Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEK XALQI LINGVOKULTUROLOGIYASIDA NON KONSEPTI
Poʻlatova Zilola
Современная наука и исследования · 2 · 73-82 · 2026
Аннотация
Our people show many high human qualities by referring to and comparing great blessings with the help of proverbs. The article mentions that there are many proverbs about bread in the Uzbek language, and that the Uzbeks, as well as other peoples, have valued bread as the most precious, the most sacred, the greatest, the most priceless blessing since ancient times. Special attention is paid to the linguistic and cultural features of non-joined proverbs. Keyword: Linguistic culture, concept, bread structure, parema, value. Kishilar, xalqlar, mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro- madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning oʻzaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy oʻziga xos koʻrinishi kabi qator masalalarni kun tartibiga qoʻymoqda. Bu esa tilshunoslik va madaniyatshunoslik oʻrtasidagi alohida, oʻz yoʻnalishi va predmetiga ega boʻlgan yangi soha – lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda. 1601 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Oʻzbek milliy qadriyatlarida non, mehmondoʻstlik va samimiylik ramzi sifatida, oilaviy va ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. Non, Oʻzbek tarixida oziq-ovqat manbai boʻlish bilan birga, turli marosimlar va bayramlarda muhim rol oʻynaydi, an’anaviy qadriyatlarni saqlaydi. Oʻzbek madaniyatida non, maqollar va xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalgan ramz sifatida, hayotdagi muhim tushunchalarni ifodalaydi va qadriyatlarni namoyon etadi. Oʻzbek xalqi asrlar davomida sayqal topib, rivojlanib, takomillashib, qadrlanib, e’zozlanib kelayotgan bebaho, betakror, bardavom qadriyatlarga ega. Bular sirasiga non bilan bogʻliq qadriyatlar ham alohida oʻrin tutadi. Tilimizda xalq hayoti bilan bogʻliq, ya’ni butun bir xalqning madaniyati, milliyligi, orzu umidlari yoki tirikchilik manbai ekanligini belgilab beruvchi bir nechta konseptlar mavjud. Ular suv konsepti, taom konsepti, osh konsepti, non konsepti, tuz konsepti. Konsept doimo shaxs bilan bogʻliq. Konsept oʻz ichiga soʻzning leksik ma’nosiga xos ravishda intellektual, hissiy, estetik axborotni olishi, terminga xos ensiklopedik axborotni qamrab olishi mumkin. Ammo konsept na leksik ma’no va na tushuncha emas. Uning farqini quyidagi talqinda koʻrish mumkin. Konsept – bu alohida bir xalq, ijtimoiy sinf, alohida maktab yoki aynan bir individning borliqdagi predmet yoki hodisaga boʻlgan qarashlari asosida yuzaga kelgan mental hodisadir.2 Nonga boʻlgan hurmat, ehtirom hissi va uni e’zozlash bilan bogʻliq oʻzbekona milliy qadriyat hamda an’analarning ildizlari qadimiy davrlardan beri avloddan-avlodga, asrlardan- asrlarga oʻtib kelmoqda. Bunday buyuk xislatlar qadimiy ma’naviy-ma’rifiy, madaniy merosimiz xalq ogʻzaki ijodi namunalari, xususan, afsona va rivoyatlar, matal va maqollar, diniy manbalar, yozma adabiyot namunalari asosida shakllangan. “Non toʻliq boʻlsa, hayot toʻliq” kabi an'anaviy ifodalar, nonning hayotiy ahamiyatini ta'kidlaydi va oʻzbek xalqining qadriyatlarini aks ettiradi. Oʻzbek tilida non konsepti eng qadimiy, eng ulugʻ, eng noyob, eng tanqis, eng muqaddas ne’mat va u bilan bogʻliq tushunchalar, qadriyatlar majmuini ifodalashi bilan alohidalik kasb etadi. Non konsepti zamirida oʻzbek xalqiga xos mehmondoʻstlik, mehnatkashlik, tantilik, oʻziga xoslik, soddalik kabi odamiylik xislatlari, oʻzbekona urf-odatlar, an’analar bilan bogʻliq qadriyatlar sirasi jamlanganki, bu oʻz navbatida, bir qator lingvomadaniy xususiyatlarga ham ega. Yer, bugʻdoy va nonga boʻlgan yuksak hurmat hamda ehtirom Sharq xalqlarida hamon saqlanib qolgan. Nutqimizda faol qoʻllanuvchi ona-Zamin, ona- Vatan tushunchalari hamda yerda yotgan bir burda nonni avaylab pokiza joyga olib qoʻyish, koʻzga surtish kabi an’analar buning yorqin dalilidir. Non rizq-u roʻzimiz, bizni balo-qazolardan asraydigan, har qanday kunimizga yaraydigan eng arzon va eng buyuk ne’mat. Nonning madaniyatlararo munosabati shuni koʻrsatadiki, u 1602 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, balki xalqlarni bogʻlovchi va ularning madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi ramziy unsurdir. Non har bir madaniyatda oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlsa-da, uning umumiy jihati – baraka, rizq va birlik ramzi sifatida qadrlanishidir. Shunday ekan, nonni muqaddas bilish, uni asrash azal-azaldan ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelayotgan odatdir. Odatgina emas, qadimiy, merosiy, an’anaviy va bardavom qadriyatdir. Maqol, matal va aforizmlar tilshunoslikda paremalar deb yuritiladi. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, alohida ritmik-melodik xususiyatlarga ega, xalq donishmandligi mahsuli boʻlgan barqaror birikmalar maqol sanaladi. Xalq maqollari ajdodlarimizning badiiy tafakkuri samarasi boʻlib, muayyan voqelikdan chiqargan hukm-xulosalarini ifoda etishda turli badiiy obrazlardan, usul va vositalardan foydalanganlar. Maqollar poetikasi masalasi muhim va murakkab boʻlib, bu janrning ixcham shaklga ega boʻlishi, biroq ijtimoiy-falsafiy mazmuni chuqur
Доказательный фрагмент
«Our people show many high human qualities by referring to and comparing great blessings with the help of proverbs.»
Образец извлечения
Демо-превьюOur people show many high human qualities by referring to and comparing great blessings with the help of proverbs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lingvokultrologiya, qadriyat., parema, konsept, non uzvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026