Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHEʼRIYATDA TASAVVUFIY RAMZ-U TIMSOLLAR TAHLILI VA TALQINI
Farangiz Odinayeva · Firuza Buriyeva (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-bosqich talabasi.)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada sheʼriyatdagi tasavvuf falsafasiga asoslangan qarashlar va so‘fiyona sheʼriyatda eng koʻp uchraydigan ramzlar, ularning ma’no-mazmuni bilan aloqador poetik ifodalar va shuningdek, ijodkor individual uslubidagi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi borasida fikrlar berilgan. Ushbu kichik tadqiqot uchun Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziiy hamda Sa’diy kabi Sharq she’riyatining mumtoz namoyondalarining ijodi obyekt sifatida olindi. Kalit so‘zlar: tasavvuf, ramz, timsol, iloh, adabiyot, ishq,ruh, inson, shoir. Tasavvuf – islom tafakkurining chuqur falsafiy oqimi bo‘lib, uning asosiy maqsadi insonning ma’naviy poklanishi va ilohiy haqiqatga erishishidir[1]. She’riyat esa bu tasavvufiy g‘oyalarni ramz va timsollar orqali ifodalashda muhim vosita bo‘lib kelgan[2].Sharq adabiyotida, xususan, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Hofiz va Sa’diy kabi mutafakkirlarning ijodida tasavvufiy ramzlarning keng qo‘llanishi kuzatiladi [1].Tasavvufning Sharqa keng tarqalishiga bois, uning arab, fors va turkiy tillarda buyuk bir she’riyatni vujudga keltirganidir.VIII—XI asrlarda Robia Adaviya, Mansur Halloj singari ulug‘ so‘fiylar ijodi bilan boshlangan so‘fiyona ash’or X—XII asrlarga kelib ulkan bir adabiyotga aylandi, o‘ziga xos obrazlar,timsollar olami, alohida ramzlar, uslub va usullar shakllandi [2]. Olimlar tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashish sabablarini ko‘proq so‘fiylarning raqs-u samo majlislari bilan bog‘laydilar[1]. Biroq, aytish kerakki, sabab faqat shundan iborat emas. To‘g‘ri, tasavvuf shayxlari muridlariga ta’sir etish uchun ruboiy, g‘azal kabi kichik she’riy janrlardan foydalanganlar [2]. Ba’zan o‘zlari so‘fiyona g‘oyalarga mos asarlar ijod qilib, aksar holda esa xalq orasida yurgan og‘zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she’rlaridan foydalanib, suhbatlarini qizitganlar, so‘zlarga yangi ma’no berib, so‘fiyona g‘oyalar ruhida talqin va tafsir qilib, eshituvchilarni hayajonga solganlar [1]. Bu — masalaning bir tomoni, ya’ni tasavvufning adabiyotga intilishi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Gap shundaki, adabiyot ham tasavvuf tomonga qarab intilgan. Tasavvuf g‘oyalari keng tarqalgandan keyin u gumanist shoirlarning qalbini rom etdi. 586 Mart, 2025-Yil Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, haq va haqiqat, najib insoniy hislatlar, kamolot kasb etish haqidagi g‘oyalari she’riyat g‘oyalariga aylandi — shoirlar qizg‘in bir ruh, ko‘ngil amri bilan irfoniy g‘oyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik she’rlar, jahonga mashhur dostonlar, qissalar yaratildi[2]. Tasavvufning bexudlik va ishq konsepsiyasi, soflik, adolat va haqiqat timsoli — Mutlaq ilohga muhabbat zavqi ijod ahliga qattiq ta’sir etdi, insoniyat g‘ami bilan qalbi dardga to‘lgan isyonkor ruhdagi shoirlarni bir ohangraboday o‘ziga tortib, o‘rganishli, his hayajonga serob ajoyib she’riyatni vujudga keltirdi. Bu she’riyatning markaziy qahramoni —rindi bebok, Mansur Halloj e’tiqodiga imon keltirgan, o‘zini barkamollik cho‘qqisida ko‘rgan, ruhan ozod kishi edi[1]. Tasavvuf o‘zi Buyuk bir romantik olamdir. Olamni Mutlaq Parvardigorning ijodi deb qarash, dunyoni Ilohning ko‘zgusi deb tushuntirish va barcha go‘zalliklar, qudratni Ilohdan deb hisoblash, Borliqni romantik ranglarda, shoirona xayoliy surat — timsollar tarzida, ilohiy nurning porlashidan doimiy harakatda va ijodda deb tasavvur etish — o‘zi bir buyuk poeziya. Jami go‘zalliklar, yaxshiliklar, ezguliklar manbai mutlaq iloh. Qudrat va kuch, harakat va faoliyat ham undan[2]. Dunyodagi jami husn-u jamol — uning jamolining aksi. Inson go‘zalligi Uning jamolining jilvasi, bu jamol olamda qancha ko‘p jilo etgan bo‘lsa, u shuncha go‘zal bo‘la oladi. Inson ruhining go‘zallikka, nafosatga tashnaligi Iloh go‘zalligiga tashnalik oqibatidir. Yana buning ichida moddiy go‘zallik va ma’naviy go‘zallik, g‘oya va fikr go‘zalligi ham ajralib, e’tiborga olinadi. Xullas, go‘zallikdan maqsad tafakkur go‘zalligi, ma’naviy go‘zallikni anglamoq, oliy javhar—ruhiy azaliga monand narsalarning go‘zalligini qabul qilmoqdir... Kamanl uchiga yetkurmas g‘amu anlesha ayyori. Biyik chekmish magar mayxona tomin sun’ me’mori Xumorim za’fila kahgil isi to yetti mast o‘ldum, Suvalmishdur magar may loyilin mayxona devori. Xo‘sh, bu g‘azalda qanday g‘oya ifodalangan? May va uning xosiyatlarini ta’riflashdan murod nima? O‘z-o‘zidan ayonki, Navoiy zikr etgan may biz tasavvur qilgan spirtli ichimlik emas. Shoir sira ham buni nazarda tutmagan. To‘la kub og‘zi may. xurshidelur, guyo teng ochilmish Chekarla bu iki xurshid lavrin sun’ pargori. May ichmish xonaqoh shayxi, xarobot ahpi aysh aylang, Ki chiqmish baxya urg‘on xirqasilin mablag‘i kori. Bil’aks, o‘ta taqvodor va pokdomon bo‘lgan Navoiy zamonasining ishratparast, mayxo‘r kishilarini qahr-u g‘azab bilan tanqid ostiga olib, mast qiluvchi ichimlikni «umm ul-xabois», ya’ni barcha yomonliklar, falokatlar onasi, deb e’lon qilgan[1]. 587 Mart, 2025-Yil «Hayrat ul-abror» dostonida bo‘lsa, badm astlarning masxarali hajviy qiyofasini yaratib, ularni
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sheʼriyatdagi tasavvuf falsafasiga asoslangan qarashlar va so‘fiyona sheʼriyatda eng koʻp uchraydigan ramzlar, ularning ma’no-mazmuni bilan aloqador poetik ifodalar va shuningdek, ijodkor individual us…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sheʼriyatdagi tasavvuf falsafasiga asoslangan qarashlar va so‘fiyona sheʼriyatda eng koʻp uchraydigan ramzlar, ularning ma’no-mazmuni bilan aloqador poetik ifodalar va shuningdek, ijodkor individual us… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iloh, timsol, tasavvuf, adabiyot, ruh, shoir., ramz, inson, ishq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024