К содержанию
РецензированоUZ2025

QADIMGI TURON MADANIYATIDA SHAHARSOZLIK MASALALARINING FALSAFIY TADQIQI

FALSAFIY TADQIQI

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada qadimgi Turon madaniyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq shaharlar hayoti, ulardagi shaharlashish masalalari tahlil etilgan. Unda qadimgi Turon xalqlarning yashash sharoitlari, ular tomonidan shaharsozlikka qo‘shilgan hissalari, zamonaviy qiyofadagi yashash maskanlarini yaratish bilan bog‘liq masalalar falsafiy tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: shaharsozlik, sivilizatsiya, davlat, hamkroilk, jamiyat, madaniyat, siyosat, g‘isht, paxsa, tosh. Arxeologik qazishmalar jarayonida bu qadimgi Turon zaminida Panjikentdagi Mug‘ qal’adan sug‘d yozuvlari topilgan. Taniqli so‘g‘dolog O.I.Smirnova fikrlariga ko‘ra miloddan avvalgi II asr kushon podshosi tangasida “Trirey tabg‘u, kadriz jabg‘u” so‘zlari bilan qiyoslab so‘g‘diylar turk tilida so‘zlashganligi aniqladi. At Tobariy ham sug‘d hokimlari va lashkarlarning turk bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sug‘d tilida eroniy so‘zlarining uchrashi esa qator tarixiy voqealar bilan bog‘liq. M.a. VI asrda Sug‘diyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi munosabati bilan bu yerga forslar ko‘chib kela boshlaganligi aks etgan. Samoniylar davrida ham Balh va Xurosonning boshqa joylaridan forsiyzabon aholi Samarqand va Buxoroga ko‘chib kelganlar va shaharsozlik rivojlangan. Bungacha ular qishloqlar va cho‘l zonasida asosiy turkiy davlatlarda yashaganlar. Samarqand shahrining eng qadimgi qal’asi Afrosiyobni esa m.a. 626 yilda Kayxusrav tomonidan ziyoratga chaqirilib xoinlarcha qatl etilgan. Turon hukmdori Alp Er To‘nga tomonidan bunyod qilinganligi manbalarda qayd etilgan. Abu Tohirxo‘janing “Samariya” kitobida qayd etiladi: “Turk Afrosiyob Manuchehrni yengib Turon yurtini qo‘lga kiritganda o‘sha Turning poytaxti bo‘lgan o‘rinni imorat qilib unda o‘rinlashdi. Samar otliq bir xon ushbu shaharni soldirdi, eng avvalo “qand” degan turk aymog‘i bunda o‘rnashdi. Shuning uchun ham bu shahar Samarqand ataldi” [1]. Manbalardan ko‘rinadiki, Sug‘dda azaldan avtotxon turk qabilalari yashab kelgan, keyinchalik esa turli etnoslar bilan aralashib o‘ziga xos bir etnik tipni hosil qilgan, ammo madaniyat o‘zagini ko‘hna Turon ildizlari tashkil etgan. Ko‘rinib turibdiki, sivilizatsiyalar shodasida qadimgi Turon haqli ravishda o‘rin olgan, chunki unda sivilizatsiyaning barcha belgilari mavjud edi. Hozirgi zamon ilmida sivilizatsiyaning (lotincha “civitus” – “shahar” fuqarolik jamiyati) asosiy belgilariga sinflar, shaharlar, davlat va pul-tovar munosabatlari kiritiladi [2]. Agar ushbu ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsa Turonda sivilizatsiyaning barcha alomatlari: shaharlar, davlatlar, zaif rivojlangan bo‘lsa sinflar va pul-tovar munosabatlari mavjud edi va bu inkor qilib bo‘lmaydigan tarixiy faktdir va olimlarimiz uni o‘rganishlari zarur. Turonda Mesopotamiya, Old Osiyo, Yunoniston, Rimdagi kabi shahar-davlatlar, polislar emas, balki o‘ziga xos shaharlar tashkil topdi. Hozirgacha Qadimgi Turondagi eng qadimgi shaharlar yoshini 2700 yil deb belgilash rasm bo‘lib qolmoqda. Ammo, ayrim tadqiqotchilar Turonda shaharlarning paydo bo‘lishi miloddan avvalgi II minginchi yillikda yuz berganligini qayd qilmoqdalar [3] va bu hodisani o‘troq dehqonchilikning jez asriga kelib ong tarqalishi, ayriboshlash va hunarmandchilikni rivojlanishi bilan bog‘lamoqdalar. Afsuski, Misr, Yunoniston, Hindiston, Old Osiyodagi shaharlardan farqli o‘laroq Markaziy Osiyodagi shaharlar paxsa yoki 121 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi hom g‘ishtdan qurilganligi uchun iqlim va ob-havo ta’sirida yemirilib ketgan yoki juda kam saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi I minginchi yillikda Turonda temir qurollarining ishlatila boshlanishi natijasida shaharlashish jarayoni yanada kuchaydi. Bu davrda Sug‘dda Afrosiyob, Yerqo‘rg‘on, Baqtriyada Baqtra, Termiz, Qiziltepa, Farg‘onada Dalvarzin, Chust, Xorazmda Ko‘zaliqir, Qal’aliqir kabi qadimgi shaharlar tashkil topgan bo‘lib, ular keyingi madaniy hayotga kuchli ta’sir ko‘rsatdilar. Gap shundaki, shaharlarning vujudga kelishi, birinchidan, madaniyat markazlari, epitsentrlarining vujudga kelishiga olib keldi; ikkinchidan ular siyosiy, ma’muriy, harbiy markazlar, davlat poytaxtlariga aylandiki, bu siyosiy madaniyat borasida benazir hodisa edi; uchinchidan shaharlar iqtisodiy madaniyat sohasi, hunarmandchilik, tijorat, pul muomalasini yangi sifatiy darajaga ko‘tardilar. O‘sha davrdagi shahar bozorlari axborot almashinish joyi, sud amallari maydoni, xalqaro muloqot maskani, xalq yig‘inlari o‘tkaziladigan joy va hokazo funksiyalarni bajarar edilar. Hukmdorlar qarorlari ham bozorda e’lon qilinardi (albatta a’zosi tarzida. Yunoniston va Rimda agora va forum (ya’ni bozor maydonlarida) ular mos lavhalarga yozib qo‘yilgan). Shaharlar dastlab daryo yoki irmoqlar yaqinida joylashgan, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida vohalar ichkarilarida ham qad ko‘tara boshlagan, hatto cho‘l zonasida yashagan ko‘chmanchi aholi ham qator shaharlar

Доказательный фрагмент

«Maqolada qadimgi Turon madaniyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq shaharlar hayoti, ulardagi shaharlashish masalalari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qadimgi Turon madaniyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq shaharlar hayoti, ulardagi shaharlashish masalalari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
g‘isht, paxsa, shaharsozlik, davlat, siyosat, jamiyat, tosh., madaniyat, hamkroilk, sivilizatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники