К содержанию
РецензированоUZ2025

SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING O‘RNI

SPORTNING O‘RNI

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida jismoniy tarbiya va sportning o'rni masalasi keltirilgan, shuningdek, ushbu masalaning dolzarbligi, uning zarurati, sog’lom turmush tarzini mustahkamlash uchun yoshlarni jismoniy tarbiyaga jalb qilishning asosiy vazifalari va maqsadlari haqida so’z bogan. Kalit so’zlar: sog'lom turmush tarzi, jismoniy madaniyat, sport, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya, faol dam olish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to’g’risidagi Farmoni ”qabul qilindi.Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanish hamda sog’lom turmush tarzi bo’yicha hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqorqoda kasallikka qarshi kuchli immune tizimi,paydo qilishni ta’minlash,zararli odatlardan voz kechish,to’g’ri ovqatlanishtamoillariga amal qilish,tiklash va reablitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish dasturi tasdiqlandi.Bunday qaror va farmonlardan ko’rinib turibdiki,soglom turmush tarzini shakllantirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.Maʼlumki, hayotimizda inson salomatligi, jismoniy komilligi, sogʼlom turmush tarziga egaligi oʼta muhim qadriyat hisoblanadi. O’quvchi yoshni salomatligini taʼminlash, xalq genofondini kamchiliklarsiz saqlash sogʼlom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil taʼlim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sogʼlom turmush tarzining mazmunini anglatish, yoshlarni bilimdon va barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini o’rtaga qoʼyadi Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shahsiy gigienaga rioya qilish, oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, har yili shifokor ko‘rigidan o‘tib turish va shu kabi boshqa ko‘plab tarkibiy qismlardan iboratdir.Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) ta’rificha: salomatlik-bu nafaqat kasallik va jismoniy kamchiliklarning bo‘lmasligi, balki sog‘lom, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatga ega bo‘lishlikdir. Bugungi kunda oʻquvchi-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish deganda har bir o‘quvchining kundalik hayotda salomatlik uchun foydali bo‘lgan odatlarga o‘rgatish, zararli odatlardan tiyilishiga erishish, foydali va xavfsiz turmush kechirish uchun zarur bilimlar bilan ta’minlash, oxir-oqibatda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bunday bilimlarini uning kundalik odatiga aylantirishga erishishni tushunmoq kerak, Har bir o‘quvchi tomonidan sog‘lom turmush tarzining turli xil elementlarini shoshilmasdan, bosqichma-bosqich o‘zi kundalik hayotiga kirita borishi, ularning sonini kun sayin oshirib borishi, turli-tuman va ko‘p sonli sog‘lom yashash odatlaridan o‘zi uchun eng qulay, salomatligiga mos shakllarini tanlay bilishi sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi sababli so‘z faqat jismoniy salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning 434 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi oldini olish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni paytda o‘quvchining shaxsiy sifatlarini oshirishga, o‘z salomatligi uchun qayg‘urishiga, irodali bo‘lishga salomatligini oliy qadriyat sifatida qadrlay bilish hissini uyg‘otishga ham qaratilishi lozim. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omillaridan biri ommaviy sport va jismoniy tarbiyadir. Jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan motivatsiya ko'plab omillar ta'sirida shakllanadi, ularni o'rganish yoshlar o’rtfsida ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Sport - bu so’glom ijtimoiy-siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi vositasidir.Ayniqsa yoshlar orasida bu muhim ahamiyat kasb etadi.Bugun O’zbekistonda sport ta’lim va tarbiyaning ajralmas bo’lagidir. Jismoniy tarbiya nafaqat tarkibiy qismlardan biri, balki sog'lom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismidir. U muntazam ravishda ertalabki mashqlar, muntazam jismoniy tarbiya va salomatlik darslari, shuningdek, sog'likni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan jismoniy faoliyatning boshqa turlari shaklida taqdim etiladi.Shunday qilib, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, birinchi navbatda, shaxsning jismoniy madaniyatini oshirish, shuningdek, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish , ijtimoiy muhitga normal moslashishga psixologik munosabat bilan bog'liq. Umuman olganda, jismoniy tarbiya kelajak avlodni tarbiyalash uchun oliy ta’lim muass

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida jismoniy tarbiya va sportning o'rni masalasi keltirilgan, shuningdek, ushbu masalaning dolzarbligi, uning zarurati, sog’lom turmush…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida jismoniy tarbiya va sportning o'rni masalasi keltirilgan, shuningdek, ushbu masalaning dolzarbligi, uning zarurati, sog’lom turmush… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
faol dam olish., jismoniy tarbiya, sog'liqni saqlash, jismoniy madaniyat, sog'lom turmush tarzi, sport
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники