Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOMPYUTERLI MATEMATIK TIZIMLAR FANINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH · Chorshanbiyev Choriyor Ismadullo o‘g‘li · ASOSIY QISM.
Современная наука и исследования · 95-99 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada kompyuterli matematik tizimlar fanini o‘qitishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish masalasi yoritilgan. Sun’iy intellekt asosida modellashtirish va simulyatsiya texnologiyalarining samaradorligi tahlil qilingan. Bundan tashqari, SI vositalari yordamida ta’lim jarayonining interaktivligi va sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, kompyuterli matematik tizimlar, modellashtirish, simulyatsiya, neyron tarmoqlar, ta’lim texnologiyalari, vizualizatsiya, raqamli ta’lim. Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ulardan biri sun’iy intellekt (SI) vositalaridir. SI texnologiyalari kompyuterli matematik tizimlar fanini o‘qitishda turli xil modellashtirish va simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi [1]. Bu esa talabalarning murakkab matematik tushunchalarni tushunishini osonlashtiradi va ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi [2]. ASOSIY QISM. 1. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’limdagi ahamiyati SI texnologiyalari ta’lim jarayonida quyidagi muhim afzalliklarni ta’minlaydi: Moslashuvchan o‘qitish – SI asosida ishlovchi tizimlar har bir talabaga individual yondashuvni ta’minlaydi [3]. Analitik yondashuv – O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish va ularga mos tavsiyalar berish imkonini yaratadi [4]. Avtomatlashtirilgan baholash – SI vositalari yordamida talabalarning bilim darajasini aniqlash va ularning xatolarini avtomatik tahlil qilish mumkin [5]. 2. Kompyuterli matematik tizimlarda sun’iy intellektdan foydalanish Kompyuterli matematik tizimlar (Mathematica, MATLAB, Maple, GeoGebra, Desmos) sun’iy intellekt vositalari bilan integratsiyalashgan holda quyidagi imkoniyatlarni beradi: Matematik modellashtirish – SI algoritmlari yordamida murakkab hisob-kitoblarni soddalashtirish [6]. Obrazli va ramziy modellashtirish (diagrammalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar va boshqalar.) ob’ekt, jarayon, hodisa, xarakterli munosabatlarning tuzilishini ko‘rsatish imkonini beradi[16, 139-b]. Simulyatsiya jarayonlarini avtomatlashtirish – Regressiya, neyron tarmoqlar va genetik algoritmlar orqali modellarni tahlil qilish [7]. “Simulyatsiya” so‘zi “Imitasiya” so‘zi bilan sinonim bo‘lib, o‘xshatish, taqlid qilish, obrazli ro‘l o‘ynash degan ma’nolarni anglatadi. Simulyatsiya o‘qitishda “Rollar o‘ynash” orqali talabalarda qiziqish uyg‘otadi. Ushbu ko‘nikma o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan sinfda biron bir rolni oldindan tayyorgarliksiz, ya’ni qo‘shimcha mashg‘ulotlarsiz yoki takroriy mashg‘ulotlarsiz rol o‘ynash orqali qo‘llaniladi [15, 91-b.]. 351 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi Matematik muammolarni yechish uchun SI vositalaridan foydalanish – SI yordamida algebraik tenglamalarni yechish va geometriya masalalarini modellashtirish [8]. Vizualizatsiya — bu ma’lumot yoki tushunchalarni grafik, diagramma, rasm yoki boshqa vizual vositalar orqali ifodalash jarayoni[17, 33-b]. Bu jarayon murakkab ma’lumotlarni osonroq tushunishga va aniqroq tasavvur qilishga yordam beradi. Vizualizatsiya turli sohalarda qo‘llaniladi, jumladan, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, marketing va boshqalar. Matematikada vizualizatsiya grafikalar, diagrammalar va animatsiyalar orqali matematik tushunchalarni ko‘rsatishga yordam beradi. Matematikani o‘rganishda vizualizatsiya muhim ahamiyatga ega. Matematika fanlarini online va ofline o‘rgatuvchi, samaradorligi yuqori bo‘lgan GeoGebra va Desmos dasturlari imkoniyatlari haqida so‘z boradi. GeoGebra – bu geometriya, algebra, elektron jadvallar, grafiklar va statistikalarga oid masalalarni hal qilishda qo‘llaniladigan dinamik matematik dasturiy ta’minot. Bundan tashqari, GeoGebra bepul resurslariga ega onlayn platformani taklif etadi. Bu resurslarni hamkor platforma GeoGebra Classroom orqali osonlik bilan almashish mumkin, bu yerda talabalar bir – birlari bilan fikr almashishlari va real vaqt rejimida jarayonlarni kuzatishlari mumkin. Desmos – bu web – sayt va mobil ilova bo‘lib, matematik funksiyalarini yaratish, tushuntirish va vizual o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. Ushbu dastur talabalar va o‘qituvchilar uchun matematikni vizual o‘rganishda yaxshi yordamchi bo‘lib, qulay, interaktiv grafikalar yaratishga imkon beradi[18, 373-374-b]. 3. Sun’iy intellekt asosida modellashtirish va simulyatsiya texnologiyalari SI asosida modellashtirish va simulyatsiya texnologiyalari quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: Neyron tarmoqlari – Ma’lumotlarni qayta ishlash va bashorat qilish uchun ishlatiladi [9]. Genetik algoritmlar – Optimal yechimlarni topish uchun qo‘llaniladi [10]. Ma’lumotlarga asoslangan o‘qitish – Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish uchun ishlatiladi [11]. 4. Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘quv ja
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kompyuterli matematik tizimlar fanini o‘qitishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish masalasi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kompyuterli matematik tizimlar fanini o‘qitishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- simulyatsiya, neyron tarmoqlar, raqamli ta’lim., modellashtirish, kompyuterli matematik tizimlar, vizualizatsiya, ta’lim texnologiyalari, Sun’iy intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024