К содержанию
РецензированоUZ2025

SUV TA’SIRIDA BETON VA TEMIR-BETONNING YEMIRILISHIDA KIMYOVIY JARAYONLARNING SABABLARINI BAHOLASH

Ilmiy rahbar: Shakarov N.J. · Talaba: Nomozboyeva X.A.

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Bugungi kunda barcha ishlab chiqarish va qurilish sanoatida beton va temir- beton vodoprovod hamda kanalizatsiya inshootlari qurilishda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Suv bu materiallarga faol ta’sir etib ularni yemiradi, bu texnologik jarayonlarining buzilishiga, quvurlarning o’tkazish xususiyatini pasayishiga, suv yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Kalit so'zlar: Temir-beton, vodoprovod, suv, kontakt, korroziya, armatura, kanalizatsiya, rang, karbonat kislota (H2CO3), ishqoriy muhit, tuzlar, ohak, karbonizatsiya, defekt, oqova suv, ionlar, mikroorganizmlar, vodorod sulfid (H2S), kalsiy bikorbanat (Ca(HCO3)2. Kirish: Demak suv ta’sirida beton va temir-betonlarning yemirilish tezligi hamda ehtimolligi ularning tarkibi va betonning strukturasi, uning zichligi va suv o’tkazuvchanligi, shuningdek, kontaktdagi suv tarkibi hamda bu kontaktning sharoitiga bog’liq. Suv sizmaydigan mustahkam beton qavati yemirilmagunicha temir-beton armaturasi korroziyaga uchramaydi. Yoriq paydo bo’lishi hamda asta-sekin betonning yemirilishi natijasida armaturada muhit hosil bo’lib, korroziya rivojlanadi. Temir- betonning armaturasining korroziyasi elektr- kimyoviy tabiatiga ega. Korroziya rivojlanishi bilan hosil bo’lgan zang asta- sekin kattalashadi, bu, o’z navbatida, beton qavatining armaturasining parchalanishiga olib keladi.Betonli qurilmalarning yemirilishida asosiy sabab, beton sifatining qoniqarsizligi hamda uning yetarli darajada joylashtirilmaganligi, materialning haddan tashqari kuchlanishi, mexanik ta’sirlar, suvning yuqori tezlikdagi harakati hamda haroratning keskin o’zgarishidir. Kuchli karbonat kislota, kuchli kislotali yoki kuchli ishqoriy muhit, turli tuzlar va hokazolar ta’sirida betonning kimyoviy degratsiyasi hosil bo’ladi. Asosiy qism: Bakterial jarayonlar ham betonning yemirilishiga ta’sir etadi.Betonning kimyoviy yemirilishi 3 ta jarayonda sodir bo’ladi: 1. Beton komponetlarining suvli muhitda erishi; 2. Beton komponentlarining suvda ishtirok etuvchi moddalar bilan o’zaro ta’sirlashuvi, betonning mexanik mustahkamligini susayishi; 3. Beton mahsulotlarida betonning parchalanishi va yemirilishi sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiya mahsuotlarining hosil bo’lishi. Agressiv karbonat kislotaning ta’siri. Beton qotgan vaqtida taxminan 10% sof kalsiy gidroksid betonda qoladi. Buning natijasida kuchli ishqoriy muhit (pH=14) yuzaga keladi. Natijada hosil bo’lgan beton armaturani himoya qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Karbonat kislotaning agressiv ta’siri beton tarkibidagi ohakni eritib, uni chiqarib yuborishdan iborat. Zamonaviy tassavurlarga ko’ra bu jarayon – beton yemirilishining asosiy sabablaridan biridir. Ohakning erib betondan chiqib ketishi, boshqacha aytganda, betonning karbonizatsiyasi quyidagi reaksiya bilan ifodalanishi mumkin: Ca(OH)2 +CO2 →CaCO3 +H2O Betonda karbonizatsiya jarayoni (beton sirtida ham) sodir bo’lishi mumkin; buning natijasida betonning barqarorligi (pishiqligi) ortadi, chunki beton sirtida hosil bo’lgan CaCO3 185 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi qavati betonning himoya qilish xossasiga ega. Lekin hujmkor karbonat kislota bilan beton uzoq vaqt kontaktda bo’lganida CaCO3 qavati quyidagi reaksiyaga muvofiq erib keta boshliydi: CaCO3+CO2+H2O→Ca(HCO3)2 Bu tenglamalar bilan ifodalangan reaksiyalar birlashib, betondan ohakning erib chiqib ketishini ta’minlaydi, chunki buning natijasida suvda yaxshi eruvchan kalsiy bikarbonat Ca(HCO3)2 hosil bo’ladi.Betonning karbonizatsiya jarayoni faqat uning sirti bilan chegaralanmaydi;karbonizatsiya betonning ichki qismida ham sodir bo’ladi. Buning natijasida betonning mexanik pishiqligi pasayib, armaturada darzlar, bo’shliqlar va boshqa salbiy holat (defekt)lar paydo bo’ladi. pHning ta’siri. Beton bilan kontaktda bo’lgan suvli muhitning pH kattaligi 6-9 chegarasidan boshqacha bo’lmasligi kerak. Kislotalarning betonni yemirishga ta’siri o’sha kislotalarning kalsiy tuzlari eruvchanligiga bog’liq ravishda o’zgaradi: sulfat kislotalarning kalsiy tuzlaridan kalsiy nitratga, undan kalsiy xloridga o’tilgan sari eruvchanlik kuchayib boradi (binobarin,betonning yemirilishi ham kuchayadi).Oqova suvlaridagi kuchli ishqoriy birimalar – beton tarkibidagi alyuminiy komponentlarining erishini tezlashtiradi; shu yo’l bilan ular betonning strukturasini buzub yuboradi.Suvning ionlar tarkibining ta’siri. Betonning yemirilishi tezligi suvlardagi ionlar tarkibiga ham bog’liq. Masalan, agar suvda ammoniyli birikmalar ko’p bo’lsa, bular kuchli ishqoriy muhit bilan kontaktda bo’lganida beton moddasidan ammiakning ajralishi kuzatiladi; bu jarayon ohakning erishini tezlatib betonni yemirilishiga yo’liqtiradi. Magniy tuzlari va ohakdan kuchsizroq asoslar shunday ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, tarkibida ammoniy, magniy,va sulfat ionlari katta konsentratsiyada bo’lganida beton qattiq hujumga uchraydi.Agar su

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda barcha ishlab chiqarish va qurilish sanoatida beton va temir- beton vodoprovod hamda kanalizatsiya inshootlari qurilishda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda barcha ishlab chiqarish va qurilish sanoatida beton va temir- beton vodoprovod hamda kanalizatsiya inshootlari qurilishda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Temir-beton, vodoprovod, suv, kontakt, korroziya, armatura, kanalizatsiya, karbonizatsiya, oqova suv, kalsiy bikorbanat (Ca(HCO3)2., vodorod sulfid (H2S), ishqoriy muhit, tuzlar, mikroorganizmlar, karbonat kislota (H2CO3), ohak, rang, ionlar, defekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники