К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH (MUAMMOLAR VA YECHIMLAR)

Quchqorov Vaxob Xoshimovich · Rasulov Bekzod Boymuratovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Jamiyat a’zolarining siyosiy madaniyati butun bir mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga katta ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, yetakchi kuch sanalgan yoshlar siyosiy madaniyati mamlakat istiqbolini belgilab beruvchi muhim mexanizm sanaladi. Yoshlarning siyosiy madaniyatini rivojlantirish mamlakatda demokratiya va inson huquqlarining ta’minlanishi, adolatli, shaffof jamiyat tamoyillarining amalda ishlashiga xizmat qiladi. Ushbu maqolada yoshlarning siyosiy madaniyati, ularning saylov jarayonlariga munosabati tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: siyosiy madaniyat, yoshlar siyosiy madaniyati, saylov, siyosiy bilim, siyosiy savodxonlik. Hozirgi vaqtda dunyo aholisining beshdan bir qismini 15 yoshdan 25 yoshga bo‘lgan yoshlar1 tashkil qiladi. Ayni shu yosh insonning shakllanish davri, bilim va kunikmalarga ega bo‘ladigan va jamiyatning faol kuchiga aylanadigan yosh hisoblanadi. Mana shu yoshdagi insonlar, ayniqsa, 18 yoshdan voyaga yetgan shaxs sifatidagi jamiyat hayotidagi siyosiy ishtiroki juda muhim masalalardan biri sanaladi. Yoshlarning siyosiy madaniyat darajasi va siyosiy jarayonlardagi ishtiroki ulardagi xulq-atvorning ajralmas qismi sifatida shakllanadi. Siyosiy madaniyat – muayyan shaxslar, fuqarolar, guruhlar, omma, jamoatchilik institutlari, davlat va nodavlat, notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, xullas, jamoat birlashmalari faoliyatida fuqarolarning ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi. Bular siyosiy madaniyatni amalga oshiruvchi subyektlar va institutlar sifatida uning shakllanishi va qaror topishida muhim rol o‘ynaydi.2 Siyosiy madaniyat jamiyatning taraqqiyoti va barqarorligi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlar orasida siyosiy madaniyatning rivojlanishi davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim kafolatidir. Bugungi kunda yoshlar siyosiy jarayonlarga kamroq qiziqish bildirmoqda, bu esa ularning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faolligini pasaytirmoqda. Ushbu maqolada yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning siyosiy faolligi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi siyosiy va huquqiy bilimlarining shakllanishi davlat siyosati darajasida islohotlarni talab 1 youth-political-participation.pdf 2 ҲайдаровА.Ҳ. Ўзбекистон жамиятисиёсий маданиятида миллий-маънавий қадриятларнинг ўрни./ Сиё.фан. ном. ...дисс. -Т. 2005. – 168 б. -Б. 41-42 141 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi qilib, yoshlarga oid davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining 14.09.2016 yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni3, 2017 yil 5 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni4, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmonida va boshqa ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlarda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy bilimga ega bo‘lgan zamonaviy yoshlar sifatida shakllantirishga oid islohotlarni belgilab berdi. Davlatning qo‘llab-quvvatlovi natijasida yoshlar dunyoqarashida muayyan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ilm-fanga bo‘lgan qiziqish ortib borayapti. O‘zbekiston yoshlari birin-ketin dunyo marralarini zabt etib kelmoqda. So‘nggi yillarda yoshlarda siyosiy qiziqishlar ma’lum darajada ortib bormoqda. Buni mamlakatmizda o‘tkazilgan saylovlarda yoshlarning ishtiroki darajasini tahlil qilsak, muayyan xulosa shakllanadi. Jumladan, 2019 yilgi parlament saylovlarida Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yosh saylovchilarning ishtiroki 70%dan oshgan. Bu ko‘rsatkich yoshlarning siyosiy jarayonlarga qiziqishi va faolligini namoyon etadi. 2021 yilgi prezidentlik saylovlarida esa, yoshlar ishtirokining foizi 75%ga yetgan. Bu esa yoshlarning mamlakat kelajagiga bo‘lgan mas’uliyati va siyosiy faolligining oshganini ko‘rsatadi. Bu albatta, juda yaxshi holat, islohotlarning natijasi sifatida baholanadi. Ammo, nafaqat O‘zbekiston yoshlarida, balki butun jahon yoshlarida haligacha siyosiy madaniyat, siyosiy qarashlarda mustaqil fikrlash, siyosiy jarayonlardan manfaatdor bo‘lish hissi yetarli emasdek. 2012 yil avgust oyida BMT tomonidan o'tkazilgan so'rovda 186 mamlakatdan o'z ovozini bildirgan 13 000 respondentning aksariyati yoshlar uchun asosiy muammolar qaror qabul qilish jarayonlarida samarali ishtirok etish imkoniyatlari cheklanganligini ta'kidladi. Cheklangan imkoniyatlar va inklyuziv qarorlar qabul qilish jarayonlarida mazmunli ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lgan yosh yigitlar va ayollar o'z jamiyatlari va jamoalarida o'zlarini chetlangan

Доказательный фрагмент

«Jamiyat a’zolarining siyosiy madaniyati butun bir mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga katta ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jamiyat a’zolarining siyosiy madaniyati butun bir mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga katta ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
siyosiy madaniyat, saylov, siyosiy bilim, siyosiy savodxonlik., yoshlar siyosiy madaniyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники