К содержанию
РецензированоRU2024

ИГРА ТОТАЛИЗАТОР – ЭТО ИГРА И РИСК НЕГАТИВНЫЕ ФАКТОРЫ БАЗОВЫХ ИГР

U.T.Shobduraximova U.T.Shobduraximova (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

ushbu maqolada totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy omillari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: totalizator, internet, onlayn qimor o‘yinlari, g‘arazli jinoyatlar, bukmekerlik faoliyati, totalizator kompaniyalari, zamonaviy qimor, progressiv giyohvandlik. Bugungi galaballashuv jarayonida onlayn qimor o‘yinlari ayrim toifadagi insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bunday o‘yinlar natijasida nafaqat moliyaviy ta’sirga, balki qaramlikni keltirib chiqaruvchi hissiy ta’sirga ham tushib qolish holatlari ko‘p uchramoqda. Hozirgi paytda internetsiz kunimizni tasavvur qilish qiyin. Bu tabiiy, bir kun internet ishlatmang, o‘zingizni zamondan orqada qolganday his etasiz. Ayniqsa, yoshlar internetda soatlab o‘yin o‘ynamoqda. Aholi orasida aynan internetdagi totalizator o‘yiniga qiziqish ortayotganini gap-so‘zlardan ham anglash oson. Onlayn qimor ruhiy kasallikka olib keladi, uning nomi – ludomaniya. Qimorga qaramlik – bu ko‘plab salbiy psixologik, jismoniy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan progressiv “giyohvandlik” hisoblanadi. Totalizator qurboni topgan pulini o‘yinlarda isrof qiladi, oilasiga moddiy zarar yetkazadi, birovlardan qarz, bankdan kredit olib, tubi ko‘rinmas jarlikka qulay boshlaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil ichida global miqyosda totalizator o‘ynash darajasi oshgan. Bu illat tufayli bir necha salbiy oqibatlar yuzaga keladi[2]. Totalizator o‘zi nima? U fransuzcha «totalisateur» so‘zidan olingan bo‘lib, hisoblash, yakunlash ma’nolarni birdiradi. Oddiy aytganda, totalizator bu – mo‘maygina pul yutib olish maqsadida bukmeykerlik kompaniyasiga pul tikish deganidir. Ya’ni biror-bir bukmeykerlik kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tasiz. O‘yin stavkalarini tashkil qiluvchi platforma hisob raqamiga pul tashlaysiz. Unda istagan odam biror-bir sport o‘yini voqealari, natijalarini oldindan taxmin qiladi va shu taxmin uchun pul tikadi. Yutuq miqdori taxmin bilan natijaning qanchalik to‘g‘ri kelishiga bog‘liq. Sizning taxminingiz to‘g‘ri chiqsa, sizga yutuq chiqadi. Ustama pul ham berilishi mumkin. Agar taxminingiz o‘zini oqlamasa, siz tikkan pul kuyadi[1]. Tarixga nazar tashlasak, Yevropada dastlab otlar poygasiga pul tikish boshlangan. Lekin bugungi kunga kelib, deyarli barcha sport turlarida totalizator o‘ynaladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tarkibiga kiradi. Dastlab qo‘shimcha daromad topish, keyinchalik “jazava” sirtmog‘iga tushib, yutqazilgan pulning o‘rnini qoplash maqsadida kunlab, haftalab, oylab va hatto yillab ketgan vaqt natijasida inson o‘z shaxsiy taraqqi¬yoti uchun investitsiya qilishi kerak bo‘lgan bebaho ne’matini yo‘qotadi[1]. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar insonda umidsizlik va nochorlik hissini keltirib chiqaradi. Ular depressiya, migren, ichak kasalliklari va stress bilan bog‘liq boshqa muammolarga duch keladi. Yirik summani yutqazish inson huzur-halovatini yo‘qotadi. O‘yinga berilib ketganlar yotganida ham, turganida ham, har doim pul tikib, yutish haqida o‘ylaydi. Zararli oqibatlari tufayli ko‘plab mamlakatlarda qimor o‘yinlariga qaramlik sog‘liqni saqlash sohasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Inson o‘ziga, yaqinlariga va xayrli ishlarga ajratishi kerak bo‘lgan mablag‘larni asossiz tarzda yo‘qotadi. Moliyaviy qiyinchiliklar sabab odamlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlar ko‘payadi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 667 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Milliy urf-odatlarimiz va mentalitetimizga, shuningdek, diniy qarashlarimizga yot bo‘lgan qimor o‘yinlarini noqonuniy ravishda tashkil etish holatlari, ayniqsa, onlayn tarzda ommalashib, o‘smir va yoshlarni o‘z domiga tortayotgani achinarli holatlardan biridir. Hattoki, bunday o‘yinlarda ko‘p miqdoridagi pulini yutqazib qo‘yib, oxir-oqibat o‘z joniga qasd qilish yoki yutqazib qo‘ygan pulini to‘lash uchun jinoyat sodir qilish holatlari ham yuz bermoqda. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda respublikada totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish va albatta, bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy hisoblanadi. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘i provayderlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”. Bu borada xorij tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Germaniyada qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar bilan bog‘liq jinoyatlar Jinoyat kodeksin

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy omillari bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy omillari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bookmaking activities, onlayn qimor o‘yinlari, злонамеренные преступления, malicious crimes, Интернет, internet, online gambling, азартные игры онлайн, totalizator, totalizer, букмекерская деятельность, bukmekerlik faoliyati, g‘arazli jinoyatlar, сумматор
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники