Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDA KAM SONLI MILLATLAR TARIXINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Nurboyev Qurbon Aralboyevich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
The article presents some comments on the study of the history of the ethnicity of ethnic minorities of Samarkand, including the Iranian ethnographic group. Keywords: Interethnic relations, development strategy, Uzbekistan-Iran friendship society, ethnic tolerance. O‘zbekiston ko‘p millatli davlat sifatida (130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi) millatlararo munosabatlar, diniy bag‘rikenglik jabhalarida to‘g‘ri islohotlarni amalga oshirayotgan yosh respublikadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 19- maydagi PF-5046-son Farmoni ijrosini ta’minlashdan kelib chiqib, 2017-yil 23- mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, u o‘z faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 74- maqsadida jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar tarkibiga Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasini qo‘shish hamda uning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan. [2] Hozirgi vaqtda Samarqand viloyati hududida 90 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Samarqand viloyatining etnik tarkibi O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlaridan o‘zining bir qancha xarakterli xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, viloyatda respublikadagi jami o‘zbeklarning 12,5 %i, tojiklarning 22,4 %i, yahudiylarning 12,3 %i, ozarbayjonlarning 14,6 %i, turkmanlarning 17,4 %i, armanlarning 24,2 %i, eronilarning 78,5 %i yashaydi. [3:31] Ma’lumotga e’tibor qaratsak, Samarqandda O‘zbekistondagi eroniy etnografik guruhining asosiy qismi istiqomat qiladi va yana shuni alohida ta’kiddash lozimki, Samarqandda istiqomat qilayotgan eroniylar etnografik guruhining ilg‘or ziyolilar qatlami O‘zbekiston – Eron o‘rtasida 155 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi do‘stlik aloqalarining rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, bu borada 1991-yil 7- iyunda tashkil etilgan O‘zbekiston–Eron do‘stlik jamiyati va uning Samarqand bo‘limi ikki davlat o‘rtasida madaniy, ilmiy, adabiy aloqalarning sermazmun ahamiyat kasb etishida faol rol o‘ynamoqda. Samarqand eroniylar etnografik guruhining madaniyatini, an‘analarini saqlash, rivojlantirishda milliy-madaniy markazning o‘rni beqiyosdir. Panjob madrasasi binosida 1990-yil 10-mart kuni etnografik guruh – eroniylar milliy-madaniy markazi ish boshladi. Markazning tashkil topishi professor Erkin Hojiyev, Mullo Muhammadali Ahmedov, nafaqadagi o‘qituvchilar Nurmamat Mamadaliyev, Ali Ibrohimovlar tashabbuskor bo‘ldilar. Markaz faoliyatiga professor Erkin Hojiyev rahbarlik qildi. Ali Ibrohimov va Mamarahim Halimov rais o‘rinbosarlari sifatida ish olib bordilar. Markaz faoliyat ko‘rsatgan 1990-1994 yillar voqealarga juda boy davr bo‘ldi. Markazda Samarqandda yashovchi eroniylar etnografik guruhining tarixi, urf-odatlari, rasm- rusumlarini qayta tiklash, o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilmoqda. “Respublika poytaxtida boshqird, tojik, arman, nemis, dungan madaniyat markazlari ham ishlab turibdi. Respublikamiz viloyatlarida ham bunday markazlar anchagina. Ana shunday markazlardan biri Samarqand shahrida tashkil etilgan eroniylarning “Panjob” milliy-madaniy markazidir. Ushbu milliy-madaniy uyushmaning faoliyat yo‘nalishi millatlararo do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, eroniylarning milliy urf-odatlari va yaxshi an’analarini rivojlantirish, milliy ixtiloflarga yo‘l bermaslik, baynalmilal aloqalarni mustahkamlashdir. Uyushmaning harakat dasturida kelajakda muzey hamda kutubxonalar tashkil etish, boshqa milliy-madaniy markazlar bilan aloqalar o‘rnatish, folklyor-etnograf ansambli tuzish kabi ezgu ishlar rejalashtirilgan”. [5:115] Samarqand eroniylari etnografik guruhining tarixi, madaniyati, san’atining dunyoga yuz tutishiga, bugungi kundagi ushbu guruh vakillari ishbilarmonlik muhitiga, qolaversa, etnik bag‘rikenglikka muhim ta’sir etadi. “Etnik bag‘rikenglikni shakllantirish – millatlararo mojarolarning oldini olish va bartaraf etishning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Bu jarayonda ko‘p xil madaniyatlarni birlashtiruvchi yagona makonni vujudga keltirishning ahamiyati kattadir. Buning uchun avvalo millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash zarurki, quyidagilar ushbu madaniyatning o
Доказательный фрагмент
«The article presents some comments on the study of the history of the ethnicity of ethnic minorities of Samarkand, including the Iranian ethnographic group.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents some comments on the study of the history of the ethnicity of ethnic minorities of Samarkand, including the Iranian ethnographic group. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Interethnic relations, development strategy, Uzbekistan-Iran friendship society, Millatlararo munosabatlar, etnik bag‘rikenglik., taraqqiyot strategiyasi, O‘zbekiston–Eron do‘stlik jamiyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025