К содержанию
РецензированоUZ2025

OYROT QABILASI VA ULARNING DAVLATCHILIK ASOSLARING SHAKLANISHIGA UMUMIY TAVSIF

SHAKLANISHIGA UMUMIY TAVSIF · Boltayev Oxun Obid o’g’li · Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi · Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li · Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Jung‘or xonligining tashkil topishi, uning siyosiy va ma’muriy tuzilishi hamda oyrat qabilalarining ushbu davlatdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Jung‘or xonligining hududiy kengayishi, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari va buddaviylikning ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Maqolada oyrat qabilalarining kelib chiqishi va nomlanishi to‘g‘risidagi turli ilmiy qarashlar tahlil qilinib, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan bo‘lgan munosabatlari ham ko‘rib chiqilgan. Jung‘or xonligining boshqaruv tizimi, harbiy va iqtisodiy tuzilishi, shuningdek, uning tarixiy ahamiyati haqidagi ilmiy qarashlar o‘rganilgan. Kalit so’zlar: Jung‘or xonligi, oyrat qabilalari, Choros, Derben-Oyrat, buddaviylik, Galdan Boshogtu, Markaziy Osiyo, mo‘g‘ullar, Sin imperiyasi, Qalmoq xonligi, Tibet, Kukunor, feodal boshqaruv, xuntayji, Tushimel, Zarguchi, budda ruhoniylari, harbiy yurishlar. Xitoy hududida Min sulolasi hukumronligi o‘rnatilib, ushbu sulola vakillari tomonidan mo‘g‘ullarni quvib chiqarilishi, mo‘g‘ullarning Yuan sulolasini qayta tiklash borasidagi harakatlari muvoffaiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, mo‘g‘ul qabilalari orasida ham bo‘linishlar sodir bo‘lgan. XVI asrdan boshlab mo‘g‘ullarning oyrat3 qabilalari o‘zlarining mustaqil siyosatlarini yuritishga harakat qilganlar. Durben Oyrat qabilalari tomonidan tashkil qilingan davlat esa qo‘shinning chap qanoti ma’nosini beruvchi Jung‘or xonligi nomi bilan atalgan. Rasman 1640 yilda tashkil topgan deb hisoblanuvchi ushbu davlat birlashmasi mintaqada faol tashqi siyosat olib borib, XVII ikkinchi yarmidan boshlab – XVIII asr birinchi yarmiga qadar deyarli yuz yilga yaqin muddat sharqda Sin imperiyasidan g‘arbdagi qozoq juzlarigacha, Shimoldan G‘arbiy Mo‘g‘uliston hududlaridan janubga tomon Tibetgacha bo‘lgan hududlarga o‘z ta’sirini o‘tkazgan6. Ushbu tarixiy xronologik davrda Jung‘or xonligi Markaziy Osiyodagi eng uchli davlat birlashmasi bo‘lgan deb xulosa qilish mumkin. 600 Mart, 2025-Yil Davlat nomining Jung‘or deb nomlanishi xususidagi qarashlardan biri qo‘shinning chap qanoti ma’nosidan kelib chiqqan degan qarashlardan tashqari Jung‘or qabila nomi degan fikrmulohazalarni ham olimlar keltirib o‘tgan. Jung‘or qabilasining bir urug‘i Choros7 deb nomlangan va oliy hokimiyat shu urug‘ vakillaridan bo‘lishi shart bo‘lgani bois Jung‘or atamasi qabila nomidan hudud nomiga o‘tganligiga ishora qilinadi. Shuningdek, E.V. Bretshnayder 1755 yilgi xitoyliklarning Jung‘oriyani istilo qilish jarayoni boshlanishi bilan Choros qabilasi butunlay qirib yuborilgan degan fikrlarni ham keltirganligini ko‘rish mumkin8. Ammo, ushbu fikr fanda to‘la o‘z isbotini topgan emas. Oyrat nomining kelib chiqishi xususida turli qarashlar mavjud bo‘lib, N.Ya. Bichurin mo‘g‘ul tilida Oyratittifoqdosh, yaqin, ittifoqchi degan ma’noni bildiradi deb hisoblagan. Shuningdek, Xalxa mo‘g‘ullarida oyr atamasi yaqin, qo‘shni ma’nosini anglatishini ham yozib qoldirgan. Bundan tashqari oyrat ikki qism “Oy” va “Arat” lardan iborat bo‘lib, zamonaviy mo‘g‘ul tilida oyn ard o‘rmon xalqi degan ma’noni bildiradi. yana oyrat atamasi оjiрад va oguz atamasi bilan bir xil ma’noga ega deb hisoblovchilar, totem (bo‘ri) deb hisoblovchilar ham маvjud. Durben-Oyrat-mo‘g‘ulcha (qalmoqcha) Дөрвөн өөрд uls qabilalari ittifoqiga Olyot (choros), Torgut, Xoshut, Torgout qabilalari kirgan va aynan ushbu qabilalar Jung‘or davlati tashkil topishida asosiy rolni o‘ynagan. Ammo, Jung‘or xonligi tarkibiga keyinchalik, Derbet, Bayot, Zaxchin, Uryanxay, Xoton, Myangat va boshqa mo‘g‘ul qabilalari ham kirgan. Ba’zi bir tarixiy adabiyotlarda oyratlar va derbetlar ittifoqi sababli ham Derben Oyrat atamasi vujudga kelgan degan qarashlar mavjud. Shuningdek, Derben-Oyrat ittifoqi uch marta tuzilgan degan fikrlar ham mavjud bo‘lib, birinchi ittifoqqa Choros (Olyot yoki Elyot deb ham nomlangan), xoytlar va baatutlar, bargular va buraatlar kirgan. Birinchi Durben-Oyrat ittifoqining eng kuchaygan davri Togon tayshi (?)- 1439 yy) va uning o‘g‘li Esen tayshi (1439- 1453 yy) davrida bo‘lgan. Esen vafotidan keyin ittifoq parchalangan va buning sababi sifatida anonim muallif yozgan “Xo-Urluk tarixi”da keltirilishicha, Choros qabilasining g‘arbga ketishi va boshqa ittifoqchilari bilan munosabatlarni to‘xtatgani (1502 y) keltirilgan. Ikkinchi ittifoqqa Choros, xoshut, torgut va Derbetlar kirgan. Ammo, XVII asr birinchi yarmida ittfioqning parchalanishi kuzatilgan. Xoshutlar Kukunorga, torgutlar Volgabo‘yiga ko‘chib ketgan. Ittifoqning mustahkamlanishi 1637 yilda sodir bo‘lgan. V.P. Sanchirov ma’lumotlarida oliy hokimiyat masalasi muammoli bo‘lib, uning echim topishi Galdan-boshogtu xon tomonidan 1671 yilda xoshutlar xoni Ochirtu Setsenni yenggandan keyin taxt to‘lato‘kis Choros urug‘i qo‘liga o‘tgan. Mo‘g‘ul tili va shevalarida uchraydigan jagun γar, jegiin ğar, зүң һар, зүүн гар, зюнгар kabi so‘zlarning ma’nosi o‘ng qo‘l yoki o‘ng qanot ma’nosini anglatgan. 601 Mart, 2025-Yil Oyratlarning to‘rtta qabilasi ham Chingizxon qo‘shining chap qanotida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Jung‘or xonligining tashkil topishi, uning siyosiy va ma’muriy tuzilishi hamda oyrat qabilalarining ushbu davlatdagi o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Jung‘or xonligining tashkil topishi, uning siyosiy va ma’muriy tuzilishi hamda oyrat qabilalarining ushbu davlatdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Choros, Galdan Boshogtu, feodal boshqaruv, Tibet, Sin imperiyasi, Markaziy Osiyo, oyrat qabilalari, xuntayji, Jung‘or xonligi, Kukunor, mo‘g‘ullar, Tushimel, budda ruhoniylari, Derben-Oyrat, Qalmoq xonligi, Zarguchi, harbiy yurishlar., buddaviylik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники