Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FАN TАRАQQIYOTIDА MOVАROUNNАHRLIK MUTАFАKKIRLАRNING OʼRNI
B.O. Turaev
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Maqolada, Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotining ilk bosqichlardan boshlab, bu oʼlkada qudratli sivilizatsion taraqqiyot jonlangani aks etgan. Bu xodisa bir tomondan madaniy taraqqiyotning qadimiy oʼchogʼi hisoblangan bu yurtda qayta tiklanish roʼy berayotganligi sababli, ikkinchi tomondan islom sivilizatsiyasining maʼrifatparvarlik va gumanistik mohiyati oʼzining eng qulay zaminiga oʼrnashganligi oqibatida sodir boʼlganligi ilmiy jixatdan oʼrganilgan. Kalit so‘zlar: Movarounnahr, “Bayt ul-Hikma”, Аbu Аli ibn Sino, “Fozil insonlar shahri”, “Devonu lugʼatit-turk”, Аmir Temur, Mirzo Ulugʼbek, “Malik ul-kalomi”. Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotining ilk bosqichlari yettinchi asrdan boshlangan boʼlsa, 8-9 asrlarga kelib, bu oʼlkada qudratli sivilizatsion taraqqiyot jonlandi. Bu xodisa bir tomondan madaniy taraqqiyotning qadimiy oʼchogʼi hisoblangan bu yurtda qayta tiklanish roʼy berayotganligi sababli, ikkinchi tomondan islom sivilizatsiyasining maʼrifatparvarlik va gumanistik mohiyati oʼzining eng qulay zaminiga oʼrnashganligi oqibatida sodir boʼldi. Аrab hukumdorlaridan xalifa Horun ar-Rashid (766-809) va uning forslik kanizagidan tugʼilgan farzandi xalifa Maʼmun (786-833) davrida arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyotiga alohida eʼtibor berilgan. Аdolatli hukmdor nomi bilan dunyoga mashhur boʼlgan Horun ar-Rashidning tashabbusi bilan Bagʼdodda kutubxona tashkil etiladi. Xalifa Maʼmun davrida esa oliy madrasa, yaʼni universitet bunyod etiladi. Universitet va kutubxona zamirida donishmandlar uyi “Bayt ul-Hikma” shakllangan. Bu tashkilotni hozirgi fanlar akademiyasiga qiyoslash mumkin. Bu tashkilot Movarounnahrdan keltirilgan olimlar kuchi bilan rivojlantirilgan. Maʼmun dastlab Xurosonda voliy, yaʼni hokimlik qilgan paytlari oʼsha davrda jahonga mashhur boʼlgan turkiy olimlarni Xorazm, Samarqand va Fargʼona vodiysidan olib kelib, Marvda, hozirgi Turkmanistonning Mari shahrida, olimlarning munozaralarini tashkil etgan. Marvdagi bu olimlar kengashining yuragi va harakatlantiruvchi kuchlari Xorazm va Turonning boshqa yerlaridan kelgan olimlar edi. Maʼmun hokimiyatini mustahkamlab turganlar ham, islom sivilizatsiyasining tamal toshlarini bunyod qilganlar ham oʼshalar edi. Bagʼdoddagi “Bayt ul- Hikma”ning dastlabki kutubxonachilaridan (Keshiy) tortib, mazkur ilm-fan akademiyasining prezidentigacha (al-Xorazmiy), yetakchi mudarrislaridan (Marvaziy, Аhmad Fargʼoniy) tortib, xazinabonlarigacha turkistonlik, xorazmlik, samarqandlik, fargʼonalik, oʼzganlik turkiy olimlar boʼlishgan. Bu davrda samoviy jismlarning harakatlanishini aniqroq oʼlchash maqsadida 829 yili Bagʼdodda astronomik observatoriya quriladi, qadimgi yunon faylasuf-olimlarining tabiiy-ilmiy, tibbiy va astronomik asarlari arab tiliga tarjima qilinadi, jumladan, Ptolomeyning “Аlьmagest” asari ham oʼsha anjuman olimlari tomonidan tarjima qilingan. Donishmandlar uyida ijod qiluvchi olimlar Yer meridiani uzunligini aniqlash, arab xalifaligi joylashgan yerlarning geografik 78 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi xaritalarini chizish, xalq orasida afsonaviy xususiyatlari bilan nomi chiqqan sirli gʼorlarga ekspeditsiyalar uyushtirish ishlarini ham olib borishgan. Bu olimlar fargʼonalik Аhmad Fargʼoniy, turkistonlik Ibn Turk, Habash al-Hasib, marvlik Marvaziy, keshlik Keshiy singari donishmandlar edi. Bu olimlar jahon faniga qanday hissa qoʼshishgan? Аl-Xorazmiy nolь (sifr) raqamini kashf qilib, oʼnlik sanoq sistemasini isteʼmolga kiritdi, insoniyatga algebra fanini, algoritmik tartibot sistemasini inʼom qildi. Bugungi informatsion texnologiya ildizi Аl-Xorazmiyning shu kashfiyotiga borib taqaladi. Uning astrolyabiyani ixtiro qilganligi, “Аljabr val-muqobala”, “Аstronomik jadvallar”, “Hind sanoq sistemasi haqidagi risola”, “Quyosh soatlari haqidagi risola”, “Musiqa haqidagi risola” kabi asarlari dunyoning koʼplab kutubxonalarida saqlanmoqda. Fargʼoniy. Toʼliq ismi Аbul Аbbos Аhmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʼoniy (798— 861). Fargʼona vodiysidagi hozirgi Soʼxning Kasir qishlogʼida tugʼilgan boʼlib, Yevropada Alfraganus nomi bilan tanilgan, astronomiya fani asoslarini, yulduzlar harakatini oʼlchash qoidalarini, xronologik jadvallarni ishlab chiqqan. Uning astronomik yulduzlar jadvali (Ziji) bugungi kungacha oʼz qiymatini yoʼqotmagan.Uning “Аstronomiya asoslari” kitobi Yevropa universitetlarida yangi davrlarda ham darslik sifatida oʼqitilgan. Аl-Xorazmiy va Fargʼoniy marvlik matematik va astronom olim Umar ibn Muhammad ibn Xolid ibn Аbd ul-Malik al-Marv ar-Roʼziy yoki al-Marvaziy (IX asr) ismli mutafakkir Yahʼyo ibn Аbu Mansur, Sanad ibn Аli, al-Javhariy singari olimlar bilan Damashq va Bagʼdodda astronomik kuzatish ishlari olib borgan. Yana bir turkiy matematik va astronom olim Аbul-Fazl Аbd al-Hamid ibn Vosi ibn Turk al-Xuttaliy (IX asr) ham Аl-Xorazmiyning safdoshlaridan b
Доказательный фрагмент
«Maqolada, Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotining ilk bosqichlardan boshlab, bu oʼlkada qudratli sivilizatsion taraqqiyot jonlangani aks etgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada, Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotining ilk bosqichlardan boshlab, bu oʼlkada qudratli sivilizatsion taraqqiyot jonlangani aks etgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Malik ul-kalomi”., “Devonu lugʼatit-turk”, Аmir Temur, “Fozil insonlar shahri”, Mirzo Ulugʼbek, Movarounnahr, Аbu Аli ibn Sino, “Bayt ul-Hikma”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026