Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOQ BAXSHICHILIGI VOSITASIDA OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI TALABALARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
NEW RENAISSANCE · Dinara Nuratdinova
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Qoraqalpoq baxshichiligi vositasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Baxshichilik qadimiy og‘zaki an’analarga asoslangan holda yoshlarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning madaniy-ma’naviy saviyasini oshirish va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada baxshichilik san’atining ta’lim jarayonidagi o‘rni, uni kasbiy tayyorgarlik tizimiga integratsiya qilish usullari hamda natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida an’anaviy baxshichilik usullari hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar uyg‘unligi asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish istiqbollari o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Qoraqalpoq baxshichiligi, kasbiy tayyorgarlik, oliy ta’lim, ijodiy tafakkur, madaniy-ma’naviy tarbiya. XXI asrda ta’lim tizimi oldida yosh avlodni har tomonlama yetuk, kasbiy jihatdan malakali va ijodiy fikrlaydigan shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi turibdi. Xususan, milliy madaniyat va an’analar negizida kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Shu nuqtayi nazardan, xalq og’zaki ijodining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lgan Qoraqalpoq baxshichiligi nafaqat badiiy estetik tarbiya vositasi, balki ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metodik vosita sifatida ham namoyon bo’lmoqda. Qoraqalpoq baxshichiligi xalq og’zaki ijodining noyob shakli bo’lib, unda musiqiy san’at, adabiyot va milliy madaniyat mujassamlangan. Ushbu san’at turi pedagogik jarayonda qo’llanilishi natijasida talabalarning kasbiy tayyorgarligi, ijodiy tafakkuri va madaniy kompetensiyasi rivojlanadi. Shu bois, ushbu tadqiqot oliy ta’lim jarayoniga baxshichilik elementlarini integratsiya qilish orqali talabalar tayyorgarligini takomillashtirishni o’rganadi. Qoraqalpoq baxshichiligi- xalqning tarixiy xotirasi, qadriyatlari va estetik dunyoqarashini o’zida mujassam etgan madaniy meros hisoblanadi. Baxshilar tomonidan ijro etiladigan dostonlar, ularning kuy-ohanglari va poetik uslublari yosh avlodning nafaqat adabiy-estetik didini 465 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 shakllantirish, balki kasbiy tayyorgarligini oshirishda ham muhim o’rin tutadi. Shu bois, mazkur tadqiqodta Qoraqalpoq baxshichiligi orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari o’rganiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli, 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va sasat sohasining jamiyat hayotidagi o’rni va ta’siriniyanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF¬-6000-sonli farmoni, 2017 yil 17 noyabrdagi “O’zbek milliy maqom sasatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3391-sonli, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim- tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ- 3907-sonli, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi “Maqom sasatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to’g’risida”gi 940-sonli, 2020 yil 2 sentyabrdagi “Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa sasati instituti faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 536-sonli qarorlari, ushbu sohani rivojlantirish Davlat nazoratida ekanligidan dalolatdir. Mamlakatimiz madany faoliyatida yana bir ulkan yangilik bo’ldiki, bu ham bo’lsa “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to’g’risida”gi qonunni qabul qilinishi bilan bog’liqdir. Qoraqalpoq baxshichiligi xalq og‘zaki ijodining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, dostonchilik san’ati, musiqiy ijrochilik va sahna madaniyatini o‘zida mujassam etgan. Baxshichilik nafaqat milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish vositasi, balki oliy ta’lim tizimida talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik resurs hamdir. Ushbu maqolada baxshichilik san’atini oliy ta’lim jarayoniga joriy qilish orqali talabalar kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil etiladi. 1. Qoraqalpoq baxshichiligining ta’lim jarayonidagi o‘rni Baxshichilik san’ati tarixan ustoz-shogird an’analari asosida shakllangan bo‘lib, bugungi kunda zamonaviy ta’lim metodlari bilan uyg‘unlashtirilishi mumkin. Baxshichilik quyidagi jihatlari bilan oliy ta’limda talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi: Nutq madaniyati va badiiy ifoda – baxshilar o‘z dostonlarini muayyan ritm va ohangda ijro etadi, bu esa talabalar nutqini boyitadi. Musiqiy savodxonlik – doston aytishda musiqa va ritm muhim o‘rin tutadi, bu esa musiqiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun katta amaliy ahamiyatga ega. 466 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Ijodiy tafakkur va sahna ma
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Qoraqalpoq baxshichiligi vositasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish masalasi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Qoraqalpoq baxshichiligi vositasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qoraqalpoq baxshichiligi, ijodiy tafakkur, oliy ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, madaniy-ma’naviy tarbiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026