К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLARDA TABIATGA ESTETIK MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHDA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASI MASALALARI

FUQAROLIK POZITSIYASI MASALALARI

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek yoshlarning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishga qaratilgan jarayonlar milliy qadriyatlarga monand holda faol fuqarolik pozitsiyasini yangi bosqichga olib chiqishi tadqiq etilgan. Maqolada har bir fuqaro tabiatning bir bo‘lagi sifatida o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasini jamiyatga namoyon qilib borishi, zamonaviy dunyoqarashga ega yoshlarni tarbiyalash masalalari falsafiy tadqiqot ob’ekti sifatida yoritilgan. Kalit so‘zlar: yoshlar, davlat, tabiat, faol fuqarolik pozitsiyasi, estetik munosabat, jamiyat, ob’ekt, sub’ekt, san’at asarlari. Jamiyatda tabiatga estetik munosabatni shakllantirish murakkab ijtimoiy jarayon bo‘lib, bir tomondan, biosfera tabiiy muvozanatni tiklashga doir tarixiy tajribalarni umumlashtirib, tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish amaliy faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish amaliyoti bo‘lsa; ikkinchi tomondan, tabiatga ma’naviy-estetik munosabatni faol fuqarolik pozitsiyasi asosida realistik badiiy obrazlarda ifodalash va uni ommaga transformasiya qilish usul-vositalaridan ijodiy foydalanish san’atidir. Yoshlarning tabiatga estetik munosabatini shakllantirish ijodiy mehnat natijasi bo‘lib, tabiatni san’at asarlarida badiiy obrazlarda aks ettirsh – “qayta kashf etishi”, deb baholash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning tabiat go‘zalligiga o‘z shaxsiy va individual estetik munosabatini badiiy obrazlar yordamida ifodalash faoliyatini ekologik ongi va tafakkurini amalda “qayta yaratish”, “moddiylashtirish” usuli sifatida qarash kerak. Shuningdek, uning natijalarini ob’ektlariga san’at asarlari orqali tabiatni muhofaza qilish g‘oyalarini transformasiya qilish vositasidir. Tabiatga estetik munosabat jarayoni va uni badiiy obrazlarda ifodalash san’atida, yoshlarning sub’ektiv emosional-hissiy falsafiy dunyoqarashi, individual hayotiy tajribasi “obe’ktivlashib”, amaliy faoliyati mohiyati ham, funksiyasi ham turlicha ifodalanadi. Ularning umumiyligi maqsad va vazifalar yagonaligida bo‘lsa, farqi ifodalash usullari va transformasiya vositalaridadir. Lekin, turli san’at janrlarining ekologik voqelikni badiiy obrazlarda ifodalash doirasidagi integrasiyalashuvi tabiatga estetik munosabatda faol fuqarolik pozitsiyasining yaxlitligini va adekvatligini ta’minlaydi. Tabiatga estetik munosabatlarni badiiy obrazlarda ifodalashda milliylik va umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylikning integratsiyalashish tendensiyasi, ularning o‘zaro bir-birini boyitishini namoyon qiladi. Shuningdek, milliy ekoestetik qadriyatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida globallashuvi, ya’ni umuminsoniy mazmun kasb etishi tasodifiy emas. Masalan, har qanday tarixiy davrda “ma’naviy-ruhiy tiklanish insonning tabiatga va uning boyliklariga bo‘lgan munosabatini ham o‘z ichiga olishi lozim. sivilizatsiya belgilarini asrab- avaylash qanchalik zarur bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ming yillar mobaynida butunlay sug‘oriladigan dehqonchilikka asoslangan mintaqada yer va suvni asrab-avaylash ham shunchalik muhimdir” [1]. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin ajdodlarimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan boy ekologik madaniy merosni tiklash va rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, shunga mos ravishda yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyalari rivojlanmoqda. Bu esa, 63 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi o‘z navbatida, milliy ekologik barqaror taraqqiyot omiliga aylanmoqda. O‘zbek xalqining boy ekologik madaniy merosi, xususan tabiatga estetik munosabatini badiiy obrazlarda ifodalash san’ati umuminsoniyat madaniyatiga muhim hissa bo‘lib, jahon xalqlarini hayratga olmoqda. Yoshlar ongi va madaniyatining tabiatga estetik munosabatni shakllantirishga ta’siri, ularning barcha sohalari va yo‘nalishlari uchun universalligini, maqsadga muvofiqligini, imkoniyati realligini ta’minlaydi. Ularning funksional rolini aniqlash uchun bir tomondan, estetikaning tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga ta’sir yo‘nalishlarini; ikkinchi tomondan, ekoestetik qadriyatlarni yaratish usullarini va vositalarini takomillashtirishni taqozo qiladi. Tabiatdagi uyg‘unlik san’atning doimiy ifodalash va badiiy o‘zgartirish ob’ekti, predmeti bo‘lib kelgan. Ya’ni ijodkor tomonidan ob’ektni badiiy “o‘zgartirish”, qayta yaratish – san’at estetik funksiyasining bilvositaligini ko‘rsatadi. Lekin, shaxsning ekologik ongi va madaniyati asosida tabiatga estetik ta’siri jarayonida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishdagi roli bevositaligi, uning estetik ong bilan zaruriy, ob’ektiv integrativ aloqadorligini izohlashga asos bo‘ladi. Yoshlarda tabiatga estetik munosabatni shakllantirgan falsafiy ong va madaniyat funksiyasini tabiatni muhofaza qilish sohasidagi tarixiy tajribaning umumlashgan va tizimlashtirilgan natijasi; shaxsning tabiiy atrof-muhit muhofazasi sohasidagi maxsus faoliyati; shaxs ekologik sifatining ijtimoiy amaliyoti yo‘nalishida q

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek yoshlarning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishga qaratilgan jarayonlar milliy qadriyatlarga monand holda faol fuqarolik pozitsiyasini yangi bosqichga olib chiqishi tadqiq etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek yoshlarning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishga qaratilgan jarayonlar milliy qadriyatlarga monand holda faol fuqarolik pozitsiyasini yangi bosqichga olib chiqishi tadqiq etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ob’ekt, faol fuqarolik pozitsiyasi, sub’ekt, yoshlar, tabiat, davlat, jamiyat, estetik munosabat, san’at asarlari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники