush va bezaklarning ovziga xosligi bilan ajralib turadi. Uyg‘ur ana’anaviy kasbiy musiqasi uchta hududga bo‘linadi, bular; Qahgar, Kumul va Ili vodiysidir. Ili vodiydagi an’anaviy musiqasi yekchi deb hisoblanadi. Uyg‘ur an’anaviy musiqasining tizimiga kiruvchi janrlar maqom va muqom musiqasiga kiruvchi janrlar; dostonlar, nahsho va sanamdir. Uyg‘ur xalq cholg‘ulari ham, aksariyat xalqlardagi linadikabi uch asosiy guruhga bo‘linadi: torli, damli va urma cholg‘ular. Torli cholg‘ular guruhiga dutor, tambir, ravap, satar, g‘ijjaklar kiritilgan. Dap, tevilvaz, nagra kabi cholg‘ular – urma cholg‘ular guruhiga mansub. Nay, surnay, karnay, yanchin yoki chang (tsimbalani eslatuvchi) lar esa damli cholg’ular guruhiga kiritiladi. Qashgar (janub) va G‘ulja (shimol) hududlari cholg‘ulari bir – biridan ayrim qirralari bilan farqlanadi. Xalq orasida ular qashqar yoki ili cholg’ulari deb yuritiladi. Musiqa cholg’ularini tayyorlash jarayoni murakkabligi bilan e’tiborni tortadi. Har bir cholg‘u yasovchi usta o‘zining sirlarini faqatgina yaqin odamlariga aytardi edi. Uyg‘ur musiqa cholg‘ulari juda chiroyli bezatilar edi. Uyg‘ur xalqining hayotida musiqa va raqslar ahamiyatli o‘rin egallaydi. Jivapu – rubob cholg‘usining xitoycha nomlanishidir. Rubob cholg‘usi uyg‘ur, tojik va o’zbek xalqlarida keng qo‘llaniladi. Mazkur cholg‘u 14 – asrda paydo bo‘lgan va 600 yillik tarixga ega. Rubob yog‘ochdan tayyorlanadi. Rubobning shakli o‘ziga xos. Jivapular turli xil bo‘adi. Ularning simlari uchtadan to‘qqiztagacha bo’lishi mumkin. Uyg‘ur ruboblari qashqar va do‘lon ruboblariga ajratiladi. Qashqar ruboblari yumshoq va baland bo‘lmagan tovush chiqaradi. Duttar – chertma cholg‘u bo‘lib, uyg‘ur xalqida keng tarqalgan. Duttar tut daraxti yog‘ochidan yasaladi. Simlari ikkita (ipak yoki mol ichagidan), yuqori sim kichik oktava “si”, birinchi oktava “do” va “re” tovushlariga; pastki sim kvarta yoki kvinta pastga sozlanadi. (16- bet). Tambur – plektorli xordofon. Uning korpusi ikki qismdan iborat: noksimon qorin qismi va uzun grif qismi. Tambur tut daraxtidan tayyorlanadi. CHolg‘uning beshta metalldan 15 tayyorlangan simi bo’ladi. Tambur muqomlarning “Muqom beshi” bo’limini ijro etishda solo tarzida, jo‘rsoz sifatida va ansambl tarkibida qo‘llaniladi. Ravap – plektorli xordofon. Mazkur cholg‘u qadimgi cholg‘ulardan biridir. Uning korpusi uch qismdan iborat: qorin qismi, grif va shoxsimon shakldagi yuqori qismi. Yuqori qismiga quloqlar o‘rnatiladi. Bu cholg’u ham tut daraxtidan yasaladi. Ravapning beshta simi bo‘ladi (1 tasi ichakdan, 4 tasi metalldan). Ravap Solo, jo‘rsoz va ansamblь tarkibida ham qo‘llaniladi. G‘ijjak – kamonli xordofon. Uyg‘ur xalqida keng tarqalgan. Uning korpusi qorin va ingichka grifdan tarkib topadi. G‘ijjak tut daraxtidan tayyorlanadi. G‘ijjakning qorin qismiga baliq yoki ilon terisi qoplanadi. Dastlab ot yolidan tayyorlangan ikki simi bo’lgan. Hozirgi g‘ijjaklar 4 ta simli bo‘lib, biri metalldan, qolgan uchtasi ichakdan tayyorlanadi. G‘ijjak solo, jo‘rsoz va ansambl cholg‘uchi hisoblanadi. Satar – torli xordofon. Boshqa cholg‘ularga nisbatan kam qo‘llaniladi. Bu cholg‘uda asar ijro etish uchun katta mahorat talab qilinadi. Tamburga nisbatan kattaroq qoringa ega. Grif esa qalinroq va kaltaroq yasaladi. Satar tut daraxtidan yasaladi. Simlari 9 tadan 13 tagacha bo‘lishi kuzatiladi. Simlar metalldan tayyor‘lanadi. Ijrochi birinchi simda chaladi. Boshqa simlar – rezonans beruvchi simlar hisoblanadi. Simlar asosan hofizning ovoziga moslanadi (Kichik oktava “sol”, “lya”, “si”). Satar muqomlarning boshlangich bo‘limi “Muqomboshi”da jo‘rsoz sifatida qo’llaniladi. Bundan tashqari Solo, jo‘rsoz va ansambllar tarkibida ham qo‘llaniladi. Qonun – plektor – urma xordofon hisoblanadi. Qonun uyg‘ur xalqining qadimgi cholg‘ularidan hisoblanadi. Ushbu cholg‘uning shakli noto‘g‘ri uchburchak shaklida bo‘lib, korpus tut daraxtidan yasaladi. Simlari metalldan. Diapozoni – ikki oktavani tashkil qiladi. Kichik oktava “si” va ikkinchi oktavaning “do” tovushlari. Chang – urma xordofon; chang trapetsiyasimon shaklda bo’lib, uning korpusi tut daraxtidan tayyorlanadi. Simlari metalldan. Diapozoni:

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sharq, Madaniyat, urf-odatlar, baxshi, doston., cholg‘ular
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники