К содержанию
РецензированоUZ2025

JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING BOLALAR VA O’SMIRLAR TARBIYASIDAGI O’RNI

TARBIYASIDAGI O’RNI · Namozov Baxodir Kuchkorovich · Eshquvatov Abdumo'min Keldibek o'g'li

Современная наука и исследования · 312-316 · 2025

Аннотация

Sog’lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog’lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati jamiyatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Kalit so’zlar: jismoniy tarbiya va sport, olimpiada, ommaviy sport, sog’lom turmush tarsi, musoboqalar. Asosiy qism.Yosh avlodni sport bilan shug’ullanish, sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolotga intilish, vatanga mehr-muhabbat, o’z yurti bilan g’ururlanish ruhida tarbiyalash ishlari asosiy yo’nalish sifatida belgilandi. O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirishni ta’minlash maqsadida, joylarda sport muassasalarining barpo etilishi, yangi-yangi sport turlaridan to’garaklar faoliyatining yo’lga qo’yilishi, ularning tegishli jihozlar va malakali sport bilan shug’ullanayotgan bolalar va o’smirlar soni yildan-yilga ortib borishiga asos bo’lmoqda. Dastlabki harakatlar “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” Jamg’armaning homiylik kengashi o’z faoliyatini joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasini shakllantirish, aholi manzilgohlarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo etishdan boshlandi. Bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish maqsadida, mamlakat va hududlar miqyosida sport bilan shug’ullanayotgan bolalar va o’smirlar soni aniqlanib, ilmiy va tibbiy asoslar hamda hududlarning tabiiy sharoitlari hisobga olingan holda, istiqbolli sport turlari rivojlantirila boshlandi. Jamg’arma orqali sport inshooti qurilishi va ta’mirlanish ishlari yo’lga qo’yildi. Respublikada tibbiy va ilmiy asoslangan 2.8 mingdan ortiq sport to’garaklari tashkil qilinib, ularga 85 mingdan ortiq bolalar jalb qilindi. Sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni tashkil etish maqsadida, “O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musoboqalari tizimini tashkil etish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2003 yildagi 244-son qarori asosida mamlakatda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollajlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musoboqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini o’tkazish rejasi belgilandi. Bolalar ommaviy sport mahorati bo’g’inidagi tadbirlar, ommaviy razryadlar ko’rsatkichidan ikkinchi, sportning yuqori mahorati bo’g’inida, o’smir-yoshlar sporti orqali tayyorlanadigan birinchi razryadli, sport ustasi nomzodi va sport ustasi datrajasiga chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Mamlakatda ommaviy va yuqori sport tizimi doirasidagi bolalar va o’smirlar sport maktablari, olimpiya zahiralari kollejlari, Respublika oliy sport mahorati maktablarida yuqori malakali va iste’dodli, o’z vatani shon-shuhrati uchun kurasha oladigan sportchilar tayyorlashni yo’lga qo’yildi. 456 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi Mamlakat sportchilarni tayyorlashdagi birlamchi chora tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi va Kasaba uyushmalari tizimida faoliyat ko’rsatayotgan bolalar va o’smirlar sport maktablarida (BO’SM) amalga oshirilmoqda. Yoshlar, bolalar va o’smirlar sport maktablarida malakali sport ustalari qo’l ostida o’qishdan tashqari vaqtda sport bilan shug’ullanib, yuqori bilim va sport mahoratiga ega bo’lganlar esa, sport kollejlariga o’qishga qabul qilindilar. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17-yanvardagi “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 27-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqlpog’iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida futbol maktab internatlari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda jismoniy tartbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 1999 yil 27-maydagi 271-sonli qaroriga asosan viloyatlar markazlarida olimpiya zahiralari kollejlari tashkil etildi. Bolalar va o’smirlar o’rtasida ommaviy “Umid nihollari” va “Universiada” sport musoboqalaridan tashqari, har yili 60 dan ortiq sport turlari bo’yicha respublika, viloyat, tuman birinchiliklari o’tkazib kelinmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qosimov U., Xusainov Sh.Y., Eshmuradov K.A. “Jismoniy tarbiya va sport ta’limida kurash milliy sport turning o’tmishi va kelajagi” – o’quv qo’llanma. Samarqand- 2021yil. 2. Shamshidin Yalgashevich, K., Abriyevich, E. Q., & Kuchkarovich, N. B. (2023). Analysis of the Technique of Teaching the Jerk in Weightlifting. Eurasian Research Bulletin, 17, 121-128. 3. Yalgashevich, K. S., Abrievich, E. K., Kuchkarovich, N. B., & Vladislavnovna, K. D. (2021). WRESTLING IS THE PAST AND FUTURE OF NATIONAL SPORTS. World Bulletin of Management and Law, 3, 26-30. 4. Yalgash

Доказательный фрагмент

«Sog’lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog’lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati jamiyatimizning ustuvor yo’nalishlaridan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Sog’lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog’lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati jamiyatimizning ustuvor yo’nalishlaridan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
olimpiada, sog’lom turmush tarsi, jismoniy tarbiya va sport, ommaviy sport, musoboqalar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники