К содержанию
РецензированоUZ2025

MUHANDISLIK TA’LIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDA MUAMMO VA YECHIMLAR

Shodmonqulov Mirolim Turanovich

Современная наука и исследования · 155-158 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada muhandislik ta’limida interaktiv va raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari va dolzarb muammolari tahlil qilingan. Innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: Muhandislik ta’limi, innovatsion pedagogika, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, STEAM, masofaviy ta’lim, AR/VR, sun’iy intellect Kirish. Zamonaviy muhandislik ta’limi nazariy bilim bilan cheklanmasdan, talabalarni real muammolarni hal qilishga yo‘naltirishi lozim. Shu sababli, ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi [1]. Interaktiv va raqamli texnologiyalar muhandislik fanlarini o‘qitishda yangi yondashuvlarni joriy etishga imkon yaratadi. Raqamli texnologiyalar yordamida dars jarayonining interaktivligi oshadi, talabalar mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi va bilimlarni vizual shaklda o‘zlashtirishadi. Biroq, ushbu texnologiyalarni joriy etishda qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ular texnik infratuzilma yetishmovchiligi, pedagoglarning yangi metodikalarga tayyor emasligi va talabalar o‘rtasida texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarining pastligi kabi omillar bilan bog‘liq. Zamonaviy ta'lim jarayoni esa innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan to‘ldirilmoqda. Bu texnologiyalar o‘qitish jarayonini yanada samarali, qiziqarli va interaktiv qilishda yordam beradi. Masalan, virtual reallik, onlayn platformalar va interaktiv dasturlar orqali talabalar nazariy bilimlarni osonroq qabul qilishlari va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishlari mumkin. ASOSIY QISM. Muhandislik ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati Muhandislik ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati va dolzarbligi tahlil qilinadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar, masalan, interaktiv darslar, virtual reallik va onlayn platformalar, ta'lim jarayonini samarali va qiziqarli qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ular talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi va ularning motivatsiyasini oshiradi. Shuningdek, ushbu texnologiyalar zamonaviy ish bozoriga tayyorgarlikni yanada yaxshilaydi va ta'lim jarayonini individualizatsiya qilish imkonini beradi. Maqola muhandislik ta’limida innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish orqali ta'lim sifatini oshirish va talabalarni kelajakda muvaffaqiyatli kadrlar sifatida tayyorlashning muhimligini ko‘rsatadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini quyidagi jihatlari bo‘yicha rivojlantiradi: • Vizualizatsiya va modellashtirish – Muhandislik jarayonlarini real sharoitga yaqinlashtirish imkonini beradi [2]. 249 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi Vizualizatsiya — bu ma’lumot yoki tushunchalarni grafik, diagramma, rasm yoki boshqa vizual vositalar orqali ifodalash jarayoni[3, 33-b]. Bu jarayon murakkab ma’lumotlarni osonroq tushunishga va aniqroq tasavvur qilishga yordam beradi. Vizualizatsiya turli sohalarda qo‘llaniladi, jumladan, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, marketing va boshqalar. Matematikada vizualizatsiya grafikalar, diagrammalar va animatsiyalar orqali matematik tushunchalarni ko‘rsatishga yordam beradi. • Moslashuvchan o‘qitish – Har bir talabaga individual yondashuvni ta’minlaydi. • O‘quv jarayonining interaktivligi – Simulyatsiyalar va AR/VR texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshiradi. 2. Muhandislik ta’limida qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalar Hozirda muhandislik ta’limida quyidagi innovatsion texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda: • Raqamli ta’lim platformalari – Moodle, Coursera va boshqa masofaviy ta’lim platformalari orqali darslarni tashkil etish [4]. • Sun’iy intellekt asosida individual ta’lim dasturlari – Har bir talabaga mos o‘quv materiallarini tavsiya etuvchi algoritmlar. • AR/VR texnologiyalari – Muhandislik jarayonlarini simulyatsiya qilish va laboratoriya sharoitlarini yaratish. Virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (KR) yordamida. VR va KR texnologiyalari yordamida, matematik tushunchalarni uch o‘lchamda ko‘rish va tushunish mumkin. Geometrik shakllar va murakkab strukturaviy ob’ektlarni ko‘proq realistik va aniq ko‘rsatish mumkin [5, 35-b]. STEAM yondashuvi – Aniq va tabiiy fanlarni integratsiyalash orqali talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish [6]. Virtual va qo‘shilgan reallik texnologiyalari orqali esa, o‘quvchilar matematik obyektlar bilan to‘liq o‘zaro muloqotda bo‘lish, ularni ko‘zdan kechirish, ular ustida amallar bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday texnologiyalar yordamida o‘quvchilar matematik mod

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada muhandislik ta’limida interaktiv va raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari va dolzarb muammolari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada muhandislik ta’limida interaktiv va raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari va dolzarb muammolari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
AR, Muhandislik ta’limi, sun’iy intellect, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, VR, masofaviy ta’lim, innovatsion pedagogika, STEAM
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники