К содержанию
РецензированоUZ2025

IJTIMOIY IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARGA NISBATAN ADOLATNI TA’MINLASHDA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASINING O‘RNI

F.Sh. Raximova

Современная наука и исследования · 131 · 98-102 · 2025

Аннотация

Maqolada ijtimoiy imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyat hayotida ishtirokini ta’minlashda adolat tamoyilining amal qilishini mustahkamlash, har bir fuqaroning huquqiy ongini yuksaltirishga doir falsafiy fikrlar tahlil etilgan. Unda bu shaxslar uchun real ishlash sharoitlarini yaxshilash negizida faol fuqarolik pozitsiyalarini milliy ruhda rivojlantirish jarayonlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy imkoniyati cheklangan shaxs, jamiyat, fuqaro, faol fuqarolik pozitsiyasi, adolat, maqsad, davlat, qonun. Har bir mamlakatni boshqarishning kaliti - bu adolat va halollikdadir. Adolat xalqning umidi va qonun ustuvorligining asosiy qadriyatidir. Ijtimoiy adolatni ta’minlash va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratish orqali mamlakatni qonun asosida boshqarish mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarga nisbatan adolat tushunchasini qo‘llash huquqiy jamiyat qurilishini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu shaxslar hayotida faol fuqarolik poizitsiyasini shakllantirish ijtimoiy adolatni ta’minlash va targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, u qonun ustuvorligini ta’minlash orqali adolatni amalga oshirish yo‘lini ko‘rsatib beradi. “Yurtimizda inson manfaatlarini ta’minlash, mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, ayniqsa nogironlar, yolg‘iz keksalar, va kam ta’minlangan oilalarning, umuman ko‘mak va yordamga muhtoj hech bir insonning davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmasligiga erishishdan iborat [1]”. Mamlakatni qonun asosida har tomonlama boshqarish – bu murakkab, tizimli va yaxlit loyihadir. Bu loyiha umumiy rejalashtirishni talab qiladi va tizimlilik, yaxlitlik hamda sinergiyaga alohida e’tibor beradi. Ushbu jarayonning maqsadi – qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy davlat va jamiyatni rivojlantirishdir. Huquqiy davlat – boshqaruvning diqqat markazi bo‘lsa, huquqiy jamiyat esa uning poydevori hisoblanadi. Faqat adolatni qadriyat maqsadi sifatida qabul qilish orqali uchta asosiy tushunchani birlashtirish – huquqiy davlat, qonun ustuvorligi va huquqiy jamiyat qurilishini yaxlit rivojlantirish mumkin. Bunday yondashuv ijtimoiy imkoniyati cheklangan shaxslar hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish orqali adolatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy adolatni huquqiy qadriyat sifatida amalga oshirish yo‘lini tushunish va qat’iy belgilab olish zarur. Bu jarayon mamlakatning yaxlit qurilishida muhim rol o‘ynaydi va zamonaviy davlatni har tomonlama rivojlantirish hamda kelajak maqsadga erishish uchun huquqiy poydevor yaratadi. Shunday qilib, adolat va qonun ustuvorligi asosida huquqiy davlat boshqaruvi va huquqiy jamiyat qurilishi - ijtimoiy adolat negizida amalga oshirish mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning asosiy yo‘lidir. Xalqqa chin dildan xizmat qilish maqsadida adolatga intilish, xalqning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda nogironlarda faol fuqarolikni adolat negizida ta’minlash zarur. Faylasuflarning e’tiborini ushbu muammoga jalb qilmaganligidan qat’i nazar, u ayniqsa ko‘rlikka va umuman nogironlikka bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi [2]. Adolat ijtimoiy sivilizasiya taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u nafaqat qonun ustuvorligini modernizasiya qilish orqali ko‘zlangan ideal maqsad, balki xalqning yaxshiroq hayotga intilishining jamlangan ifodasidir. Shu sababli mamlakatga egalik qiluvchi xalq 57 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy adolatning qonun ustuvorligiga egaligini ta’minlash zarur. Ijtimoiy totuvlik va barqarorlikni saqlash, uzoq muddatli ijtimoiy siyosat va mamlakatning barqarorligini ta’minlash uchun ham adolatni ta’minlash alohida o‘rin tutadi. Bunda ijtimoiy adolatni ta’minlash va targ‘ib qilish –mamlakat barqarorligi va taraqqiyoti uchun eng muhim shartlardan biri bo‘lib, u jamiyatdagi noironlarning rivojlanishi va faol fuqarolik pozitsiyasining rivoji yo‘lida barqaror poydevor yaratadi. Yurtimizda qadim-qadimdan insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, bir-biriga yordam berish, yonidagilarning holidan xabar olish kabi ezgu odatlar mavjud bo‘lgan. Masalan, ezgu odatga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning ko‘plab tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo, insonning inson bilan, qo‘shning-qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashinini namoyon etadi. Etim-esir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga sahovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi. Bunday xususiyat halqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor etolmaydi [3]. Adolatning o‘zagi – taqsimlovchi adolatdir. Siyosiy falsafaning an’analariga ko‘ra, adolatning ma’nosi odamlarga o‘zlariga munosib bo‘lgan narsalarni berishda y

Доказательный фрагмент

«Maqolada ijtimoiy imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyat hayotida ishtirokini ta’minlashda adolat tamoyilining amal qilishini mustahkamlash, har bir fuqaroning huquqiy ongini yuksaltirishga doir falsafiy fikrlar t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ijtimoiy imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyat hayotida ishtirokini ta’minlashda adolat tamoyilining amal qilishini mustahkamlash, har bir fuqaroning huquqiy ongini yuksaltirishga doir falsafiy fikrlar t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy imkoniyati cheklangan shaxs, faol fuqarolik pozitsiyasi, davlat, jamiyat, maqsad, adolat, qonun., fuqaro, qonun.ijtimoiy imkoniyati cheklangan shaxs
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники