Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA HUQUQQIY ASOSLARI
Ziyotova Adolat Ergashevna · SamDAQU. Katta o’qituvchi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan jamiyatni demokratlashtirish, ochiqlik va oshkoralik, gender tengligi, inson qadri kabi tushunchalarning mazmun mohiyati yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Yangi O’zbekiston konsepsiyasi, innovatsion mexanizm, ochiqlik va oshkoralik, gender temglik, “Inson qadri uchun”. Bugungi kunda jamiyatimizda inson huquqlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Yangi Oʻzbekiston konsepsiyasi va huquqiy islohotlar, davlat rahbariyati tomonidan inson huquqlari bo‘yicha qabul qilingan strategik hujjatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV ning inson huquqlarini himoya qilishda olib borilayotgan ishlari alohida ahamiyatga ega. Yurtimizda inson huquqlari himoya qilish, adolat va erkinlikni qaror topdirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, O‘zbekiston Respublikasining “Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi”ning, O‘zbekiston Respublikasining “Ombudsman to‘g‘risida”gi qonunining hamda Mehnat, gender tenglik va so‘z erkinligi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va boshqa qonun osti normativ-huquqiy hujjatlarning o‘rni beqiyos. Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda [1. https://www.ohchr.org]. Bu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy- huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yaxshilanishiga xizmat qilishga qaratilgan, O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi 2020-yil 22-iyun qabul qilingan edi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan birga inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevral kunidagi PQ-46-sonli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining tasdiqlanishi bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda yana bir muhim qadam bo‘ldi. [2. e- qaror.gov.uz]. O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada rivojlantirishga, aholining 75 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, shuningdek, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilayotganligi tufayli bugun o‘qituvchiga, o‘qituvchilik kasbiga nisbatan ijobiy munosabat qaror topmoqda. Buni shaxsan o‘z faoliyatimdagi yuksalishlar, yutuqlar va imkoniyatlar bilan dadil ayta olaman. Yangilangan Konstitutsiya inson huquqlarini ta’minlash borasidagi islohotlarimizni tizimli va izchil amalga oshirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Oxirgi paytlarda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan tub o‘zgarishlar ham aynan inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi hech kimga sir emas. Bu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga nazar tashlasak, Konstitutsiyamizning muqaddimasi inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr- qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni qurish, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda qabul qilinganligini ifodalaydi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi, degan qoidani kiritilganligi ham insonga yana bir karra e’tibor yuksalganini ko‘rsatadi. Shuningdek, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, degan alohida normaning kiritilishi, yangilanish va t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi tahlil…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion mexanizm, ochiqlik va oshkoralik, gender temglik, Yangi O’zbekiston konsepsiyasi, “Inson qadri uchun”.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014