Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MEDIA TA’LIMNING O‘ZBEK MODELI
NEW RENAISSANCE · Musajonova Durdonabonu
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Media ta’lim tizimining shakllanishi va o‘zbek modeli sifatidagi rivoji to‘g'risida. Kalit so‘zlar: Mediasavodxonlik, raqamli transformatsiya, axborot xurujlari. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ta’lim jarayonida media ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Media ta’lim insonlarning media vositalardan oqilona foydalanishi, tanqidiy fikrlashi va media kontentni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi, “yosh avlodni media savodxonlikka o‘rgatish uchun maxsus metodikalar ishlab chiqilishi lozim”.[1] O‘zbekiston sharoitida media ta’limning o‘ziga xos modeli va rivojlantirish yo‘nalishlari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu jarayon milliy qadriyatlar, madaniyat va zamonaviy raqamli texnologiyalar uyg‘unligida amalga oshirilmoqda. Media ta’limning ahamiyati ta’lim tizimidagi o‘rni shu qadar kuchliki, undan har soha vakillari ilm fan taraqqiyoti rivoji uchun foydalanish mumkin.Media ta’lim jamiyatdagi quyidagi muammolarni hal qilishga xizmat qiladi: 1.Axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish; 2.Yoshlarning media savodxonligini oshirish; 3.Ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyatli va tanqidiy yondashuvni rivojlantirish; 4.Media orqali inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risida tushunchalarni kengaytirish. “O‘zbekistonda media ta’limni rivojlantirishda xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar uyg‘unligini ta’minlash muhimligi, bu jarayonda davlat siyosati va nodavlat tashkilotlarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega”[2]. O‘zbekistonning mediata'lim modeli xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlari haqida avvalo uni rivojlantirish jarayoni bilan kuzatish mumkin. Media ta’lim jarayonida milliy qadriyatlar va madaniyatlar inobatga olinmoqda. Bu o‘zbek xalqining axloqiy mezonlarini saqlab qolgan holda, global media ta’sirini tahlil qilish imkonini beradi. Media ta’lim maktab va oliy o‘quv yurtlari dasturlariga bosqichma-bosqich kiritilmoqda. Jumladan, “Axborot texnologiyalari”, “Mediasavodxonlik” kabi fanlar orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va axborotni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda. O‘zbekistonda raqamli platformalar orqali mediata’limni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. 359 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Jumladan, “Milliy ta'lim portal” va boshqa onlayn platformalar orqali mediata’lim kurslari tashkil etilmoqda. “Media ta’limni o‘qitishda interaktiv usullardan foydalanish samaradorligi media ta’limda tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish va soxta axborotni aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishni asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanadi”[3].Media ta’limni rivojlantirish jarayonida davlat tashkilotlari, jurnalistika fakultetlari va nodavlat tashkilotlarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, O‘zbekistonda UNICEF va UNESCO kabi xalqaro tashkilotlar ko‘magi bilan mediasavodxonlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramay, Media ta’lim sohasida bir qancha muammolar ham mavjudligini inobatga olish zarur. 1.Kadrlar yetishmovchiligi: Media vositalarni o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmalar va resurslarning cheklanganligi bu borada ta’lim olishda noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. 2.Ayrim hududlarda raqamli texnologiyalarga yetarlicha kirish imkoniyatining yo‘qligi hozirgi rivojlangan zamonda ham muammo sifatida turibdi. Media ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: 1.Media ta’lim bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarni ishlab chiqish. 2.O‘qituvchilarni media ta’limga o‘qitish va ularni qayta tayyorlash. 3.Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda mediata’lim bo‘yicha kontentlarni targ‘ib qilish. 4.Media ta'lim bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish. 5.Media savodxonlik kurslarini keng joriy etish. 6.Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 7.Media ta'lim bo‘yicha maxsus platforma va resurslarni yaratish. Media ta’lim O‘zbekistonning axborotlashgan jamiyatga integratsiyalashuvi va yosh avlodning raqamli madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek modeli milliy qadriyatlarni saqlab qolgan holda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan bo‘lib, bu boradagi sa'y-harakatlarni kuchaytirish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Доказательный фрагмент
«Media ta’lim tizimining shakllanishi va o‘zbek modeli sifatidagi rivoji to‘g'risida.»
Образец извлечения
Демо-превьюMedia ta’lim tizimining shakllanishi va o‘zbek modeli sifatidagi rivoji to‘g'risida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli transformatsiya, Mediasavodxonlik, axborot xurujlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024