К содержанию
РецензированоRU2025

XOTIN-QIZLARNI SPORTGA JALB QILISH ORQALI BARKOMOL AVLODNI TARBIYALASH

Xalmatova Nasiba Bozorboyevna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Эффективная организация женского спорта, внимание к женскому спорту, широкое привлечение к физической культуре, улучшение здоровья наших женщин, обеспечение участия узбекистанок на мировых соревнованиях. Ключевые слова: женщины, спорт, физическое воспитание, развитие, здоровье, событие, благополучие, поколение. Mustaqillik tufayli jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari doirasida rivoj topmoqda. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi Qonun, “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror,“Ommaviy sport tadbirlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida” gi Qarorlar va shu sohaga oid boshqa hujjatlarning qabul qilinishi, ularning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilayotganligi hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunlarda jismoniy tarbiya va sportga alohida urg‘u berilishi yuqorida qayd etilgan fikr ifodasidir. Shu munosabat bilan, ilmiy ishimizning maqsadini – “Xotin-qizlarning jismoniy madaniyatini shakllantirishga bo‘lgan zarurat va unga bo‘lgan zamonaviy talablarini ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish”- deb belgiladik. Vazifalari: - xotin-qizlar jismoniy madaniyatini ilmiy-nazariy asoslarini tahlili; -xotin-qizlar jismoniy madaniyatini shakllanganlik darajasining belgilari, uning muammolarini aniqlash; -bu borada aniqlangan muammolarni hal etishga qaratilgan xulosa va takliflarni ishlab chiqish va b. Tadqiqotimizda jismoniy madaniyat sohasining xotin-qizlarga xos bo‘lgan adabiyotlarni o‘rgandik. Tarixiy manbalardan: “To‘maris”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asari, “Alpomish” dostonidagi “Barchinoy” obrazi, Alisher Navoiyning “Farxod va Shirin” va boshqa asarlari. Zamonaviy allomalarimizdan: Abdulla Avloniyning asarlari. Prezidentimizning O‘zbekiston xotin-qizlariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi tufayli ularning salomatligini tiklash, mustahkamlash va himoya qilishning muhim omillaridan bo‘lgan sportga munosabat mustaqillik yillarida tubdan o‘zgardi. Zero, sport – hamjihatlik, do‘stlik, ezgulik elchisi, yetuklik ramzidir. Keyingi yillarda xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ularni sportga ommaviy jalb etish maqsadida uyushtirilayotgan tadbirlarda, xususan, ayollar spartakiadasida bir yarim milliondan ortiq ayollar ishtirok etdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Namangan shahrida o‘tkazilgan 437 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi «To‘maris ayollar» sport festivali o‘zining ommaviyligi bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Dastlab shahar, tuman, viloyat miqyosida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda nafaqat xizmatdagi ayollar, balki uy bekalari ham faol qatnashmoqda. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jismoniy va ma’naviy yetuklik mezonlaridan biri sportga mehr qo‘yish, uni rivojlantirishdir. Viloyatimizning bir qator shahar va tumanlarida qurilgan ulkan sport inshootlari – suzish havzalari, tennis kortlari, futbol maydonlari respublika Prezidentining sportni rivojlantirish sohasiga berayotgan katta e’tiboriga amaliy javobdir. Bunday imkoniyat va sharoitlar tufayli sport barchaning, jumladan, bolalar va o‘smirlarning, ayniqsa, ayollarning kundalik ehtiyojiga aylansa, sportchilarimizning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyati ortadi, demak Vatanimizning dunyo hamjamiyati oldidagi obro‘-e’tibori yanada yuksaladi. Mashg‘ulotlar jarayoniga ko‘proq yosh qizlarni sportga jalb qilinishi sport sohasidagi mutaxassislarga katta ma’suliyat yuklaydi. Xotin-qizlar sportini rivojlantirishda ham ayol murabbiylarimiz juda katta o‘rin egallaydilar. Yosh sportchilarni tayyorlash sport mashg‘ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, organizmni har tomonlama rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish va tayyorgarlikning boshqa turlari uchun mustahkam funksional baza yaratishga yo‘naltirilgan jarayon sifatida tushuniladi. Inson faoliyati qanday maqsad va mazmun yoki qaysi yo‘nalishda ijro etilmasin uning pirovard unumdorligi va harakat samaradorligi, o‘z navbatida muvofiq jismoniy sifatlar, harakat malakalari, ko‘nikmalari va albatta organizmning fuksional imkoniyatlariga asoslanadi. Ayollarning organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funksional xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa onalik bilan bog‘liq. Kundalik harakat hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport to‘garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati shug‘ullanuvchi qizlarning funksional imkoniyatlariga mos kelishi yuqori bo‘lishi lozim. Chunki biologiya fanida azaldan o‘z isbotini topgan qon

Доказательный фрагмент

«Эффективная организация женского спорта, внимание к женскому спорту, широкое привлечение к физической культуре, улучшение здоровья наших женщин, обеспечение участия узбекистанок на мировых соревнованиях.»

Образец извлечения

Демо-превью

Эффективная организация женского спорта, внимание к женскому спорту, широкое привлечение к физической культуре, улучшение здоровья наших женщин, обеспечение участия узбекистанок на мировых соревнованиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
женщины, спорт, физическое воспитание, развитие, здоровье, tadbir, avlod., rivojlanish, avlod.xotin-qizlar, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, barkamol, sport, xotin-qizlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники