Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GOLUBIKANING BLUECROP NAVI MIKRONIHOLLARIDA BAP VA IBA O‘STIRUVCHI GORMONLARINING TA’SIRI
O‘STIRUVCHI GORMONLARINING TA’SIRI · Axatov Habibulla · Axmedov Shuhrat
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This study investigates the effect of BAP and IBA growth regulators on the micropropagation of blueberry (Vaccinium corymbosum L.) Bluecrop cultivar in MS, DKW, and WPM media. The results showed the highest rooting percentage (37.9%) at 1.75 mg/l BAP in the WPM medium, suggesting optimal conditions for successful propagation. Keywords: blueberry, Bluecrop, rooting, growth regulators, BAP, IBA, culture media, MS, DKW, WPM. Аннотация. В данном исследовании изучено влияние регуляторов роста BAP и IBA на микроклональное размножение голубики (Vaccinium corymbosum L.) сорта Bluecrop в средах MS, DKW и WPM. Результаты показали наибольший процент укоренения (37,9%) при концентрации BAP 1,75 мг/л в среде WPM, что указывает на оптимальные условия для успешного размножения. Ключевые слова: голубика, Bluecrop, укоренение, регуляторы роста, BAP, IBA, среда культуры, MS, DKW, WPM. Golubika (Vaccinium corymbosum L.) – yuqori sifatli, shifobaxsh mevalar beruvchi rezavor o‘simlik bo‘lib, o‘simlikning bozor qiymati oxirgi yillarda tobora ortib bormoqda. Golubikani ko‘paytirilishi va yangi navlarining ishlab chiqarishga kengroq joriy qilinishida mikroko‘paytirish (in-vitro) usullari, jumladan, murtaklanish jarayoni muhim o‘rin tutadi. Murtaklanishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi esa o‘sishni boshqaruvchi gormonlar 638 Mart, 2025-Yil yordamida o‘tadi. Ushbu gormonlar, xususan, BAP (6-benzilaminopurin) va IBA (indolil-3-moy kislotasi), o‘simlikning bo‘linishi va ildiz o‘sishini tezlashtiradi hamda murtaklanishning samaradorligini oshiradi [1-3]. Golubika navlarini ko‘paytirish jarayonida ozuqa muhitining to‘g‘ri tanlanishi va o‘stirish gormonlarining aniq dozalarida foydalanish o‘simliklarning o‘sish sur’atini va sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. MS, DKW va WPM ozuqa muhitlari turli o‘simlik turlarini ko‘paytirish uchun keng qo‘llaniladi, shu bilan birgalikda, har bir ozuqa muhitining o‘ziga xos afzalliklari ham bor. O‘simliklarning murtaklanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri bo‘lgan BAP va IBA gormonlarining konsentratsiyasi va ozuqa muhitiga ta’sirini o‘rganish, golubika navining muvaffaqiyatli ko‘paytirilishi uchun zarur bo‘lgan eng optimal sharoitlarni aniqlashga yordam beradi. Tadqiqot Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazildi, unda MS, DKW va WPM ozuqa muhitlarida turli konsentratsiyalardagi BAP va IBA gormonlarining golubika Bluecrop navining mikronihollarining murtaklanish jarayoniga qanday ta’sir qilishi aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, golubikaning Bluecrop navi murtaklanishiga BAP va IBA o‘stiruvchi gormonlarining turli ozuqa muhitlarida ta’siri aniqlangan. MS, DKW va WPM ozuqa muhitlarida BAP konsentratsiyasining ortishi murtaklanish tezligini oshiradi, ammo yuqori konsentratsiyalar murtaklanish foizining kamayishiga olib keladi. MS ozuqa muhitida BAP konsentratsiyasining ortishi murtaklanishning tezligini oshirdi. Masalan, 1,75 mg/l BAP konsentratsiyasida murtak bo‘rtishi 12-15 kunga qisqardi va murtaklanish foizi 35,7% gacha yetdi. Bu faqat MS ozuqa muhitida yuqori samarali natijalarni berdi. Biroq, 3,25 mg/l BAP konsentratsiyasida murtaklanish foizi 1% gacha kamaydi, bu esa juda yuqori BAP konsentratsiyalarining salbiy ta’sirini ko‘rsatib turibdi. Shuningdek, DKW ozuqa muhitida BAP konsentratsiyasining 1,75 mg/l bo‘lganida murtaklanish foizi 32,6% ga yetdi. Ushbu konsentratsiya yaxshi natija bo‘lib, 3,25 mg/l BAP konsentratsiyasida esa murtaklanish umuman sodir bo‘lmadi, bu yuqori konsentratsiyalarning o‘simliklar uchun zararli ekanligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, WPM ozuqa muhitida eng yuqori murtaklanish foizi (37,9%) 1,75 mg/l BAP konsentratsiyasida kuzatildi. Bu muhitda murtak bo‘rtishi 10-14 kunni tashkil etib, eng yaxshi natijalar aynan shu sharoitda aniqlandi. WPM ozuqa muhiti golubika navining murtaklanishi uchun eng samarali sharoitlarni yaratdi. Yuqori konsentratsiyalardagi BAP va IBA moddalari golubika o‘simliklari uchun zarur bo‘lgan o‘sish jarayonlarini tezlashtirsa-da, juda yuqori konsentratsiyalar o‘simlikning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. 639 Mart, 2025-Yil Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Altman, A. (2001). Plant Biotechnology: A Tool for the Future of Global Agriculture. Agriculture and the Environment, 24, 25-30. 2. Driver, J. A., Kuniyuki, H. (1984). In Vitro Propagation of Blueberry and Cranberry. HortScience, 19(3), 455-457. 3. Wood, L. G., Preece, J. E. (1996). Effect of Media and Growth Regulators on the In Vitro Propagation of Highbush Blueberry (Vaccinium corymbosum). HortScience, 31(1), 122- 125. 640
Доказательный фрагмент
«This study investigates the effect of BAP and IBA growth regulators on the micropropagation of blueberry (Vaccinium corymbosum L.) Bluecrop cultivar in MS, DKW, and WPM media.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis study investigates the effect of BAP and IBA growth regulators on the micropropagation of blueberry (Vaccinium corymbosum L.) Bluecrop cultivar in MS, DKW, and WPM media. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- blueberry, Bluecrop, rooting, growth regulators, BAP, IBA, culture media, o‘stiruvchi gormonlar, ozuqa muhitlari, DKW, murtaklanish, WPM., golubika, MS
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025