Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO'LAJAK GEOGRAFIYA O‘QITUVCHILARIDA LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALIY TAVSIYALAR
Alimkulov Jamshid · ГЕОГРАФИИ: ПРАКТИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДATSIИ
Современная наука и исследования · 215–230 · 2025
Аннотация
This article analyzes practical recommendations for developing design competencies in future geography teachers. The effectiveness of PBL and innovative pedagogical approaches is examined based on scientific research, highlighting the role of gamification and interactive technologies in the educational process. Keywords: geography teachers, project-based learning, innovative pedagogy, STEAM, GIS technologies, gamification, interactive learning, mentoring, digital resources. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimi talabalar va o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlashini shakllantirish va real hayotda duch kelinadigan muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Xususan, geografiya fani bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida innovatsion metodlar va loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Loyiha asosida o‘qitish (PBL) va gamifikatsiya kabi zamonaviy ta’lim usullari nafaqat o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qiladi, balki ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv texnologiyalar yordamida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalar ishtiyoqini oshirish bilan birga, ularning mas’uliyatini ham kuchaytiradi [1]. Geografiya o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalardan biri loyiha asosida ta’lim berish qobiliyati hisoblanadi. Chunki bu metod talabalarni faqatgina tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga emas, balki ularni amaliyotga tatbiq etish, jamoaviy ishlash va muammolarni hal qilishga yo‘naltiradi. Aynan shu yondashuv o‘qituvchilarni an’anaviy dars 267 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi uslublaridan uzoqlashtirib, zamonaviy texnologiyalar va interfaol o‘qitish metodlarini keng qo‘llashga yo‘naltiradi [2, 3]. Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish uchun bir qator amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. STEAM laboratoriyalarini tashkil etish, GIS texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, dala amaliyotlari va loyiha tanlovlarini joriy qilish orqali talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb etiladi. Bunday yondashuv nafaqat ularning bilim va tajribalarini boyitadi, balki kelajakda innovatsion pedagogik metodlarni o‘zlashtirishga ham zamin yaratadi. Asosiy qism. Innovatsion metodlarning samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, loyiha asoslangan ta’lim nafaqat o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshiradi, balki ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga ham xizmat qiladi [4]. Gamifikatsiya va interfaol texnologiyalar esa ta’lim jarayoniga motivatsion muhit olib kirib, murakkab mavzularni ham qiziqarli shaklda o‘zlashtirishga imkon yaratadi [5]. Ushbu metodlar joriy etilgan guruhlarda talabalar darsga yuqori ishtiyoq bilan qatnashgani, uy vazifalari va loyiha topshiriqlarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashgani qayd etilgan. Eng muhimi, bu metodlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirgan talaba-o‘qituvchilar keyinchalik an’anaviy usullarga nisbatan yangicha pedagogik texnologiyalarga moyillik bildiradi. Masalan, STEAM va loyiha metodikasini o‘zlashtirgan o‘qituvchilar darslarini integrativ rejalashtirishga intiladi, fanlararo loyihalar tuzadi va o‘quvchilarni faol ishtirokga jalb etadi [3]. Gamifikatsiya va raqamli vositalar bilan tanish bo‘lgan yosh pedagoglar esa dars jarayonida interaktiv o‘yinlar, quizlar va onlayn platformalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning e’tiborini ushlab turishga erishadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion metodlarni joriy etish bo‘yicha maxsus dasturlar, seminarlar va malaka oshirish kurslarini olgan o‘qituvchilar dars samaradorligini oshirish hamda ta’lim muhitini takomillashtirish yuzasidan an’anaviy tayyorgarlikka ega o‘qituvchilarga nisbatan ancha faolroq yondashadi [6]. Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarida loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion metodlarni samarali qo‘llashda bir qator amaliy ahamiyatga ega tavsiyalarni berishimiz mumkin. 1. STEAM va integrativ loyihalarni joriy etish. Geografiya o‘qituvchilari uchun STEAM laboratoriyalari va fanlararo loyihalar ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish lozim. Masalan, tabiiy fanlar va geografiyani bog‘lovchi qo‘shma kurslar, dala amaliyotlari va loyiha tanlovlarini tashkil qilish tavsiya etiladi. Bunday yondashuv, talabalarni amaliy tadqiqot faoliyatiga jalb etish orqali ularning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. STEAM laboratoriyalarida talabalar ilmiy kuzatishlar olib borishi, GIS texnologiyalaridan foydalanib, ma'lumotlarni tahlil qilishi va iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlar yoki urbanizatsiya jarayonlari kabi dolzarb masalalarni o‘rganish imkoniga eg
Доказательный фрагмент
«This article analyzes practical recommendations for developing design competencies in future geography teachers.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes practical recommendations for developing design competencies in future geography teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- geography teachers, project-based learning, innovative pedagogy, STEAM, gamifikatsiya, mentorlik, raqamli resurslar., geografiya o‘qituvchilari, innovatsion pedagogika, interfaol ta’lim, GIS texnologiyalari, loyiha metodikasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025