Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ATROF-MUHIT OBEKTLARI MUHOFAZASI MUHANDISLARI TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Shakarov N.J. · Ergashev I.Sh. · Nomirov M.N.
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Maqolada atrof-muhit obyektlari muhofazasini tashkil etish maqsadida shahar va qishloq hududlaridagi yer osti, yer usti va va oqova suvlardan foydalanish, axitektura- qurilish obyektlari va uy-joy maydonlari ajratish uchun yer maydonlarini tanlashda suv obyektlarining ta’sirini baholash, viloyat tumanlaridagi yer osti va yer usti ichimlik suvlarining ichishga yaroqlilik xususiyatlari, ularni qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda sug’orish maqsadlarida qo’llash, tuproq tarkibiga ta’siri hamda ba’zi mahsulotlarning analitik hususiyatlarini kimyoviy, elektrokimyoviy va spektroskopik aniqlash natijalari muhokama qilinadi. Kalit so’zlar: ekologiya, muhandis, suv, tuproq, mahsulot, analiz, tarkib, elektrokimyo, spektroskopiya. Fan-texnika rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy ishlab chiqarishning o’sishi atrof- muhitga va umuman, respublikamizning ekologik muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Jumladan, yer osti va yer usti ichimlik suvlari zaharlandi, yer atmosferasi ifloslandi, yerning yashil–maysa qatlami buzildi, yer osti boyliklari kamayib bormoqda, hayvonot olamidagi ba’zi biologik turlar ayovsiz qiriladi. Shuning uchun ayrim cho’llar yo’qolib bormoqda. Bugungi kunda qishloq xo’jaligidagi va uy-joy qurilishidagi asosiy muammolardan eng dolzarb bo’lgani sug’oriladigan yerlar va ulardan unumli foydalanishdan iborat. Lekin keyingi yillarda hatto qishloq hududlarida yashovchi aholi ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalaniladigan yer maydonlaridan uy, hovli yer maydonlari sifatida foydalanishga harakat qilib kelinmoqda. Aholi sonining nafaqat shaharlarda, balki tumanlar sharoitida ham ortishi oqibatida qurilish uchun yer tanlashga intilishi kuchayib ketdi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlarni saqlash kelajagimizni, uning hayotini asrashdan iborat muhim jihat hisoblanadi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida sug’orish uchun yaroqli yerlarning hosildor tuprog’i hamda tabiiy va mineral tarkibi unga mos keladigan yer usti suvlarining mavjudligidan unumli foydalanish zaruriyati birinchi omil darajasiga chiqib qoldi. Yer usti oqova suvlarining, daryolar va ariq suvlarining ortishiga bugungi kunda hech qanday ishonch yo’qligiga barchamiz aminmiz. Bundan tashqari qishloq xo’jaligida uzoq yillar davomida bir xil mahsulotlar, ayniqsa, paxta, g’alla, makkajo’xori va turli dukkakli o’simliklar ekilayotgan maydonlarning tuproq tarkibi hosildorlikni oshirish uchun unga qo’shilayotgan har xil kimyoviy vositalardan foydalanish oqibatida buzilib, keyinchalik unda qishloq xo’jalik ekinlarining boshqa turlaridan ham mahsulot yetishtirishning imkoni bo’lmay qoladi [1-2]. Shuning uchun ham aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan uy-joy qurish uchun ajratiladigan yer maydonlari, shaharsozlik uchun mo’ljallangan qurilish, madaniy-oqartuv inshootlari tayyor ekin maydonlari hisobiga emas, foydalanish imkoniyatlarini yo’qotgan yerlar, adirlik, qirlar va tog’ oldi yerlariga qurilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, albatta. Shaharlar hududidagi ba’zi aholi 188 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi yashash manzillari oqova suvlar manbasi vazifasini o’tayotgan ariqlarga juda yaqin qurilgan bo’lib, shaharsozlik arxitektura-qurilish konstruksiyalari va talablariga mutloqo javob bermaydigan holda qurilgan bo’lib, hech qanday davlat qurilish tashkilotlari rejalarida ham bo’lmasa kerak. Bunday aholi yashash hududlari Samarqand shahrining ko’rki bo’lgan Siyob arig’ining ko’pchilik qirg’oq qismlarini egallagan qismlarida mavjud bo’lib, keyingi yillarda qurilgan ko’plab uy-joylar taglaridan ariqqa yer usti suvlari oqib turganligini achinish bilan kuzatish mumkin. Siyob arig’ining aholi yashash joylari orasidan oqayotgan qismi Siyob arig’i yoqasiga qurilgan uy-joylarning ko’rinishi. Ma’lumotlarga ko’ra yer yuzi aholisining 800 mln dan ko’prog’i suv tanqisligi sharotida yashaydi hamda uning 60 % dan ko’rog’i inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ichimlik suvi bilan ham ta’minlanmagan. Bunga sabab uning nafaqat yer yuzining barcha qismlarida mavjud emasligi, balki xo’jalik maqsadlarida, qishloq xo’jaligida rejali ishlatilmayotganligida va sanoat 189 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi korxonlarining turli ishlab chiqarish jarayonlarida maqsadli foydalanilmayotganligida deb bilamiz. Oqibatda esa ulkan miqyosdagi ekin maydonlarida cho’llanish yuzaga kelib, ekologik muvozanatning buzilishi, nazoratdan chiqishi kuzatilmoqda. Ayni paytda 40 dan ortiq mamlakatdagi 2 milliarddan ko’proq odamning suv tanqisligini boshidan kechirayotgani fikrimiz tasdig’idir. Eng muhimi, suv biz istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va atr
Доказательный фрагмент
«Maqolada atrof-muhit obyektlari muhofazasini tashkil etish maqsadida shahar va qishloq hududlaridagi yer osti, yer usti va va oqova suvlardan foydalanish, axitektura- qurilish obyektlari va uy-joy maydonlari ajratish…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada atrof-muhit obyektlari muhofazasini tashkil etish maqsadida shahar va qishloq hududlaridagi yer osti, yer usti va va oqova suvlardan foydalanish, axitektura- qurilish obyektlari va uy-joy maydonlari ajratish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suv, analiz, tuproq, muhandis, mahsulot, elektrokimyo, ekologiya, spektroskopiya., tarkib
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026