К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLARNING FAOL HAYOTIY KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TA’LIM SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI

A.I. Safarov

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasining shakllantirish ta’lim- tarbiyaviy jarayonning muhim vazifasi ekanligiga e’tibor qaratilgan. Shu ma’noda ta’lim ob’ekti va sub’ekti aloqadorligida qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi. Yoshlarning tafakkur madaniyatini tarbiyalashda ijtimoiy fanlarning o’rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Yoshlarning hayotiy ko’nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llash mahorati muammoning yechimi sifatida keltiriladi. Kalit so’zlar: Hayotiy ko’nikma, tafakkur madaniyati, falsafiy mushohada, ta’lim ob’ekti, ta’lim sub’ekti. Tafakkur taraqqiyoti inson dunyoqarashi sarhadlarining kengayib borishi barobarida uning aqliy va amaliy imkoniyatlari borliq mohiyatini tobora chuqurroq qamrab oladi. Inson tafakkur tarzini qaror toptirish, tafakkur madaniyatini shakllantirish umumbashariy sivilizatsiyaning mazmun mohiyatini belgilab beruvchi asosiy mezon hisoblanadi. Aynan tafakkur madaniyati dunyoni anglash, uning mohiyati to’grisida mantiqiy mushohada yuritish va shu orqali yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Shu ma’noda tashqi olam, bizni o’rab turgan borliq to’g’risida tushuncha va xulosalarimiz aqliy qobiliyatimiz mahsuli sifatida tizimli ta’sirning , ya’ni ta’lim jarayonining uzluksizligi va maqsadli yo’naltirilganligi natijasi deb qabul qilinishi mumkin. Har bir davrda ijtimoiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalish shart-sharoitlari va zamin poydevorini yaratish doimiy e’tiborda bo’lib kelgan. Taraqqiyot mezoni esa inson tafakkuri madaniyati taraqqiyoti bilan o’lchanadi. Inson ongida sog’lom fikr, tushuncha va tasavvurlar tizimini shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasini, erkin dunyoqarashini qaror toptirish ta’lim tarbiyaviy asosga qurilib, insonning ijtimoiy muhitga moslashuvi, malaka va ko’nikmalar orttirishiga qaratilgan.faoliyat sifatida ta’lim oluvchiga nazariy va amaliy bilimlarni berish sari yo’naltiriladi. Ta’limni tarbiyadan ajratib bo’lmasligi isbot talab qilmas haqiqatdir. Shubhasiz, birinchi galda yoshlar ongiga u yoki bu turdagi nazariy yoki amaliy bilimlarni singdirishdan avval, uning ushbu bilim sohasiga nisbatan qiziqishini, qobiliyati va intilishini shakllantirish, izga tushirish, bir so’z bilan aytganda, tarbiyalash lozimdir. Ikkinchidan, ta’lim berishda har bir ta’lim ob’ektining maqsad muddaolari, mafaatlari, harakat va intilishlari uyg’unlashmog’i shartdir. Uchinchidan, ta’lim jarayoni uzluksizligida har bir insonning shaxs sifatidagi qobiliyati, fikr- mulohazalari, xulosalari shakllantiriladi. Va nihoyat, to’rtinchidan, ta’lim jarayonida singdirilgan nazariy va amaliy bilimlar, egallangan kasb-hunarning maqsad va mas’uliyati ta’lim ob’ektining ijtimoiy faolligini oshirib, barcha imkoniyatlarini ijtimoiy taraqqiyot sari yo’naltirishga, zamonamizning dolzarb muammolarini hal etishga safarbar etishga yo’llaydi. Ko’rinib turibdiki, har qanday sharoitda ta’lim samaradorligi avvalambor uning sog’lom tarbiyaviy zaminda qanchalik mustahkam ildiz otganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning uzluksizligini ta’minlash har qanday jamiyat, ijtimoiy tizim uchun o’z istiqbolining mustahkam poydevorini barpo etish demakdir. Bu borada mamlakatimizda 71 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ayni shu maqsad sari yo’naltirilgan va davlat siyosati darajasida e’tirof etilayotgan ezgu maqsadlarimiz ifodasidir. Shubhasiz, bizning ta’lim- tarbiya sohasiga qanchalik jiddiy e’tibor berayotganligimiz avvalo strategik ahamiyatga ega bo’lgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida aniq-ravshan o’z-ifodasini topgan. Mazkur huquqiy-me’yoriy xujjatlarda belgilangan vazifalar aniq maqsad sari yo’naltirilgan bo’lib, barkamol avlod tarbiyasida eng zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash, ilg’or pedagogik salohiyatini safarbar etishini taqozo etadi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning barkamol avlod imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda qanchalik ahamiyatli ekanligini ta’kidlab, Islom Karimov uqtirib o’tgan ediki, “Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir bo’ladi”.1 Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarimizni zamonaviy bilimlarni puxta egallash sari yo’llashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli benihoyadir. Ushbu yo’nalishdagi fan

Доказательный фрагмент

«Maqolada yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasining shakllantirish ta’lim- tarbiyaviy jarayonning muhim vazifasi ekanligiga e’tibor qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasining shakllantirish ta’lim- tarbiyaviy jarayonning muhim vazifasi ekanligiga e’tibor qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim ob’ekti, falsafiy mushohada, ta’lim sub’ekti., Hayotiy ko’nikma, tafakkur madaniyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники