К содержанию
РецензированоUZ2025

MIRZO ULUG`BEKNING ILMIY MEROSI

NEW RENAISSANCE · M.M. Gadayeva · Maxmudova Maxfirat Umid qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

In today’s developing intellectual age, every device used by our society has made life easier for people worldwide, whether they live in Asia, Europe, or elsewhere. In every area of life, including fields such as medicine, astronomy, and architecture, each individual is witnessing the fruits of our ancestors’ efforts. It would not be an exaggeration to say this. Keywords: astronomy, geographical research, observatory, Kazizoda Rumi, Europe, scientific researchs, conclusion. Аннотация. В сегодняшний развивающийся интеллектуальный век любое устройство, используемое нашим обществом, принесло облегчение жизни людей, живущих во всем мире, будь то в Азии или Европе, и каждого человека, действующего во всех сферах своей жизни, включая медицину, астрономия, архитектура и т. д., не будет преувеличением сказать, что мы являемся свидетелями результатов действий наших предков. Ключевые слова: астрономия, географические исследования, обсерватория, Казизода Руми, Европа, научные исследования, заключение. (Buyuk allomaning xotirasini yod etib…Ulug`bekning 630 yilligiga bag`ishlanadi) 519 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Barchamizga ma’lum, bugungi hayotimizning deyarli ajralmas qismini raqamli texnologiyalar, shu jumladan turli xildagi internet saytlarisiz tasavvur qilish anchayin mushkul. Kundalik hayotimizda katta rol o’ynaydigan ushbu qurilmalar zamirida ota-bobolarimiz zahmati beqiyos. Yashayotgan zamonamiz soat sayin yangilanib borayotgani ham hech birimizga sir emas. Bunday natijalarga erishishimiz o’zidan-o’zi bo’lmagan. Anchayin zahmatlar, harakatlar natijasini bugungi kunda ko’rayapmiz. Aslidachi? Aslida bunga sabr, aql-zakovat hamda vaqt talab etilgan. Bugungi maqola doirasida anashunday farovon hayotimizda o’z hisssasini qo’shgan buyuk shaxs - Temuriyzodalar sulolasining yirik vakili hamda jahon ilm-fan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan va asrlar mobaynida fan olamida o’zining ilmiy ishlari bilan hurmat qozongan shaxs bo’lmish Mirzo Ulug’bek haqida baholi qudrat to’xtalib o’tamiz. Mirzo Ulug’bekning to’liq ismi Mirzo Muhammad Tarag’ay ibn Shoxruh bo’lgan. U xalq orasida “Ulug’bek” nomi bilan mashhur bo’lib, bu unvon uning yuksak mavqei va ilmdagi ulkan yutuqlarini aks ettiradi. U Amir Temurning nabirasi va Shoxrux Mirzoning o’g’li edi. U 1394-yil 22-mart kuni Sultoniya (hozirgi Zanjan provinsiyasi, Eron hududi)da tavallud topgan. Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib, nevarasining tug`ilgani va munajjimlar chaqaloqning ham olim, ham hukmdor bo`lishligini bashorat qilganliklari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursand bo`lib, unga Muhammad Taragay va Ulug`bek deb ism qo`yadi. Amir Temur Mirzo Ulug`bek tarbiyasiga alohida ahamiyat bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixoning ma'lumotlariga ko'ra, Ulug'bek bobosining xorijiy elchilarini qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. Otasi Shohrux Mirzo davrida Movarounnahr hokimi va otasi vafot etgach butun Temuriylar imperiyasi sultoni (1447-1449) bo’ldi. Dastlab uning hukmronligi Samarqand, Buxoro, Nasaf viloyatlari bilan cheklangan. 1412- yil Movarounnahr va Turkiston hokimiyati 18 yoshli Ulug’bek qo’liga o’tgan va 40 yil davomida mamlakatni boshqargan . Taxminlarga ko’ra besh tilni: arab, fors, mo’g’ul va oz miqdorda xitoy tillarini ham bilgan. Hukmronligi davrida uning e’tibori va homiyligi tufayli temuriylar uyg’onish davrining madaniy cho’qqisiga erishdi. Trigonometriya va sferik geometriya kabi astronomiya bilan bog’liq matematika sohasidagi ishlari , shuningdek, san’at va intellektual faoliyatga umumiy qiziqishlari bilan ajralib turgan. Yoshlik yillarida o’z davrining olim-u fuzalolaridan tahsil oladi. Uning tarbiyachilari orasida eng mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy va Ali Qushchi kabi shaxslar bo’lgan. Ushbu olimlar yordamida astronomiya, matematika va boshqa fanlar bo’yicha chuqur bilim oldi. 520 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 U payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning "Beshikdan qabrgacha ilm izla", degan hadislariga doimo amal qilgan. Ulug'bek Ahmad Farg'oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom asarlarini o'rganadi.Bu mutafakkirlar orqali yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolomey bilan tanishadi. G'iyosiddin Jamshid Koshoniyning yozishicha, Ulug'bek donishmand bo'lgan. Qur'oni karimning aksariyat qismlarini yoddan bilgan. Ulug'bek davrida Samarqand shahri yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, me'morlik, adabiyot, umuman ilm-fan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirat-ush shuaro"sida shunday yozgan: "Olim, odil, g'olib va himmatli podshoh Ulug'bek Ko'ragon yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi, maoniy ilmida qilni qirq yordi. Uning davrida fozillar martabasi cho'qqiga ko'tarilgan. Fozillaru hakimlarning yakdil fikrlari shuki, islomiyat zamonida, balki Iskandar Zul

Доказательный фрагмент

«In today’s developing intellectual age, every device used by our society has made life easier for people worldwide, whether they live in Asia, Europe, or elsewhere.»

Образец извлечения

Демо-превью

In today’s developing intellectual age, every device used by our society has made life easier for people worldwide, whether they live in Asia, Europe, or elsewhere. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
astronomy, geographical research, observatory, Kazizoda Rumi, Europe, Qozizoda Rumiy, ilmiy izlanishlar., jug’rofiy tadqiqotlar, rasadxona, Yevropa, astronomiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники