Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYAT ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI · Kamilova Gulmira Alimovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
The article provides information on the formation of the foundations of ecological culture in preschool children, the use of integrated approaches to educational processes, and the organization of MTT and family cooperation in the formation of ecological culture. Key words: morality, preschool age, preschool education, ecological education, ecological culture, nature, educator, parents. Turmush tarzida har bir xalqning uzoq asrlar davomida yaratgan ma’naviy va moddiy boyliklari, atrof - muhit, tabiat va jamiyat, kelajak haqida tasavvurlari, milliy-etnik belgilari, mentaliteti, urf-odatlari, an’analari hamda yashash usuli aks etadi. O`zbeklar yashash tarzida azaldan sog`lomlashtirish, salomatlikni asrash tafakkuri mavjud bo`lgan hamda mazkur bilim va malakalar tizimi farzandlar tarbiyasida keng qo`llanilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim berish bu pedagogikada zamonaviy urf emas, balki bolalarda atrof olamni yaxshi ko‘rish hissi va unga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatni shakllanttirishdir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirganda ularda estetik, vatanparvarlik, axloqiy tarbiya olish imkoniyatlari ochiladi. Tabiat bilan muloqotda bo‘lish insonning ruhiy olamini o‘zgartiradi, ijobiy axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Ekologik tarbiyani bola shaxsi 617 Mart, 2025-Yil rivojlanayotgan ilk yoshda boshlash kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Tarbiyachining bolalar bilan ishlashda asosiy urg‘u beradigan jihatlariga ta'lim berishda integratsiyalashgan yondoshuv kiradi, ta'lim berishning bu usuli nafaqat ekologik tarbiyani balki har tomonlama barkamol shaxs tarbiyalashga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar, suhbatlar, sayrlar, kuzatuvlar bolaning anglash izlanish faoliyatini oshiradi. Ba’zi tabiat hodisalari sodir bo‘lganda pedagoglar boshchiligida kuzatishlar amalga oshirilib, ularning tabiatda paydo bo‘lish omillari haqida ma'lumotlar olishlari tasavvurlarini yanada kengaytiradi. Anglash izlanish faoliyatining natijasi o‘laroq bolaning mustaqil bilim olish faolligi oshiriladi. Bolalarda jonli va jonsiz tabiatni tashqi belgilari va yashash muhitiga qarab tizimlashtirish va guruhlarga ajratish imkoni mavjud. Obyektlarning o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi bolalarda alohida qiziqish uyg‘otadi. Amaliyotda ekologik aksiyalarni o‘tkazish ta'lim tarbiya jarayonining yana bir qiziqarli yo‘nalishi hisoblanadi. Tabiat muhofazasi bo‘yicha o‘tkaziladigan aksiyalar kompleks tadbir hisoblanib, bolalar bilan birga kattalarni ham tabiatni muhofaza qilish jarayoniga jalb qiladi, jarayon davomida bolalarda tabiatni kelgusi avlodlarga asrashga qaratilgan ekologik anglash va istak paydo bo‘ladi. Shuningdek, ekologik aksiyalar mavzusini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan hamkorlikda pochtalar tashkil qilish mumkin. Olingan takliflar natijasida “Qishda qushlarni oziqlantiramiz”, “Bizning yashil bog‘chamiz”, “Mehnat askarlari”, “Qushlar uchib keldilar”, “Yaxshilik yo‘llari”, “Ozor berma” kabi bir necha yo‘nalishlarda ekologik aksiyalar tashkil etish mumkin. Har qanday pedagogik jarayonda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash yuqori samara beradi. MTTda ota-onalar bilan birgalikda ekologik bayramlar, “Ekologik ertaklar”, “Go‘zal archayoqar barchaga”, “Jajji ekologlar”, “Hayvonot olami”, “Ona sayyora” kabi bolalar va kattalar ijodiy ko‘rgazmalarini tashkil etish ham bolalarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bilimlarini oshishiga xizmat qiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan dialog tarzida davra suhbatlari, fakulьtativ mashg‘ulotlar, savol va javoblar kechalari, seminar praktikumlar tashkil etish mumkin. Ekologik tarbiyani o‘zlashtirishni yengillashtirish maqsadida mashg‘ulotni rejalashtirishda 4 ta o‘zaro bog‘liq bo‘limlar ishlash mumkin: kognitiv tadbirlar; o‘quv ishlari; amaliy tadbirlar; ko‘ngilochar tadbirlar. Kognitiv dunyo o‘z ichiga inson va jamiyat kabi mavzularni oladi. Inson-uy, ko‘cha, shahar. Inson tabiatga qanday ta'sir ko‘rsatadi, tabiatni kelgusi avlodga saqlash uchun nimalar qilishi kerak. Bo‘lim shuningdek, o‘simliklar va hayvonlar, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq 618 Mart, 2025-Yil bilimlar beruvchi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. O‘quv ishlari – “tabiat va qish guldastasi fantaziyasi”, ekologiya suratlarda, ekologik plakatlar seriyasi va h.k. ko‘rgazmalar tashkil etishni o‘z ichiga oladi. O‘qish, she'rlarni yodlash, hikoyalar aytish, tabiat belgilari haqida topishmoqlar aytish. Bolalarning mustaqil ertaklar, hikoyalar to‘qishi. Amaliy tadbirlar – tabiiy materiallar uchun oziq tayyorlash, qo‘l ishlari, ko‘rgazmali materiallar tayyorlash, o‘simliklar ekish, markazlarda ishlash, rasmlar, plakatlar chizish. Ko‘ngilochar tadbirlar – turli sayrlar, ekskursiyalar, viktorinalar, ertaliklar. Tabiatda harakatlanish qoidalari: - O‘simliklar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, daraxtlarning shoxlarini sindirmaslik, gullayotgan o‘simliklarni ildizi bilan sug‘urib olmaslik, o‘simliklarni gullarini uzmaslik, faqat tushib qolgan barglarni yig‘ish; - Daraxtlarning po‘stlog‘ini yulish, pichoq bilan
Доказательный фрагмент
«The article provides information on the formation of the foundations of ecological culture in preschool children, the use of integrated approaches to educational processes, and the organization of MTT and family coope…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information on the formation of the foundations of ecological culture in preschool children, the use of integrated approaches to educational processes, and the organization of MTT and family coope… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- morality, preschool age, preschool education, ecological education, ecological, ota-ona., ekologik madaniyat, maktabgacha ta'lim, tabiat, axloq, tarbiyachi, maktabgacha yosh, ekologik tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026