К содержанию
РецензированоUZ2026

QARAG’AYTOIFA BO’LIMI VAKILLARINING TUZILISHI SISTEMATIKASI VA TARQALISHI

INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI · Olimjonova Feruza Orifjon qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis provides a general description of the department of fungi, general characteristics, anatomical and morphological structure, systematics, types of fungi, the role of fungi in nature and human life. Keywords: fungi, mycology, hyphae, sporangia, spores, lignin, cellulose, sexual reproduction, basidiomycetes, basal fungi. Zamburug’( Mycetes) — eukariot organizmlar hisoblanadi. Ular tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofit Zamburugʻlarga boʻlinadi. Zamburugʻlarning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zambrug’larni o’rganuvchi fan mikologiya deb ataladi. Ko’pchilik zamburugʻlarning (baʼzi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy ko’rinishida, yaʼni oziqlanish substrati sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan oʻsadigan ingichka ipcha — gifalardan iborat. Zamburug’ rivojlanishi uchun kislorod zarur boʻlib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin achitqi zambrug’iiga ozgina kislorod xam yetarli. Koʻpchilik zambrug’lar turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. 20—25° da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2— 4° da ham oʻsaveradi. Zamburugʻlarning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Koʻpayishi 3 xil usulda amalga oshadi bular: 1. Vegetativ koʻpayish - mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki sklerotsiyalar bilan amalga oshadi. Bu boʻlakchalar har xil yoʻl bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil boʻladi. 2. Jinssiz koʻpayish - mitseliyning maxsus shoxchalarida hosil boʻladigan sporalar orqali roʻy beradi. Sporalar hosil boʻlishiga qarab endogen va ekzogen bo’ladi. Endogen sporalar odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida ko’p miqdorda rivojlanadi. Ekzogen sporalar (konidiyalar) mitseliyning maxsus shoxlarida yakka, guruh bulib, kupincha zanjirsimon rivojlanadi 4 3. Jinsiy koʻpayish - ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotalar orqali roʻy beradi. . hamma joyda keng tarqalgan. Aksari Zamburugʻlarning tabiatda umri kiska. Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, oʻsishdan toʻxtab, nobud boʻladi. Mitseliysi koʻp yil yashaydigan ham bor. Jumladan, patogen va parazit . mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turlituman sporalari bilan uzoq vaqtgacha saqlanadigan ham boʻladi.Tuproqda yashaydigan oʻsimlik qoldiqlari (jumladan qiyin parchalanadigan sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak yemiradi. Koʻpchilik oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni qoʻzgʻatadi. Foydali ham koʻp. Penicullium va Aspergillus turkumiga mansub Zamburugʻlardan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid preparatlar olishda foydalaniladi. Achitqi vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. Zamburugʻlardan koʻnchilik, toʻqimachilikda va sanoatning boshqa tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli xil fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida ovqatga ishlatiladi.Isteʼmol qilinadigan Zamburugʻlarning turi 100 dan ortadi.Bulardan ko’plari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va fermentlar bor.Ularni asosan, konservalab (quritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi. Zambrug’larni klassifikatsiyalashda ularni eng muhim belgilariga, jumladan, xivchinlarining joylashishi va tuzilishiga, jinssiz va jinsiy ko’payish xusussiyatiga, hujayra devorining tuzilishiga va polisaxaridlar tarkibiga qaraladi shunga kora, zamburug’lar 7ta sinfga bo’lib o’rganiladi. Bular: 1. Xitridiomitsetsimonlar (Chytridiomycates) bu sinf vakillarining mitseliysi boshlang’ich xolda bo’lib, hujayra devoir yo’q. jinssiz ko’payishi zoosporalar orqali bo’ladi. Jinsiy ko’payishi gametagamiya yoki oogamiya usuli bilan boradi. Hujayra devorida xitin va glyukan uchraydi. 2. Gifoxitriomitsetsimonlar (Hyphochytriomycetes) bu sinf vakillarining vegetative tanasi bir hujayrali bo’lib, yalang’och rizomitseliy hosil qiladi. Jinssiz ko’payishi shoxlangan bir xivchinli zoosporalar bilan boradi. Hujayra devorida xitin va sellyuloza saqlanadi. 3. Oomitsetsimonlar (Oomycetes) bu sinf vakillari mitseliysi rivojlangan,lekin hujayrasiz tuzilishga ega organizmlardir. Jinssiz ko’payishi ikki xivchinli zoosporalar yordamida boradi. Jinsiy ko’payishi oogamiya usulida amalga oshadi. Hujayra devorida sellyuloza va glyukan bor. 4. Zigomitsetsimonlar (Zygomycetes) sinfi vakillarining mitseliysi yaxshi rivojlangan. Jinssiz ko’payishi sporangiyasporalar orqali boradi. Jinsiy ko’payishi izogamiya yo’li bilan boradi. Hujayra devorida xitin va xitozan bor. 5. Aksomitsetsimonlar (Ascomycetes) sinfi vakillarining mitselliysi yaxshi tarqqiy etgan. Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar bilan boradi. Jinsiy ko’payishi game

Доказательный фрагмент

«This thesis provides a general description of the department of fungi, general characteristics, anatomical and morphological structure, systematics, types of fungi, the role of fungi in nature and human life.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides a general description of the department of fungi, general characteristics, anatomical and morphological structure, systematics, types of fungi, the role of fungi in nature and human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fungi, mycology, hyphae, sporangia, spores, lignin, cellulose, sexual, ecological role, morphological characteristics, ecosystems, climate change, Gymnosperms, семенные растения., Голосеменные, reproduction, экономическое значение, seed plants., economic importance, экологические угрозы, морфологические характеристики, conifers, экологическая роль, Gymnospermae, размножение, хвойные, environmental threats, экосистемы, изменение климата
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники