К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLARDA ALTRUIZMNI SHAKLLANTIRISHDA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASINING O‘RNI

POZITSIYASINING O‘RNI

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish orqali altruizmni rivojlantirishga qaratilgan falsafiy qarashlar mohiyati ifodalagan. Unda jamiyatdagi yoshlarni insonlarga maishiy va ijtimoiy hayotda yordam berishini kuchaytirishning milliy taraqqiyot bilan uyg‘un jihatlari, jamiyatda altruizmga munosabatining axloqiy masalalari yoritib berilgan. Kalit so’zlar: faol fuqarolik, jamiyat, ma’naviyat, altruizm, yoshlar, ijtimoiy hayot, shaxs, falsafiy qarash, faoliyat, qadriyatlar. Bugungi kunda yoshlar orasida ijtimoiy altruizmning o‘sishi moddiy omillarning muayyan ijtimoiy-ruhiy hodisa bilan birgalikda harakati bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Davlatning rivojlanish salohiyati hozirgi kunda yoshlardan faol fuqarolik pozitsiyasini o‘zgartirish davr uchun siyosatda muhimligini ko‘rstamoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy siyosatdagi jarayonlar jamiyatning barcha sohalarida yoshlarning altruizmga asoslangan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish ko‘rsatkichlaridan biri aholining ijtimoiy faolligi ekanligini namnyon etmoqda. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy faoliyat altruistik qarashlarda o‘zaro hamkorlik va hamkorlik qilish, demokratik islohotlarda ishtirok etishga e’tiborni kuchaytirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Altruizm yoshlarda ijtimoiy faol fuqarolik pozitsiyasining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida jamiyat sub’ektining o‘z hayotidagi ishtiroki va qiziqishi, ijtimoiy normalar, ideallar, qadriyatlarning u (sub’ekt) tomonidan interiorizatsiyalashuvidagi faoliyat o‘lchovidan kelib chiqadi. Ijtimoiy normalar va ideallarni idrok etish yoki inkor etish fuqarolik yetukligining ko‘rsatkichi bo‘lib, shaxsning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etishga tayyorlik darajasini aks ettiradi. Yoshlarning yangi ijtimoiy harakatlar negizida altruizmni rivojlantirishi ularning birlashishiga imkoniyat beradi. Ulardagi faol fuqarolikni rag‘batlantirish u o‘z navbatida demokratiyaning rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi jamiyatning barcha tuzilmalari va qatlamlarining o‘zaro munosabatlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi eng muhim tushuncha bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlarda sivilizatsiya, demokratiya darajasini tavsiflaydi. Shunga asoslanib, yoshlarda altruistik g‘oyalar ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va boshqa jarayonlar ta’sirida shakllanadi. Uning rivojlanishi butun fuqarolik muhiti bilan belgilanadi, bu odamlar bevosita aloqada bo‘lgan va o‘z faoliyatida hisobga olgan institutsional va boshqa shaxslar majmui. Faylasuf olimlar uning jamiyatda axloqiy normalarga tayanib altruistlar faol fuqarilk pozitsiyasida bo‘lishini ta’kidlaydilar. Professor Q.Nazarov fikricha, “altruizm – odatda, yaqinlarga mehr-muhabbat bilan qarash, odamlarning xatolarini kechirish, o‘zining qadr- qimmatini chetlab o‘tib, uy-fikri va xatti-harakatini boshqalar hayotiga bag‘ishlash, o‘zini tamomila unutishni anglatadi” [1]. Bunday insonlar o‘tmishda ham, hozirda ham ko‘plab topiladi. Ular o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan ko‘ra jamiyatning, biror-bir insonning qadrini ko‘tarish uchun butun umr intiladilar. Altruizm ezgulik va insonparvarlik instinkti sifatida barcha instinktlarning 102 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi tendentsiyalarini axloqiy jihatdan jamiyatda inson qalbida rivojlantirib, o‘z xayrixohligi asosida fuqarolar bilan yaqinda ijtimoiy ko‘makni amalga oshiradi. Altruizm jamiyatdagi axloqiy me’yorlarga tayanar ekan, fuqarolardagi egoizmni yo‘qotish uchun intiladi va unga qarshi voqelikda namoyon bo‘ladi. “Altruizm – egoizmga qarama-qarshi axloqiy prinsip bo‘lib, u boshqa kishilarga beg‘araz xizmat qilishdan, ulardan baxt-saodati uchun o‘z shaxsiy manfaatlarini qurbon etishdan iborat” [2]. Shu boisdan bunday insonlar o‘zining ichki his-tuyg‘ulari va mehr-muhabbatini o‘zgalar bilan baham ko‘rish uchun kuch-g‘ayratini faol fuqaroilk pozitsiyasi orqali sarflaydilar. Altruist yoshlar ijtimoiy tuzimning maxsus tuzilmasini tashkil etuvchi tarkibiy qism bo‘lib, hukmron instinktlarning egosentrizmini olib tashlaydi, vijdon, rahm-shafqat, hamdardlik, muhabbat, adolat kabi qadriyatlarni ichkilashtirishga sabab bo‘ladi. Instinktiv sohadagi altruizmning shaxs instinktlari va yo‘nalishlariga ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Bu tushunchaning falsafiy qarash sifatida o‘rganilish zarurati yoshlikdan boshlab alohida ma’no kasb etishi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, falsafiy qarash haqidagi kundalik fikrlar ko‘pincha bu hodisaning mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydi va ko‘pincha fan nuqtai nazaridan uning talqinidan farq qiladi. Biroq, falsafiy qarash bo‘yicha ilmiy tadqiqotga qo‘yilgan muammoni hal qilish dolzarb vazifadir. Nazariy manbalarni tahlil qilish natijasida falsafiy qarashning ko‘plab ta’riflari mavjudligi aniqlandi. Turli tadqiqotchilarning qarashlarini tahlil qilish natijasida altruizmning mohiyatini

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish orqali altruizmni rivojlantirishga qaratilgan falsafiy qarashlar mohiyati ifodalagan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish orqali altruizmni rivojlantirishga qaratilgan falsafiy qarashlar mohiyati ifodalagan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qadriyatlar., yoshlar, ma’naviyat, altruizm, jamiyat, shaxs, falsafiy qarash, faol fuqarolik, faoliyat, ijtimoiy hayot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники