Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI KORXONALARDA IJTIMOIY-KASBIY MOSLASHUVGA TAYYORGARLIGI
MOSLASHUVGA TAYYORGARLIGI · Sodiqov Habib Tolibovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boʻlajak mutaxassislarning korxonalarda ijtimoiy-kasbiy moslashuvga tayyorgarligini shakllantirishning asosiy omillari, muammolari va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlili keltirilgan. Shuningdek, taʼlim tizimi, korxonalarning ushbu jarayondagi roli koʻrib chiqilgan. Kalit so’zlar: mutaxassis, korxona, ijtimoiy-kasbiy, shakllantirish, muammolar, taʼlim tizimi, jarayon. Bo‘lajak mutaxassislarning korxonalarda ijtimoiy-kasbiy moslashuvga tayyorgarligi zamonaviy mehnat bozorida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Texnologiyalar rivojlanishi, ish sharoitlarining o‘zgarishi va kasbiy talablarning oshishi yoshlarga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu jarayonni samarali tashkil qilish nafaqat ta’lim muassasalarining, balki ish beruvchilarning ham mas’uliyatli yondashuvini talab etadi. Bugungi kunda ta’lim tizimi nazariy bilimlar berish bilan birga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ish muhitiga moslashuvni ham ta’minlashi lozim. Talabalar kasbiy faoliyatga kirishganda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi, chunki akademik muhit va ish sharoitlari o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud. Ayniqsa, mehnat bozoridagi o‘zgaruvchanlik, texnologik innovatsiyalar va yangi menejment usullarining paydo bo‘lishi bo‘lajak mutaxassislarning moslashuv jarayonini murakkablashtiradi[1]. Ijtimoiy-kasbiy moslashuv tushunchasi mutaxassisning yangi mehnat sharoitlariga integratsiyalashuvini, jamoa bilan samarali muloqot o‘rnatishini, ish unumdorligini oshirishini va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayon muvaffaqiyatli kechishi uchun shaxsiy fazilatlar, bilim va ko‘nikmalar, shuningdek, tashqi omillar muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida, ish beruvchilar ham yangi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va motivatsion dasturlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanishlari lozim. Bo‘lajak mutaxassislar uchun asosiy muammolardan biri – nazariy bilimlarning amaliy faoliyat bilan bog‘liq emasligi. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida talabalarga o‘rgatiladigan nazariy bilimlar real ish muhitidagi ehtiyojlardan farq qilishi mumkin. Natijada, ishga qabul qilingan yangi xodim o‘zini tayyorsiz his qiladi va moslashuv davri uzoq davom etadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish, dual ta’lim tizimini rivojlantirish va korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim. Ikkinchi muammo – bo‘lajak mutaxassislarning ish muhitiga psixologik jihatdan tayyor emasligi. Korxonalardagi ish sharoitlari va jamoaviy munosabatlar yosh mutaxassis uchun yangi bo‘lib, bu ularda stress va ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaziyatda korxonalarning tajribali xodimlari murabbiylik tizimi orqali yoshlarga yordam berishlari lozim. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari ham psixologik treninglar, motivatsion seminarlar va muammolarni hal qilish strategiyalarini o‘rgatishga e’tibor qaratishlari zarur[2]. Har qanday korxonada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun faqat kasbiy bilimlar yetarli emas. Ish jarayonida muloqot, muzokara olib borish, jamoa bilan ishlash va muammolarni 225 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi birgalikda hal qilish muhim o‘rin tutadi. Bo‘lajak mutaxassislar o‘z fikrlarini aniq va tushunarli ifoda eta olishlari, kelishmovchiliklarni bartaraf etish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Shu sababli, ta’lim jarayonida kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratish zarur. Yana bir muammo – bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy motivatsiyasining pastligi. Ishga yangi kirgan xodimlar uchun dastlabki tajriba muhim ahamiyatga ega. Agar ular o‘z kasblaridan qoniqish hosil qilmasa, mehnat faoliyatiga bo‘lgan qiziqish susayadi va bu ularning ish samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun, ish beruvchilar yosh mutaxassislarni qo‘llab- quvvatlash, ularning kelajakdagi martaba imkoniyatlari haqida ma’lumot berish va rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yishlari lozim. Ijtimoiy-kasbiy moslashuvning samarali kechishini ta’minlash uchun korxonalar bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarur. Bunda, amaliyot dasturlari, stajirovkalar va mentorlik tizimini joriy etish asosiy o‘rin tutadi. Talabalar real ish muhitida faoliyat yuritish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari, kasbiy jihatdan o‘sish imkoniyatlarini anglashlari va kelajakdagi ish faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, ta’lim jarayonida raqamli va texnologik ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, dasturlash, sun’iy intellekt bilan ishlash, loyihalarni boshqarish va IT sohasidagi asosiy bilimlarga ega bo‘lish mutaxassislarga ish bozorida yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlaydi[3]. Kasbiy tayyorgarlik dasturlarini kengaytirish ham muhim sanaladi. Korxonalar tomonidan o'tkaziladigan treninglar, malaka oshirish kursl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boʻlajak mutaxassislarning korxonalarda ijtimoiy-kasbiy moslashuvga tayyorgarligini shakllantirishning asosiy omillari, muammolari va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlili keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boʻlajak mutaxassislarning korxonalarda ijtimoiy-kasbiy moslashuvga tayyorgarligini shakllantirishning asosiy omillari, muammolari va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlili keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- korxona, shakllantirish, ijtimoiy-kasbiy, taʼlim tizimi, jarayon., muammolar, mutaxassis
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025