К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXORO VOHASI AYOLLARINING AN’ANAVIY LIBOSLARI (XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA)

XX ASR BOSHLARIDA) · Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi · Boltayev Oxun Obid o’g’li · Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li · Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li

Современная наука и исследования · 1 · 551-556 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro vohasi ayollarining XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi kundalik va marosim kiyim –kechaklari, bosh kiyimlari, oyoq kiyimlari, ularda ishlatiladigan ranglar va ularning ramziy ma’nosi haqida qisqacha bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Ustki ko‘ylak,lozim,jiyak,mursak, kiftaki kurta, kurtai peshkusho,paranji,chachvon,ro‘mol,peshonabog‘,maxsi,kalish,kamzul. Bugungi kunda Buxoro vohasi etnografiyasi tadqiqot ob’ekti sifatida tarixchi-etnograflar diqqatini jalb qilmoqda.Jumladan, voha etnik tarixi, aholining etnik xilma-xilligi shuningdek,an’anaviy kiyim-kechaklar,taqinchoqlar va ularda ifodalangan ma’no-mazmunlar hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Buxoroni biz nafaqat “Islom dinining quvvati”, balki, ayni paytda milliy madaniyatimiz va san’atimiz noyob chashmasi sifatida ham yaxshi bilamiz.1 Bu davr ayollar an’anaviy liboslari asosan, ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshga do‘ppi, oyoqqa mahsi-kalish yoki etikdan iborat bo‘lgan.Ayollar ko‘ylagining yoqasi vertikal kesilgan bo‘lib, ko‘p joylarda butun bo‘yiga gulli jiyak (tasma) tikilgan. Buxoroda qimmatbaho kiyimlarga tilla ipda to‘qilgan jiyak tikilgan. Tanikli olima O.A. Suxareva xakli ravishda ta’kidlaganidek, kiyimlarning turli-tuman yangi kurinishlari yaratilishiga kishilar turmush tarzi, mexnat faoliyati va iklim ta’siri bilan birga o‘sha jamiyat madaniy tarakkiyoti va estetik didi xam sezilarli ta’sir etgan.2 Ayollarning milliy liboslari ichki, ustki va kishilik kiyimdan iborat bo‘lgan. Ustki kiyimlar – kamzul, engil xalat (mursak, kaltacha), engsiz nimchalardir. Paranji ham ayollarning an’anaviy 1 Mirziyoyev.Sh.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.”O’zbekiston”-2017,- B.146. 2 Сухарева О.А. Древние чергы в головных уборах народов Средней Азии …С. 299. 571 Mart, 2025-Yil ustki kiyimi sanalib, u to‘n va ichidan qora ot yolidan ishlangan chachvondan iborat. XX asrning 1930-yillarigacha o‘zbek ayollar paranji yopinganlar. Paranji soxta engli, to‘nsimon, uzun yopinchiqdan iborat bo‘lib, to‘r parda – chachvon betga tutilib, ustiga paranji yopilgan. CHachvon yuzni bekitib, belgacha etgan. Odatda, paranji uydan ko‘chaga chiqqanda yopinilgan. O‘rta Osiyoning turli xalqlari orasida ayollarining bosh kiyimi bir qismi bo‘lgan xalatga o‘xshash paranji uzoq va murakkab tarixga ega. Uning mavjud bo‘lgan butun davrida bu marosim kiyimi edi. Ularning bu ma’nosi ma’lum darajada bugungi kungacha yo‘q qilinmagan.3 XX asrning birinchi choragida ayollar ko‘ylagining yoqqasi vertikal va gorizontal ko‘rinishda bo‘lgan.Ko‘ylakning yoqqalari etnogenetik emas, balki funksional ahamiyat kasb etgan,ya’ni vertikal yoqali ko‘ylaklar chaqaloqni emizish uchun qulayligi sabab uni asosan ona bo‘lgan ayollar kiygan.Bunday ko‘ylaklar ’’ona ko‘ylaklar’’ yoki ’’ayol ko‘ylak’’ deyilgan.4 Ayollar ich ko‘ylagi- ayollarning kurta ko‘ylagi yosh toifasidan qat’ nazar, kiftaki kurta (qizlarning gorizontal yoqali ko‘ylagi) va kurtai peshkusho (turmushga chiqqan ayollarning ko‘ylagi) deb nomlangan.Moddiy ahvoldan kelib chiqqan holda bir paytning o‘zida bir nechta ko‘ylak kiyish mumkin bo‘lgan.Oq xomsurpdan tikilgan ichki va rang barang xonaki shoyi, chet eldan keltirilgan zarbof , baxmal kabi matolardan tayyorlangan tashqi ko‘ylaklarni kiyish majburiy edi.Buxoro ayollari ko‘ylaklari ikki qismli keng bichimi, trapetsiyasimon yon qismlari, keng va to‘g‘ri burchakli uzun englari bilan ajralib turgan. Ayniqsa, to‘y ko‘ylaklarining engi juda uzun bo‘lgan.Englarning uchiga yorqin rangli kashtalar tikilgan.Englarning umumiy uzunligi uch metrgacha etishi mumkin bo‘lgan.Ko‘ylakning umumiy uzunligi to‘piqqacha bo‘lib, oyoq kiyim ko‘rinib turgan.Ayollar ko‘ylagining bo‘yin qismi modaga qarab doim o‘zgarib turgan.YOqasiga kashtalangan yoki bezatilgan tasma tikilgan. Qimmatbaho kiyimlarga tilla ipdan to‘qilgan jiyak tikilgan. XIX asr oxiri - XX asr boshidagi barcha ma’lum fotosuratlarda va muzey kollektsiyalarida Buxoro yahudiylarining an’anaviy liboslari keng, kengayib boruvchi (100-110 sm) va uzun, keng (30-40 sm) tekis englarga ega. O‘sha paytda xuddi shunday kesilgan ko‘ylaklar oddiy tojik va o‘zbeklarning kostyumida hamma erda tarqalgan edi, ammo Buxoroda ular bel va englarning ayniqsa kengligi bilan ajralib turardi.5 Ayollarning o‘ziga xos chopon shaklida bichib tikilgan ust kiyimi – mursak ilgari juda keng tarqalgan.Ayollar ustki kiyimi paxta solib qavilgan ayollar to‘ni yoki paxtasiz avra astardan iborat 3 Н. П. ЛОБАЧЕВА К ИСТОРИИ СРЕДНЕАЗИАТСКОГО КОСТЮМА. Советская этнография, № 6,-C.34. 4 Дониёров А,Бўриев О,Аширов А.Марказий Осиё халқлари этнографияси, этногнези ва этник тарихи.- Т.:’’Янги нашр’’,2011,- Б.87. 5 Татьяна Емельяненко К особенностям традиционного костюма бухарских евреев: женские платья. АНТРОПОЛОГИЧЕСКИЙ ФОРУМ № 14.C.292. 572 Mart, 2025-Yil engil xalat ko‘rinishida bo‘lib, ular turli hududlarda turlicha nomlangan.Xususan,Toshkentda- peshvo, mursak, Xorazmda- misak, Samarqandda- muli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Buxoro vohasi ayollarining XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi kundalik va marosim kiyim –kechaklari, bosh kiyimlari, oyoq kiyimlari, ularda ishlatiladigan ranglar va ularning ramziy ma’nosi haqida qisqac…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Buxoro vohasi ayollarining XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi kundalik va marosim kiyim –kechaklari, bosh kiyimlari, oyoq kiyimlari, ularda ishlatiladigan ranglar va ularning ramziy ma’nosi haqida qisqac… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lozim, maxsi, kalish, mursak, peshonabog‘, Ustki ko‘ylak, jiyak, kurtai peshkusho, kamzul., kiftaki kurta, paranji, chachvon, ro‘mol
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники