К содержанию
РецензированоRU2026

QO’NG’IR SUVO’TLAR BO’LIMI TAVSIFI, SISTEMATIKASI, TUZILISHI TARQALISHI VA AHAMIYATI

TARQALISHI VA AHAMIYATI · Odilova Nilufar Kozimjon qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье представлена общая классификация отдела бурых водорослей (Phaeophyta), его характеристика, размножение, распространение. Также мы познакомимся с систематикой и основными представителями бурых водорослей. Ключевые слова: Крупномасштабные, бурые водоросли, класс Isogenera, класс Heterogenera, класс Cyclospora, систематический порядок. Qo'ng'irtoifa suvo'tlari xromatoforlarida xlorofill “a” va “s”, beta karoitin hamda ko'p miqdorda qo'ng'ir rang beruvchi ksantofillar, ayniqsa fukoksantin bo'lishi bilan boshqa suvo'tlaridan ajralib turadi. Zaxira oziqa modda sifatida hujayrada laminarin polisaxaridi, olti atomli manit spirti va moy toʻplanadi. Monad hujayralar (zoosporalar va gametalar) noksimon shaklda boʻlib, yon tomonda odatda ikkitadan har xil uzunlikda va har xil tuzilishli xivchinlari boʻladi. Ularning bir silliq (Akronemali) ikkinchisi esa ikki qator boʻlib tukli(mastigoriemali yoki plevronemali) istisno tariqasida baʼzi vakillaridan tashqari qoʻngʻir suvoʻtlarining hammasi dengiz va okeanlardagi suvlarda hayot kechiradi. Ayniqsa, ular Shimoliy va Janubiy yarimsharlarning sovuq suvlarida keng tarqalgan. Tallomining morfologik differensiatsiyasi bo'yicha ular barcha suvo'tlariga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Jumladan, ularning ichida bir hujayrali, kolonial, shoxlanmagan yoki oddiy shoxlangan ipsimon vakillari uchramaydi. Eng oddiy tuzilgan q o 'n g 'irto ifa suvo'tlari har xil ipsim on (geterotrixial), ko'pchiligi esa plastinkasimon tuzilgan.Tallomining hujayralari kuchli shilimshiqlangan qobiqli bo'lib, bir yadroli, hujayra shirasiga boy bir yoki bir necha vakuolli va har xil shakldagi hujayra qobig'iga yaqin joylashgan xromatoforlarga ega. Ko'payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usulda amalga oshadi. 1.Vegetativ ko'payish tallomining mexanik ravishda bo'laklarga bo'linishi natijasida yoki ayrim vakillarida (masalan, sfatsillariyada) maxsus uzilib tushuvchi kurtaklar hosil qilib amalga oshadi. Qo'ng'irtoifa suvo'tlarining jinssiz ko'payishi sistematik guruhlariga qarab har xil bo'lishi mumkin. 2.Jinssiz ko‘payish ko‘pchilik qo‘ng‘ir suvo‘tlarda zoosporalar orqali boradi.Bular diploid xramasomali o‘simlikda hosil bo‘ladi.Zoosporalar hosil bo‘lishidan avval bir xonali sporangiy ichidagi diploit yadro reduksion bo‘linadi va ikki 29 xivchinli zoosporaga aylanadi. Diktiotalilarda esa tetrasporalarda harakatsiz tetrasporalar hosil bo‘ladi. Keyinchalik gaploid zoospora va tetrasporalarning o‘sishidan gametafid hosil bo‘ladi. 3.Jinsiy jarayon sodda tuzilgan vakillarida izogamiya yo‘li bilan boradi. Shakli kubsimon shaklda sporangiylarda rivojlanadi. Ba'zi vakillarida geterogamiya ham uchraydi. Murakkab tuzilgan vakillarida jinsiy jarayon oogamiya yo‘li bilan boradi. Aksariyat vakillarida oogamiya bitta tuxum hujayra, anterediyda bitta urug‘ hujayra yetiladi. Bu bo‘lim uchta sinfni o‘z ichiga oladi.1. Izogeneratsimonlar sinfi (Isogeneratae). 2. Geterogenerasimonlar sinfi (Heterogeneratae) 3. Siklosporasimonlar sinfi (Cyclosporeae). 1.Izogeneratsimonlar (Isogenerate) sinfi quidagicha tartiblarga bo‘linadi: Ektakarpuslilar tartibi (Ectocarpales) hamma dengizlarda tarqalgan. Ayniqsa, sovuq suvli dengizlar tubidagi buyimlar va boshqa yirik tal-lomli suvo‘tlar ustiga o‘rnashib, epifit holda o‘sadi.Ularning tallomi sar-g‘ish-qo‘ng‘ir rangda, bir necha santimetr uzunlikda. Cfaselyariyalilar tartibi (Sphacelariales) vakillari ektokarpus singari hamma dengizlarda keng tarqalgan bo‘lib, uncha yirik bo‘lmagan gete- rotrixial tallomga ega. Xetonteric (Chaetopteris) vakili ham cfaselyar suvo‘tlarib ka'bi faqat bo‘yiga o‘sish xususiyatiga ega. Cfasellyariyalilar tartibining yirik tallomli vakillariga Qora dengizlarda tarqalgan va tallomi 20 sm ga yetadigon klabocteruc misol bo‘la oladi. Kutleriyalilar tartibi (Cutleriales) faqat ikkita: kutleriya (Cutleria) va Zanardiniya (Zanardiniya) turkum kiradi. Diktiotalilar tartib (Dictyotales) vakillarining vegetativ tallomi bir tekislikda dixotomik shohlangan, apikal vositasida bo‘yiga o‘sadi. Jins-siz ko‘payishi xarakatsiz aplonospora vositasida, jinsiy ko‘payishi ooga-miya usulda boradi. Nasllar almashuvi izomorf. 2. Geterogenerasimonlar( Heterogeneratae ) sinfi bir nechta tartibga bo‘linadi lekin eng muhim tartiblardan biri laminariyalilar hisoblanadi Laminariyalilar tartibi (Laminariales) vakillarining gametafiti bir-bi- ridan juda kam farq qiladi.Ular ipsimon o‘simtalar shaklida bo‘lib, reduksiyalangan mikraskopik tuzilishdagi hujayralardan tashkil topgan. Ba'zilarida jinsiy organlari bo‘ladi. 3. Siklosporasimonlar (Cyclosporeae) sinfiga hayot sikli davrida jinslari almashmaydigon suvo‘tlardan fukuslilar tartibi vakillari kiradi. Fukuslilar (Fucales) tartib vakillari tallomining tepasifan o‘sishi, jins-siz ko‘payishning sodir bo‘lmasligi, jinsiy ko‘payishni oogamiya yo‘li bilan borishi va jinsiy organlar tallomning botiq joylari- konsentakula yoki ckafebiyalarda hosil bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Ularning tallo-mi murakkablashib, differensiallashgan.

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлена общая классификация отдела бурых водорослей (Phaeophyta), его характеристика, размножение, распространение.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлена общая классификация отдела бурых водорослей (Phaeophyta), его характеристика, размножение, распространение. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Large, brown algae, class Isogenera, class Heterogenera, class Cyclospora, Katta hajmda, siklosporasimonlar sinfi va sistematik tartib., izogeneratsimonlar sinfi, qo‘ng‘ir suvo‘tlar, geterogenerasimonlar sinfi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники