К содержанию
РецензированоUZ2025

QURILISH SOHASIDA INNOVATSIYALARNI BAHOLASHDAGI MUAMMOLAR

Turdibekov Yu.I. · Xoliqulov Z.A.

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada qurilishda qo‘llanilgan innovatsiyalarni baholashda duch keladigan muammolar yoritilgan, shuningdek bu muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berilgan. Kalit so’zlar: investitsiya, innovatsiya, modernizatsiya, xarajatlar samaradorligi, baholash xizmatlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni boshqarish muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa fan- texnikaning jadal rivojlanishi sharoitida innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilishda investitsiyalarni boshqarishning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Innovatsiyalar taraqqiyotning negizidir, shuning uchun innovatsiyalarni nafaqat iqtisodiyotga, balki ijtimoiy sohalarga ham yo’naltirish lozim. Ba’zi investitsiyalarning maqsadi xususiy kapitalni oshirish bo‘lsa, boshqalariniki esa ishlab chiqarish bazasini kengaytirish hisoblanadi. Asosiy fondlarni yaratish va qayta ishlab chiqarishga investitsiyalash kapital qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirish turli manbalar hisobiga bo‘lishi mumkin: xususiy korxonalarning o‘z mablag‘lari; bank kreditlari; xorijiy investitsiyalar; davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlardan investitsion ajratmalar va x.k. Davlat byudjetining turli darajalari va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘laridan foydalanish ulardan maqsadli foydalanish va samarali boshqarish bo‘yicha javobgarlikni oshirishni talab qiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning va qurilish tarmog‘i rivojlanishining tezlashgan sharoitida ishlab chiqarish salohiyati modernizatsiyasining iqtisodiy mohiyatiga yangicha yondashish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda, bunda qurilish korxonalarining raqobat ustunliklarini oshirishga takror ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos hususiyatlari va ilmiy-texnik taraqqiyotning ta’siri inobatga olinishi lozim. Qurilish korxonasining raqobat salohiyati shakllanishi samaradorligining oshishida moddiy-texnik baza asosiy o‘rinni egallaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, qurilish korxonasining raqobat salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholashda qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida qurilish mashinalari va mexanizmlarining optimal yuklanishga alohida e’tibor qaratish zarur. Qurilish tarmog‘i xo‘jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish salohiyatini takomillashtirish texnik qayta qurollantirish, rekonstruksiya, modernizatsiya, kengaytirish yoki yangi qurilish kabi shakllardan biri orqali amalga oshiriladi. Kapital qo‘yilmalar faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari va investitsion-qurilish faoliyatining boshqa ob’ektlarini yangidan qurish, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilishi mumkin. Qurilishda investitsiyalarni amalga oshirishning yuqorida sanab o‘tilgan har qanday usulini bugungi kunda kapital qo‘yilmalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion qarorlarni joriy qilishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 207 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi Bino yoki inshootning qurilish loyihasini tuzishda iqtisodiy jihatdan eng samaralisini tanlash maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishning bir necha variantlarini ishlab chiqish lozim. Buning uchun loyihani amalga oshirishga yo‘naltirilgan harajatlar miqdorini aniqlash talab qilinadi. Lekin loyihaga innovatsion qarorlarni qo‘llashda loyihachilar loyiha-smeta hujjatlari tarkibidagi yangi texnika va texnologiyalarning qiymatini baholash imkoniyatining yo‘qligiga duch kelishadi. Loyihaga yangi texnologiya, yangi mexanizatsiya vositalari, zamonaviy materiallar joriy qilinar ekan, boshqa teng sharoitlarda innovatsion qarorlarni joriy qilmagan holda va ularni joriy qilishni hisobga olgan holda kapital qo‘yilmalarning samaradorligi tahlilini o‘tkazish, mehnat unumdorligini baholash, mehnat va tabiiy resurslar iqtisodini hisoblash, ishlarning mexanizatsiyalashganlik darajasini aniqlash lozim bo‘ladi. Korxonani texnik qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilishda, odatda, yangi ish o‘rinlari yaratilmaydi. Shu bilan birga, o‘z faoliyati davomida shakllangan malakali kadrlar va mahsulot ishlab chiqarish tajribasi saqlanib qoladi. Ishlab chiqarish salohiyatini yangilashning bu shakllarining iqtisodiy samaradorligi juda yuqoridir. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, texnik qayta qurollantirishni yangi qurilish bilan taqqoslaganda shuni aytish lozimki, bunda kapital qo‘yilmalarni amalga oshirishning o‘rtacha muddatlari 2 – 3 martaga, investitsion siklning o‘rtacha davomiyligi 2 martaga, kapital qo‘yilmalarning hajmi 2 – 4 martaga, kapital qo‘yilmalarning qoplanish muddati 1,5 – 2 martaga qisqaradi. Rekonstruksiya qilishda ishlab chiqarish quvvatlarini bir birligi hisobiga umumiy harajatlar yangi qurilishdagiga nisbatan 30%ga kamroqni tashkil qiladi. Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi, asosan, qurilishga qilingan haqiqiy harajatlarni kamaytirish, uning sifatini oshirish, qurilish muddatlarini qisqartirish, ishlab chiqarish q

Доказательный фрагмент

«Maqolada qurilishda qo‘llanilgan innovatsiyalarni baholashda duch keladigan muammolar yoritilgan, shuningdek bu muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qurilishda qo‘llanilgan innovatsiyalarni baholashda duch keladigan muammolar yoritilgan, shuningdek bu muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xarajatlar samaradorligi, innovatsiya, baholash xizmatlari., modernizatsiya, investitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники