К содержанию
РецензированоUZ2025

ILK O‘SMIRLIK YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR IJTIMOIYLASHUVINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Fazilat Xankeldiyevna Kuchkarova · Baxora Akramovna Xodjayorova

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Socialization is the process of formation of a person under the influence of education, culture, and communication, expressing the interaction of people with each other and the process of mastering exemplary behavior, psychological mechanisms, social norms, and values necessary for the successful development of society. Keywords: Social, socialization, education, upbringing, communication, individual, culture, personality, personal development, values, and activity. Kirish. Ijtimoiylashuv masalalarini o‘rganishning falsafiy, pedagogik, sotsiologik va ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlarini ajratish mumkin. Sosiologik yo‘nalish individning ijtimoiylashuvini ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirishish uchun ma’lum bir ijtimoiy xususiyatlarni o‘zlashtirish bilan aloqadorlikda, ijtimoiy-psixologik yo‘nalish esa ijtimoiylashuvda ontogenez davrida ijtimoiy me’yor, madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonida aks etishini ifoda etadi. Pedagogik yo‘nalishda ijtimoiylashuv ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muamolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganadi [116; 68]. Ijtimoiylashuv insonning ta’lim, madaniyat, kommunikasiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni bo‘lib, insonlarning bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalab, jamiyatning muvaffaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, ijtimoiy norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘ta murakkab jarayondir. Yosh va individual o‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlariga ta’sir etib, uning individual o‘zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi 152 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi maqomi (iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni) orqali ifodalanadi. Maqom negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo‘nalganligi sababli shaxsni faollashtiradi. Ijtimoiy maqom, rol, iqtidor, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs xususiyatlarining asosini tashkil etadi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl uning jamiyatdagi hayot yo‘li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. O‘smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim: -o‘z so‘zi va ishining egasi bo‘lish; -hozirgi davrda muhim bo‘lgan masalalar bilan band qilish; -huquqqa qarshi bo‘lmagan, puxta o‘ylab chiqilgan maqsadlarni qo‘yish. O‘smirlik davrida (12-15 yosh) o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi. O‘smirlik yoshida bolada o‘z- o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?” savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi. Pedagogik yordam o‘z ichiga ijtimoiy- pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam. Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi masalalar bo‘yicha ota-onalarni har tomonlama o‘rganishni ko‘zda tutadi: ➢ ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy- biologik tayyorgarligi; ➢ bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni; ➢ bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona ijtimoiy maqomining ahamiyati; ➢ oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati; ➢ ota-ona hayot masalalari bo‘yicha maslahatlar olishi uchun, voyaga yetmagan bolalarga murojaat qilishning antipik bo‘lgan amaliyotini xabardorligi; ➢ oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabatning shakllanganligi. Muhakama va natijalar. Turli soha vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuv xilma-xil (madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik) ko‘rinishlarni o‘zida aks ettiradi. Ta’lim va tarbiya haqida gap ketganda esa bu sohadagi ijtimoiylashuv insonning dunyoga kelgan vaqtidan

Доказательный фрагмент

«Socialization is the process of formation of a person under the influence of education, culture, and communication, expressing the interaction of people with each other and the process of mastering exemplary behavior,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Socialization is the process of formation of a person under the influence of education, culture, and communication, expressing the interaction of people with each other and the process of mastering exemplary behavior,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Social, socialization, education, upbringing, communication, individual, tarbiya, qadriyat va faoliyat., Ijtimoiy, shaxs rivojlanishi, ta’lim, ijtimoiylashuv, muloqot, shaxs, madaniyat, individ
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники