К содержанию
РецензированоUZ2025

SAMARQAND VILOYATI KUTUBXONALARI FAOLIYATIDAN (STATISTIK MA’LUMOTLAR ASOSIDA)

MA’LUMOTLAR ASOSIDA) · Jiyanbekova Sharofat Abdikaxarovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Samarqand viloyati kutubxonasi tarixi statistik ma’lumotlar va boshqa birlamchi tarixiy manbalarga tayangan holda yoritilgan. Tarixshunoslik masalalari va adabiyotlar tahlili asosida, 1917- 1991 yillarda Samarqand viloyati kutubxonalarining rivojlanib, kitob fondlarining ortib borganligi xulosa qilindi. Kutubxonalar, ularning soni faoliyati tahlil qilinib, sohadagi muammolarga yechimlar bo‘yicha takliflar berildi. Kalit so‘zlar: Samarqand kutubxonalari, kitob, kutubxona, kutubxonashunoslik, mutolaa madaniyati, bolalar adabiyoti. Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Birinchi, Ikkinchi, hatto Uchinchi Renessans davrida ham Samarqand ilm - ma’rifat markazi bo‘lib qolmoqda. [5] Bu borada ayniqsa, kutubxonalar faoliyatini va aholi o‘rtasida kitobsevarlikni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan ziyo maskanlari haqida izlanish va tadqiqotlar olib borish davr taqozosidir. [7] Bugungi kunda Samarqand viloyatining aholisi soni 2023 yilda 4186.1 ming kishini, Samarqand shahri aholising soni esa 3928,7 ming kishini tashkil qilmoqda. Yurtimizda yoshlar aholining ko‘proq qismini tashkil qilganligini hisobga olsak, kitob o‘qish, kitobxonlik, mutolaa masalalarini o‘rganish globallashuv davrida ahamiyatlidir. [13] Dunyoda ham kutubxonalar, kitob mutolaasi borasida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. [8] “NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda kishilar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko‘rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o‘tkazar ekan, 6,5 soatlik davrini esa mutolaaga ajratadi. NOP World Culture Score Index tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Hindiston aholisi o‘rtacha haftada eng ko‘p kitob o‘qiydi, Tailand ikkinchi, Xitoy esa uchinchi, AQSh 22-o‘rinni egalladi. [2] Ushbu ma’lumotlar orasida yurtimizni ham yaqin kelajakda ko’rishni judayam hohlardik. Yurtimizda kutubxonlar, kutubxonachik ishi, kitob o‘qish, mutolaa masalalarida muammolar mavjud. [9] Ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida yanada ko ‘proq kitob o‘qishni tezlik va shijoat bilan amalga oshirishimiz zarur. Bunda butun Xalq ta’limi soha vakillari, madaniyat va san’at vakillari va har birimiz mas’ulmiz. 2030 yilgacha O ‘zbekiston Respublikasi katta islohotlarni, vazifa va maqsadlarni belgiladi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev o‘zining asarlarida [1] ko‘p marotaba bu masalarga va sohadagi muammolarga to ‘xtalib o‘tmoqda. Davlatimiz tomonidan bir qancha qarorlar qabul qilindi va jadal o‘zgarishlar, yangiliklar, islohotlar amalga oshirilmoqda. [9] Hozirgi kunda Samarqandda 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musiqali 114 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi drama teatri, A. P. Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. [12] Samarqand qadimdan dunyo sivilizatsiya o‘choqlaridan bo‘lib kelgan. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan bu shahar turli xalqlarning urf-odatlarini o‘zida mujassamlashtirgan va dunyo madaniyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. . [10] Samarqand viloyatidagi kutubхonalar faoliyati 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, kutubхona muassasalari soni 316 tani tashkil etadi: ulardan aхborot-kutubхona markazlari 1 ta, ta'lim muassasalari aхborot-resurs markazlari 313 ta, ko‘zi ojizlar uchun kutubхonalar 1 ta va boshqa kutubxonalar 1 ta. Shu jumladan Jami Shahar joylarda Qishloq joylarda Muassasalar soni, birlik 316 175 141 Foydalanuvchilar soni, 8704,8 7664,5 1040,3 ming kishi Foydalanuvchilar soni, 752,6 584,7 167,8 ming kishi Foydalanishga berilgan kitob va jurnallar, ming 4365,0 3702,7 662,2 nusxa Samarqand viloyatida 1 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, 15 ta shaharlar va tumanlar axborot-kutubxona markazlari, Oliy taʼlim muassasalaridagi 12 ta axborot-resurs markazlari, xalq taʼlimi tasarrufidagi maktablarda 1268 ta maktab kutubxonalari, 74 ta kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalaridagi axborot-kutubxonalar, 1 ta Samarqand viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot kutubxonasi, madaniyat boshqarmasiga qarashli 17 ta koʼzi ojizlar kutubxonalari faoliyat koʼrsatmoqda. [13] Jami kutubxonalarning kitob fondidagi adabiyotlar soni 8,2 mln nusxadan ortiqni tashkil etadi. 2023 yilning oʼtgan davri mobaynida Samarqand viloyatidagi shaharlar va tumanlar axborot-kutubxona markazlari tomonidan jami 408 687 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatilgan. Shundan foydalanuvchilarga jami kitob berilishi 851 039 donani tashkil etgan. Viloyat, shaharlar va tumanlar axborot-kutubxona markazlarining umumiy kitob fondi 925 010 tani tashkil etib, shulardan 361 103 tasi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Samarqand viloyati kutubxonasi tarixi statistik ma’lumotlar va boshqa birlamchi tarixiy manbalarga tayangan holda yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Samarqand viloyati kutubxonasi tarixi statistik ma’lumotlar va boshqa birlamchi tarixiy manbalarga tayangan holda yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kutubxona, bolalar adabiyoti., mutolaa madaniyati, kitob, kutubxonashunoslik, Samarqand kutubxonalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники