Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADIDLAR FAOLIYATIDA XOTIN-QIZLARNING O`RNI
Gadayeva Mohigul Muxamedovna · Sabriddinova Gavharshodbegim Faxriddin qizi
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
В этой статье рассказывается о деятельности джадидов, в том числе о женщинах-джадидах и их судьбе. Ключевые слова: Джадид, женщины, просвещение, репрессии, Фориш, Германия, отважный, советы, Annotation. This article describes the activities of the Jadids, including the Jadid women and their fate. Keywords: Jadid, women, enlightenment, repression, Forish, Germany, brave, Soviets Ajdodlarimiz onalarga millat egasi sifatida qarashgan. Axir buyuk insonlarni ilm-ma’rifati yuksak onalar yetishtiradi.Millatimizda katta olima, shoiralar ko’p bo’lgan,jadid ayollari mavzusi esa alohida tadqiqotni talab qiladi.Eng avvalo, jadid bobolarimiz o’sha zamon kishilari ongida xotin-qizlarga alohida ehtirom ,hurmat tuyg’usini uyg’ota bilgan.Ular millat farzandlarini”qo’li to’qmoq boshi pahmoq”ayollar tarbiyalashini istamagan.”Biz xotin -qizlarimizga o’g’il bolalarimizdan kam e’tibor qaratmaslimiz kerakligini” uqtirishgan.Ana shunday dolzarb masalalar bo’yicha soatlab bahslar olib borishlariga qaramay , sovetlar ayollarimizning va qizlarimizning haq- huquqlarini cheklab qo’yishdi,afsus bilan aytish joizki , hatto ularni surgun ham qilishgan,o’lim jazosiga ham hukm qilishganlar.Shunday bo’lsada bugun yoshlar jadid ayollarini faxr bilan tilga olishadi va ularni faoliyatini davom ettirib kelishmoqda.Olib borilgan tadqiqotlar natijasida o’zbek jadid ayollarining maqolalari ,maktublari bilan tanishish chog’ida shu narsaga amin bo’ldikki,o’sha suronli yillarda yangi bir millat qurish istagida katta yo’lga otlangan jadid bobolarimiz safidagi o’zbek ayollari qismati hukumron zamonning shafqatsiz mashinasi ostida yanchib tashlanganiga guvoh boldik!Biroq ularning qisqa bo’lsada, ibratli qismati biz uchun katta saboqdir 648 Mart, 2025-Yil Ha, har birimiz jadidlar haqida ozmi ko`pmi bilimga egamiz. Vatan ,millat taraqqiyoti yo’lida qilgan fidokorona mehnati-yu ,metin jasoratini tan olamiz, albatta Avloniy,Behbudiy ,Fitrat,Cho’lpon,Munavvarqori Abdurashidxonovlarni tilga olganimizda beixtiyor ko’z oldimizda vatan yolida,millat taraqqiyoti yo’lida jon bergan qahramon gavdalanadi.Ular sovetlarning siyosatiga mardanavor kurashdi.Matbuotda ,gazetadalarda jar solib” Vatan bizniki ,bu yoshlar bizniki ,Vatan kelajaki yoshlarga bog’liq, ularga esa ilm chashmasidan ichirish kerak ,deya soatlab uqtirishdi.Ammo ,o’zbeklarning ilmli bo’lishini istamagan Sovet ittifoqi ular ochgan maktablarni zo`rlik bilan yopib tashladi, ularni matbuatdan cheklashdi ,ular ilmiy jamoadan uzoqlashtirildi.Shunday bolishiga qaramay “Xalqni ma`rifatli bo’lishini istagan ,tinib tinchimas jadidlar oxirgi nafasigacha kurashdilar,bizga esa ilim chashmasini qoldirishdi. Mana shunday qahramon va jadidchilik faoliyatining asoschilari bo’lgan jadid ayollari haqida gapirsakda oz .Ular ham vatanparvar, marifatparvar,fidoi yoshlarni yetishib chiqishida katta hissa qo’shdilar.Mana shunday xalq fidoiylari qatorida,Nozimaxonim,Xayriniso Tillaxonova,Soliya Xoliqiy,Mahbuba Rahimova, Begoyim Rahimiy,Sobira, Xoldorova, Maryam Sultonmurodova,Dilorom Yusupova,Xayriniso Majidxonova Sora Eshonto’rayeva,Matluba Dadaxonova ,Azamatxon Sodiqovalarni misol keltirishimiz mumkin .Ular biz uchun “Xalq qahramonlaridir”! Soliya Xoliqiy Qo`qonda jadid maktabini ochgan.Sobira Xoldorova va Maryam Sultonmurodovalar esa ilk o’zbek ayol jurnalistlari,Dilorom Yusupova ilk huquqshunos,Xayriniso Majidxonova esa ilk o’zbek shifokori,Sora Eshonto’rayeva teatr sohasida san’atkor bo’lib faoliyat yuritishgan.Bundan tashqari ular chet ellarda ham tahsil olishgan, ammo ularni ayanchli taqdir kutayotganiadan bexabar bu jadid ayollari ilm yo’da xuddi olovdek yonib ,uchqunday porlab ,misli cho’g’day uchishdi. O’zbek qizining g’arbga,g’arbning chin bilimi,chin madaniyatiga qarab yurishi uning haq- huquqlarini,butun elining haq-huquqlari bilan birga tez fursatda qo’lga kiritgusidir .Sodiqova surgun qilingan ayol.1932-yili Jizzax viloyati Forish tumanidan “Savay”mehnat poyolkasiga oilasi bilan surgun qilingan.1952-yili ozod qilingan.1931-yili “Novaya Mayachka”bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Ukrainaga surgun qilingan.1905-yili Xayriniso majidxonova ma’rifatli oilda tug’ildi.1922-yili Germaniyaga borib,xususiy xonadonlarda yashab,nemis tilini o’rganganidan kegin Dorimshtatdagi o’qituvchilar seminariyidagi shifokorlik kurslarida o’qigan. 1928-yili vataniga qaytgach o’qituvchilar uyida shifokorlik qilgan ‘1937-yili ayg’oqchilikda ayblanib qamoqqa olinadi va 1yil o’tgach o’lim jazosiga hukum qilinadi.Maryam Sultonmurodova 1905- yili Xivadada tug’lgan .1919-yili Toshkent Tatar Maorif inustitutida o’qiy boshlagan.1921-yili 649 Mart, 2025-Yil o’qishni Orenburgdagi Maorif inustitutida davom ettirgan.1921-yili Germaniga yuborilib, shifokorlik kurslarida ,Darmshtatdagi va Berlindagi o’qituvchilar seminariyida tahsil olgan.1928- yili Vataniga qaytgach “Guliston “jurnali tahririyatida ishlagan.1937-yili josuslikda ayblanib qamoqqa olingan va 10 yilga hukum qilingan .Jazo muddatini Krasnoyarsk o’lkasida o’tkazgan,umrining oxirigacha ro’shno
Доказательный фрагмент
«В этой статье рассказывается о деятельности джадидов, в том числе о женщинах-джадидах и их судьбе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье рассказывается о деятельности джадидов, в том числе о женщинах-джадидах и их судьбе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadid, women, enlightenment, repression, Forish, Germany, brave, Soviets, maorif, ayollar, mardonavor, Germaniya, sovetlar, qatag`on
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025