К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI

TDIU SF xodimi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglikni rivojlantirish zaruriyati, gender tenglik munosabatlarining siyosiy- ijtimoiy holati, mazkur masalaga doir qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so’zlar: gender, gender tenglik, siyosiy-ijtimoy munosabatlar, Insoniyat yaralibdiki, erkak va ayollar o‘rtasidagi munosabat, jamiyatda, oilada ularning roli, gender tenglik va gender adolat muammolariga e’tibor qaratilib kelinadi. Bugungi kunga kelib ijtimoiy hayotning asosiy jabhalarida gender tenglikni ta’minlash butun jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qilishi o‘z isbotini topgan. Bugungi islohatlar yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarning bir qismi bo‘lib, unda gender tengligini ta’minlash sohasidagi muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish va ularga yechim sifatida ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, mazkur masalalar bo‘yicha tajriba almashish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Xususan, Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglik munosabatlariga berilayotgan chuqur e’tiborni amalga oshirilayotgan qator loyihalarda ko’rish mumkin. Masalan, 2019-yil 2-sentabr, O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi, unga koʻra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi – Gender tenglikni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid toʻqqizta vazifa ishlab chiqilgagini ham ta’kidlash mumkin. U 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini ta’minlash va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish zarurligini oʻz ichiga oladi. Gender munosabatlarda xalqaro standartlarga haqiqiy yaqinlashuvga erishish, eng muhimi, ayollarni jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha qator oddiy, ammo samarali chora-tadbirlar mavjudligini ta’kidlash mumkin. Mamlakatimizda, kvota tizimining ayollarga yo’naltirilganligining ortib borayotganligini, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan voqeliklar, magistraturaga qabul qilingan xotin-qizlarga kontrakt to’lovlarini to’liq davlat tomonidan qoplanishi haqidagi amaliy chora- tadbirlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, xotin-qizlarning mahalliy 129 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi darajada va ijroiya hokimiyatida vakilligining oshib borishi, ularning parlament faoliyatidagi faol ishtirokini ham ta’kidlash zarur. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda gender tenglik tamoyilini jamiyatga singdirish bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan islohotlar diqqatga sazovordir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020-yil 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75- yubiley sessiyasida o‘zbek tilida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib, gender masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, “Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘paydi”, – deb mamlakatimizda xotin- qizlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tdi. Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida ham xotin- qizlar masalasiga alohida to‘xtalib, gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash siyosatini davom ettirish Yangi O‘zbekiston uchun muhim ustuvor yo‘nalish ekanini jahon hamjamiyatiga ma’lum qildi. Xususan, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasi ekani, milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligi, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat bo‘lishi ta’kidlandi. Gender tenglikka erishish borasida ham tizimli ishlar olib borilayotgani, jumladan, o‘tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49 foiz

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglikni rivojlantirish zaruriyati, gender tenglik munosabatlarining siyosiy- ijtimoiy holati, mazkur masalaga doir qabul qilingan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglikni rivojlantirish zaruriyati, gender tenglik munosabatlarining siyosiy- ijtimoiy holati, mazkur masalaga doir qabul qilingan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
siyosiy-ijtimoy munosabatlar, gender tenglik, gender
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники