Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKILLANTIRISHDA OMMAVIY SPORT XUSUSIDA
SPORT XUSUSIDA · Hamroqul Rafiev
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirishga oid fikr mulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar: Prezident farmoni, Yangi O‘zbekiston, ommaviy sport, maktab sporti, sport klub, ilmiy tadqiqot mavzusi, aholi salomatligi va h.k O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida: “Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish dolzarb vazifalar qatoriga kiradi” deb, “Jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish aholi salomatligini ta’minlashda muhim omildir”[1] deb alohida ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatma mamlakatimizda xalqimizni sog‘lom turmush tarzi orqali salomatligini yaxshilash davlat siyosati darajasigacha e’tibor berilayotganligining isbotidir. Bu borada mamlakatimizda juda katta ishlarning bajarilishiga qaramay, yanada ulkan yangi maqsad, vazifalarni amalga oshirish rejalari belgilanmoqda. Bu o‘z navbatida yurtimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini oshirmoqda. Ishimizning maqsadi: Mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish orqali talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirishga oid ba’zi muammolarini qisqacha tahlil qilib, yechimlari to‘g‘risida ba’zi fikr mulohazalarimizni bayon etishdan iborat. Ommaviy sport va yoshlarning sog‘lom turmush tarzi mavzusi, sohadagi ilmiy mavzular ichida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirishda O‘zbekiston Respulikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30- oktyabrda “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099 sonli farmoni katta turtki bo‘ldi. Bu farmonni bajarishni ta’minlash maqsadida “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.[2] “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 2023-yil 11-sentiyabr PF-158 sonli farmonidagi 100 ta maqsadlarning 34, 35, 36, 37-larida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan.[3] Jumladan: 34 maqsadda 1) Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 millionga yetkazish; 2) Sport bilan shug‘illanishga jalb qilingan aholi ulushini 36 foizga yetkazish; 3) Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘illanish uchun, kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalarini barpo etish belgilab berilgan. “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmonning 37-maqsadida “Olimpiya va Parolimpiya o‘yinlarida kuchli 15 ta mamlakat qatoridan o‘rin olishga erishish ko‘rsatilgan. Bu O‘zbekiston sportchilari oldiga qo‘yilgan katta asosiy vazifalardan biri bo‘lib, asosan ommaviy sportni rivojlantirish orqali aholini, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini 440 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi shakillantirishga erishiladi. Bu haqda maxsus adabiyotlarda va boshqa manbalarda ko‘plab fikr, taklif, mulohazalar bildirilgan. Jumladan: Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, jismoniy madaniyatning tashkily asoslari, sport turlari bo‘yicha: Gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha darslik, o‘quv-uslubiy adabiyotlarda, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida, davlat rahbarlari hamda sohaning yetakchi tashkilotchi mutaxassislari va boshqalarda, ommaviy sportni rivojlantirishning yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirishda bir necha muhim maqsad vazifalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligi haqida tegishli fikr - takliflar berilgan. Jumladan: 1. Sportni ommaviylashtirishni targ‘ib etish orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini kuchaytirish; 2. Yosh sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish; 3. Yoshlarni bekorchi bezorilikdan mazmunli hayotga yo‘llashga ko‘maklashish; 4. Yoshlarni, umuman aholini sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakillantirish orqali: 4.1. Insonlarni zararli odatlardan himoya qilish; 4.2. Ba’zi kasalliklarni oldini olish va davolash; 5. Ommaviy sportdan yuksak oliy sport mahoratiga intilish; 6. Oliy sport mahoratiga erishib, mamlakat sharafini xalqaro sport maydonlarida himoya qilishga qodirlarni saralashga; 7. Mamlakatning sport turlari bo‘yicha terma jamoalarini shakillantirish; 8. Sport turlari bo‘yicha mahoratli sportchilarni tayyorlab, bo‘ladigan Olimp o‘yinlari, jahon birinchiliklarida muvofaqiyatli ishtirok etib, davlatimiz madhiyasini yangratib, bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘tarishga erishish va h.k.: Bular ommaviy sportdan Olimp o‘yinlari g‘olibi, oltin medal hamda sovrindorlik sari olib boruvchi mashaqqatli, ammo sharafli yo‘l xaritasidir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki mamlakatimizda millionlab yoshlar ommaviy sport bilan shug‘illanib sog‘lom turmush tarziga amal qilib kelmoqdalar. Osiyo hamda Olimpiya o‘yinlarida g‘o‘lib hamda sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lmoqdalar. Bu borada mamlakatimizda yetar
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirishga oid fikr mulohazalar bildirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirishga oid fikr mulohazalar bildirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy tadqiqot mavzusi, sport klub, aholi salomatligi va h.k, Yangi O‘zbekiston, Prezident farmoni, ommaviy sport, maktab sporti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025