Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI OʼZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Qobilov Rustam Radjabboevich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Oʼzbekistonda milliy turizmni rivojlantirish jarayonida turizmning rivojlanishining konseptual omillarini oʼrganish, uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib, turizm rivojlanishining kelgusidagi istiqbollarini belgilash haqida soʼz boradi. Kalit soʼzlar: aholi turmushini yaxshilash, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish globallashuv, axborotlashuv, turizni rivojlanishining iqtisodiyotga foydasi. Bugungi kunda turizm sohasi xalqaro miqyosda aholini ish bilan taʼminlash, fuqarolarning turmush farovonligini oshirish, davlat iqtisodiyotini rivojlantirish sohasida muhim ahamiyatga yega boʼlib bormoqda. Shuningdek, globallashuv va axborotlashuv jarayonlarining kuchayib borishi milliy turizmning rivojlanishiga oʼz taʼsirini oʼtkazmoqda. Hozirgi davrda milliy turizm rivojlanishining konseptual omillarini oʼrganish, uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib turizm rivojlanishining kelgusidagi istiqbollarini belgilash dolzarb ahamiyat kasb yetmoqda. Hozirda Oʼzbekistonda zamonaviy turizm infrastrukturasini rivojlantirish masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganlaridek: “Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmogʼiga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa boʼlib qoladi” . Oʼzbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish maqsadida 2019 yil 13 avgustdagi PF- 5781-son “Oʼzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”, 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son “Oʼzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorlari qabul qilingan. Oʼzbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan vazifalardan hisoblanadi. Аvvalambor turizm sohasini rivojlantirishning muhim omili – bu ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilishdir. Bugungi kunda Oʼzbekistonda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun zarur infrastrukturani shakllantirish masalasiga katta eʼtibor qaratilib, Respublikamizda 20 dan ziyod turistik yoʼnalishlar chet ellik turistlarni oʼziga jalb etib kelmoqda. Oʼzbekistonga 2016 yilda 1 million 300 ming, 2017 yilda qariyb 2 million 700 ming, 2018 yilda 5 million 346 ming 200 kishi, 2019 yilda 6 million 748 ming 500 kishidan iborat turistlar kelib, 2020 yilda ularning sonini 7,5 millionga, 2023 yilda 10 million kishiga yetkazish moʼljallandi. Bu yoʼnalishlar asosan YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan madaniy tanishuvlar dasturi asosida tayyorlangan boʼlib, bunda Oʼzbekiston Markaziy Osiyodagi muvofiqlashtiruvchi markazlardan biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Oʼzbekistonda milliy turizm infratuzilmasini rivojlantirishda barcha infratuzilma obʼektlarini jahon andozalari darajasiga yetkazib, turizm infratuzilmasining tarkibiy qismlari, mehmonxona, transport, oziq-ovqat, dam olish, davolash va boshqa koʼngilochar xizmatlarni yuqori darajada tashkil etish masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʼzbekistonda turizm resurslaridan samarali foydalanishda transport infratuzilmasining roli va hissasi katta boʼlib, “Oʼzbekistonda milliy turizmning rivojlanishiga Oʼzbekiston avtomobilь yoʼllari, “Oʼzbekiston Havo yoʼllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” davlat aktsiyadorlik temiryoʼl kompaniyasi kabilar katta taʼsir koʼrsatib kelmoqda. Oʼzbekistonda milliy turizmni rivojlantirishda mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Mehmonxonachilik ishini tashkil qilishda xodimlarning tayyorgarligi, maʼlumoti, malakasi, yoshi, 96 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi sogʼligi, chet tillarni bilishi va tashqi koʼrinishiga ham bir qancha talablar qoʼyiladi. Ovqatlantirish infratuzilmasida mehmonxonalar qoshidagi yoki yakka tarzdagi restoran, bar, kafelar faoliyat olib borib, turistlar va mahalliy aholiga xizmat koʼrsatmoqda. Ushbu sohada ham gastronomik turizm bilan birgalikda kelgan turistlarning milliy taomlari, diniy eʼtiqodlarini xisobga olgan holda xizmat koʼrsatish tizimini shakllantirish talab qilinadi. Bugungi kunda Oʼzbekistonda ayrim ovqatlantirish muassasalari yuqori darajada xizmat koʼrsatish usullaridan foydalangan holda faoliyat olib borsa, ayrimlarining xizmat koʼrsatish darajasi talabga javob bermaydi. Ularga xizmat koʼrsatish madaniyatini yanada yuksaltirish talab etiladi. Oʼzbekistonda milliy turizmning rivojlanishida bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar ham muhim oʼrin tutadi. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil moliyaviy xizmat turlaridan foydalanadilar. Turistlarga xizmat koʼrsatish tizimi qanchalik takomillashtirilsa, kelgusida turizmning yanada taraqqiy etishiga bevosita oʼzining taʼsirini koʼrsatadi. Oʼzbekistonda milliy turizmning rivojlanishida axborot xizmati ham muhim ahamiyatga ega boʼlib, Oʼzbekistonga sayohat maqsadida kelayotgan turistlar oʼzi boradigan joy haqida, oʼzi boradigan hududning qonun
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oʼzbekistonda milliy turizmni rivojlantirish jarayonida turizmning rivojlanishining konseptual omillarini oʼrganish, uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib, turizm rivojlanishining kelgusidagi istiqbol…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oʼzbekistonda milliy turizmni rivojlantirish jarayonida turizmning rivojlanishining konseptual omillarini oʼrganish, uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib, turizm rivojlanishining kelgusidagi istiqbol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turizni rivojlanishining iqtisodiyotga foydasi., axborotlashuv, aholi turmushini yaxshilash, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish globallashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025