К содержанию
РецензированоRU2024

ВЛИЯНИЕ ВИРТУАЛЬНЫХ ИГР НА РАЗУМ МОЛОДЕЖИ И ЕГО ОСЛОЖНЕНИЯ

Madaminjonova Ruhshona Dilmurodjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada hozirgi kunda hayotimizga kirib kelgan va jamiyatimizning barcha qatlamlari orasida keng tarqalayotgan virtual o‘yinlar va shuning bizning yashash tarzimizga ta’siri va uning salbiy jihatlari haqida so‘z yu ritiladi. Shu bilan birqa torda quyidagi maqola virtual olam o‘zi nima? U bizning hayotimizga qanday kirib keladi? Yoshlar rivojlanishiga ta’siri qanday?- kabi savollarning javobini topishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: internet, ijtimoiy tarmoqlar, kasallik, tobelik, borliq, electron o‘yinlar, ommaviy madaniyat, strategiya, auksion. Internet - bu hozirgi kunda davr talabidir. Uning hayotimizning bir bo‘lagiga aylangani bizga sir emas. Bizga internetning qulaylik taraflari ko‘p bo‘lishiga qaramay salbiy jihatlari ham mavjud. Uzog‘imizni bizga yaqin qilish bilan birga o‘zimiz uchun kerakli barcha ma’lumotlarni osongina topa olish imkonitini beradi. Internetdan qanday foydalanish esa o‘zimizning qo‘limizda. Hozirgi kunda internetdan turli maqsadlarda foydalanishmoqda. Internetdagi virtual video o‘yinlar yoshlarga o‘z ta’sirini o‘tkazish bilan birqa, ularning ma’naviy ongiga va ruhiyatiga putur yеtkazyapdi. Bu virtual o‘yinlarni Amerika tibbiyot uyushmasi video o‘yinlarga berilib ketishni rasman aqliy zaiflik kasalliklariqa olib kelishi va tez gakiritishi mumkunligini tasdiklagan. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki- uch soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngil xushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyutеr avval maxsus zallarda paydo bo‘ldi, ularda yuqori malakali mutaxassislar ishlay boshladilar. Asosan mudofaa va boshqa tadqiqotchilik masalalari bilan shug‘ullandilar. Ko‘pincha hisoblash tеxnikasi matеmatika, mantiq, ratsional g‘oyalar bilan bog‘liq masalalar ustida ish yuritdilar. Insonlar undan umuman oddiy maqsadlarda (masalan, o‘yinlar uchun) foydalanishlari mumkinligi hech kimning xayoliga ham kelmagan. «Kompyutеr o‘yinlari» iborasi esa bеma’ni xayoldеk tuyulishi mumkin edi. Shunday bo‘lsa ham monitor oldidagi jiddiy, zavqsiz, sovuqqon olimlarning o‘rinlarini zavqli, qiziquvchan o‘yinchi bolalar egalladi. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Bir taqqoslab ko‘raylik, internet mavjud bo‘lmagan davrda axborotlarni dunyo bo‘ylab uzatishning eng tez usuli bu televidenye bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda axborotlar telekompaniyalar tomonidan uzatilgunga qadar ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha soniyalar mobaynida butun dunyoga tarqatilmoqda. Jamiyatimiz ham allaqachon o‘zlarini qiziqtirgan yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardan izlashga o‘rganib ham qoldi. Televidenye esa jamiyatimiz tomonidan asosan siyosiy habarlarni ishonchli manbasi sifatida kuzatib boriladi. Internetning, ijtimoiy tarmoqlarning kashf etilishi ana shunday imkoniyatlar yaratdi. Ammo, bu kashfiyot boshqa kashfiyotlar singari ozining salbiy va hatto ayrim havfli jihatlarini ham namoyon etdi. Ma’lumotlar, yangiliklar, e’lonlarning bunchalik katta tezlikda tarqalishi dunyo hamjamiyatida katta o‘zgarishlar va ayrim havflarni yuzaga keltirgani rost. Ayniqsa, gap yosh avlod haqida ketganida bu havfni yaqqol sezish mushkul emas. So‘nggi yillarda diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi bilan shug‘illanuvchi o‘ta havfli jamoalarning jabr diydalarining ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning changaliga tushib qolmoqda. Ammo, bu yagona havf emas! Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 669 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli xil vayronkor g‘oyalarning kirib kelishi ayniqsa, internet tarmog‘I orqali ko‘proq ko‘zga tashlanyapti.Bu jarayon farzandlarimizning kompyuter texnologiyalari, turli kompyuter o‘yinlariga qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq. Ularning bu qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandlarning xatti- harakatlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘p hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero uning oqibati yoki information o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lishi kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi. Kompuyuter o‘yinlari yoshlarning vaqtini o‘g‘irlamoqda. Internet – klublarda yoshlar ayni o‘qib, ilm hosil qiladigan paytlarida vaqtlarini bekorchi o‘yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda mutlaqo notani

Доказательный фрагмент

«Maqolada hozirgi kunda hayotimizga kirib kelgan va jamiyatimizning barcha qatlamlari orasida keng tarqalayotgan virtual o‘yinlar va shuning bizning yashash tarzimizga ta’siri va uning salbiy jihatlari haqida so‘z yu r…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada hozirgi kunda hayotimizga kirib kelgan va jamiyatimizning barcha qatlamlari orasida keng tarqalayotgan virtual o‘yinlar va shuning bizning yashash tarzimizga ta’siri va uning salbiy jihatlari haqida so‘z yu r… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
болезнь, social networks, dependency, Интернет, internet, kasallik, социальные сети, disease, существование, existence, borliq, зависимость, ijtimoiy tarmoqlar, tobelik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники