Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TEMUR TUZUKLARI”NING YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYGʻUSINI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI
TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI · Omonturdiyev Orzu G’afforovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Milliy mentalitetidagi tarixiy oʻzgarishlar, temur tuzuklaridagi ma`naviyati, hozirgi zamonning ma`naviyati bu jarayonda yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy qiyofasini hamda ertangi kun istiqbolini belgilash masalalari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: taraqqiyot, yoshlar, faollik, intellektual salohiyat, falsafiy qunyoqarash. Tarixni bilmasdan turib kelajak qurib bo`lmaydi deymiz. Biz ertangi kunimizni yaratish uchun albatta oʻtmishga nazar tashlaymiz va oʻtmishimiz bilan ertangi kunimizni quramiz. Biz o`zligimizni qachon anglab etamiz qachonki oʻtmishga nazar tashlasak. Oʻtmish deganda ajdodlarimiz yashab oʻtgan, qilgan ishlari, qoldirgan pand-nasihatlarini tushunamiz. Tarixdan ma`lumki ajdodlarimiz deganda koʻz oldimizga olimu-ulamolar uzidan yaxshi iz qoldirib yashab oʻtgan buyuk shaxslar bobolarimiz keladi va bu insonlar bilan hammamiz faxrlanamiz. Shundan tariximizga juda katta iz qoldirgan buyuk sarkarda Sohibqironning "Tuzuklari"ni qancha talaba oʻqigan va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholonki, bu ajdodlarimizning gʻalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi koʻplab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham oʻrganishadi". Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash– oʻzligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulugʻlash–tarix qa'riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir. Mustaqillik yillarida “Temur tuzuklari” qayta-qayta nashr etilayotgani tahsinga loyiq. Turli manbalarda bu asar turli tildagi tarjimalarga mos holda "Temur tuzuklari", "Tuzukot Temuriy", "Temurning aytganlari" va "Voqeoti Temuriy" -"Temurning boshidan kechirganlari", "Qissai Temur", "Malfuzoti Temuriy", "Temur Qissasi", "Zafar yo'li", "Zafarnoma", "Tarjimai hol", "Esdaliklar", "Tanziymot" (yangi qonun-qoidalar, islohot), turkiy chigʻatoy tilidan rus tiliga oʻgirilganda Malfuzot va Tuzukot oʻrniga "Dastur ul amal" nomlari bilan mashhurdir ]. Bugungi kunda “Temur tuzuklari”ning qoʻlyozma va toshbosma nusxalari dunyo boʻylab keng tarqalgan. Ushbu noyob asarni jahonning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Rossiya, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalaridan topsa boʻladi. Tuzuk nima? “Tuzuk” soʻzining lugʻaviy ma'nosi qonun-qoidalar toʻplami, nizom, degan ma'nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, Tuzuk – Konstitusiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni, deganidir. “Konstitusiya” atamasi, “Imperator Konstitusiyasi” deb atalgan qonun misolida, qadimgi Rimdayoq ma'lum boʻlgan. Oʻz navbatida, “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizasiyasiga xos alohida shakldagi konstitusiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlib, shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta'sir oʻtkazgan. 137 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi Amir Temur saltanatining ijro etuvchi tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajatlar, mulkchilik, etishtiriladigan hosil, chorva, yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya sohalarini boshqargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish, ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta'minoti, harbiy mashqlarni tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qatorda, iste'foga chiqqan, urushda yarador boʻlib, mehnat qobiliyatini yoʻqotganlarga nafaqa belgilash kabi yumushlarni ham bajargan. “Temur tuzuklari”ning markazida inson, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish turadi. Shu ma'noda, Sohibqironning huquqiy qarashlarida, avvalo, mamlakat ishlari tuzuki alohida ahamiyatga egadir. “Temur tuzuklari”da va saltanat obroʻ-martabasini saqlashga doir quyidagi toʻrtta asosiy tuzuk sanab oʻtiladi. “Birinchidan, saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi (hazrati Muhammad)ning shariatiga bogʻlab, izzatu hurmatlash vojib boʻlgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirish asosida tuzdim. Saltanatim martabasini toʻra va tuzuklar asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech bir kimsaning qurbi etmasdi. Ikkinchidan, sipohu raiyatni umid va qoʻrquv orasida saqladim. Doʻst-dushmanni murosayu madora martabasida tutdim. Qilmishlarini, aytgan gaplarini sabr-toqat va chidam bilan oʻtkazdim. Doʻst-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelsa, doʻstlarga shunday muomala qildimki, doʻstligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda boʻldimki, ularning dushmanligi doʻstlikka aylandi... Uchinchidan, hech kimdan oʻch olish payida boʻlmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topshirdim. Ish koʻrgan, sinalgan, shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq
Доказательный фрагмент
«Milliy mentalitetidagi tarixiy oʻzgarishlar, temur tuzuklaridagi ma`naviyati, hozirgi zamonning ma`naviyati bu jarayonda yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy qiyofasini hamda ertangi kun istiqbolini belgilash masalalari tah…»
Образец извлечения
Демо-превьюMilliy mentalitetidagi tarixiy oʻzgarishlar, temur tuzuklaridagi ma`naviyati, hozirgi zamonning ma`naviyati bu jarayonda yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy qiyofasini hamda ertangi kun istiqbolini belgilash masalalari tah… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yoshlar, falsafiy qunyoqarash., intellektual salohiyat, faollik, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025